296
Buxgalteriya
hisobining barcha schyotlari korxonadagi xо‘jalik
mablag‘larini yoki ularning tashkil topish manbaalarini yoki xо‘jalik jarayonlarini
hisobini olib borishga mо‘ljallangan. Namunaviy schyotlar rejasida keltirilgan
schyotlarning kо‘pchiligi korxona faoliyatida ishlatilmasligi mumkin. Korxona
buxgalteriya hisobida qо‘llaniladigan schyotlarni, uning ish xususiyatidan kelib
chiqqan holda hisob siyosatini ishlab chiqishda namunaviy schyotlar rо‘yxatidan
ajratib olishi zarur. Shuningdek, buxgalteriya hisobi schyotlaridan amaliyotda
yanada tо‘liqroq foydalanishga erishish uchun, ularni, tayinlanishi, tuzilishi va
iqtisodiy mazmuniga kо‘ra turkumlarga ajratib о‘rganish, maqsadga muvofiq
bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: