Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
 
5. SCHYOTLAR REJASI VA UNI TURKUMLASH. 
Xо‘jalik subyektlarining faoliyatlari tо‘g‘risidagi barcha muhim ma’lumotlar 
buxgalteriya schyotlaridan olinadi. Shuningdek, balans hamda boshqa moliyaviy 
hisobotlar ham schyotlarning ma’lumotlari asosida tuziladi. Shuning uchun ham 
bunday ma’lumotlarni olish maqsadida bir qator schyotlarni tanlab olish zarurki
natijada korxonaning xо‘jalik faoliyatlarida sodir bо‘ladigan iqtisodiy axborotlarni 
hisobga olish, jamlash, saqlash, nazorat qilish va ularni iqtisodiy mazmuniga kо‘ra 
guruhlash imkoniyati bо‘lsin. Bu maqsadga erishish va buxgalteriya hisobini 
tо‘g‘ri tashkil etish uchun schyotlar rejasi tuziladi. 
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi deb, korxonalar xо‘jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobini olib borish uchun bir tizimga solingan schyotlar ketma-
ketligiga aytiladi. Hozirgi paytda О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan 30 mart 2000 yilda №37 bayon bilan tasdiqlangan О‘zbekiston 
Respublikasi buxgalteriya hisobining №21 milliy andozasida keltirilgan 
schyotlardan foydalanib kelinmoqda. Schyotlar rejasi sintetik va balansdan tashqari 
schyotlarni aks ettiradi. Har bir sintetik schyotga tо‘rt xonali, balansdan tashqari 
schyotlarga esa uch xonali raqam belgilangan. Sintetik schyotlarning birinchi 
ikkita raqami schyotni qaysi guruh schyotlar tarkibiga kirishini, ikkinchi ikkita 
raqami esa schyotni nima maqsadga belgilanganligini bildiradi. Schyotlar raqami 
hisob ishlarini avtomatlashtirish uchun ham zarur. Schyotlar rejasida sintetik 


285 
schyotlar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan balans va 
moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot shakllariga mos ravishda joylashtiriladi. 
birinchi ikkita raqami schyotni qaysi guruh schyotlar tarkibiga kirishini, ikkinchi 
ikkita raqami esa schyotni nima maqsadga belgilanganligini bildiradi. Schyotlar 
raqami hisob ishlarini avtomatlashtirish uchun ham zarur. Schyotlar rejasida 
sintetik schyotlar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan 
balans va moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot shakllariga mos ravishda 
joylashtiriladi. 
Korxona moliyaviy xо‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi 
besh qism va tо‘qqiz bо‘limdan iborat. Schyotlar rejasining 1-8 bо‘limlarida balans 
tuzilishiga, 9 bo‘limida esa moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga 
nisbatan joylashtirilgan. Schyotlar rejasining 10 bo’limida balansdan tashqari 
schyotlar keltirilgan. Amaldagi schyotlar rejasi yangi schyotlar bilan to‘ldirish 
imkoniyatiga ega tarzida tuzilgan. 
 


286 


287 


288 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin