Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
2-Misol. 
“Toshmuhammadhoji” xususiy firmasi о‘z xodimlariga kassadan 
о‘tgan oy uchun ish haqi berdi – 45000 sо‘m. Bu xо‘jalik operatsiyasi ta’sirida 
firma kassasidagi naqd pul miqdori va bir vaqtning о‘zida firmaning xodimlar 
oldidagi qarzi kamayadi. Bu operatsiyada ikkita schyot, ya’ni “Kassa” va “Mehnat 
tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” schyoti ishtirok etgan. “Kassa” 
schyoti pul mablag‘larini harakatini aks ettirib, balansga nisbatan aktivdir. “Mehnat 
tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” schyoti esa qarzdorlikni bildirib, 
balansga nisbatan passivdir. Demak, qoidaga binoan aktiv schyotlarda 
mablag‘larning kamayishi schyotning kredit tomonda, passiv schyotlarda esa, 
qarzning kamayishi debet tomonda kо‘rsatiladi. Ayni chog‘da 45000 sо‘mga 
“Kassa” schyoti kreditlanadi va “Mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblar” schyoti debetlanadi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya pravodkasi 
bilan rasmiylashtiriladi: 
D-t - “Mehnat tо‘lovlari bо‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” – 45000 sо‘m. 
K-t- “Kassa” - 45000 ming sо‘m.
Mazkur pravodka schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: 
 
 


277 
3-Misol. 
“Toshmuhammadhoji” xususiyfirmasi omboriga mol yetkazib 
beruvchilardan olib kelingan material qiymatliklar kirim orderi bilan qabul qilib 
olindi va kirim qilindi – 5000000 sо‘m. Bu operatsiya ta’sirida firmaning 
ombordagi moddiy qiymatliklar ham, mol yetkazib beruvchilarga bо‘lgan 
qarzdorligi ham 5000000 sо‘mga kо‘payadi. Bu operatsiyada ikkita schyot, ya’ni 
“Materiallar hisobga olinadigan schyotlar” va “Mol yetkazib beruvchilar va 
pudratchilar bilan hisob-kitoblar” schyotlari ishtirok etgan. “Materiallar hisobga 
olinadigan schyotlar” schyoti xо‘jalik mabalg‘larini aks ettiruvchi schyot bо‘lib, 
balansga nisbatan aktivdir. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblar” schyoti esa qarzdorlikni bildirib, u balansga nisbatan passivdir. Demak, 
qoidaga binoan aktiv schyotlarda mablag‘larning kо‘payishi schyotning debet 
tomonda, passiv schyotlarda esa, qarzning kо‘payishi kredit tomonda kо‘rsatiladi. 
Ayni chog‘da 500000 million sо‘mga “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar” 
schyoti debetlanadi. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarni tо‘lovga olingan 
schyotlar” schyoti esa kreditlanadi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya 
pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi: 
Debet – “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar” – 5000000 
Kredit – . “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” - 
5000000 
Mazkur pravodka schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin