8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI
9. Majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan mablag’lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo’yicha olingan asosiy vositalarnibaholash - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni
(to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan mablag’lar bilan bajarish nazarda tutiladigan
shartnomalar bo’yicha olingan asosiy vositalar boshlang’ich qiymatda baholanadi.
Ularning boshlang’ich qiymati sifatida korxona tomonidan o’tkazilgan yoki
o’tkazilishi lozim bo’lgan qimmatliklarning qiymati tan olinadi. Korxona
tomonidan o’tkazilgan mavjud boyliklarning qiymati shunga o’xshash mavjud
boyliklar qiymatini belgilaydigan narxlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Korxona tomonidan o’tkazilgan yoki o’tkaziladigan mavjud boyliklarning
qiymatini belgilash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, majburiyatlarni (to’lovni) pul
ko’rinishida bo’lmagan mablag’lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar
bo’yicha korxona olgan asosiy vositalarning qiymati shunga o’xshash asosiy
vositalar ob’ektlarini taqqoslash sharti bilan sotib olinadigan qiymatdan kelib
chiqqan holda belgilanadi.
Majburiyatlari umumiy summada ifodalangan asosiy vositalar ob’ektlarining
boshlang’ich qiymati mazkur summani asosiy vositalarning alohida ob’ektining
joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash bilan belgilanadi.
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan qiymati
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va 5-son BHMSda belgilangan
holatlardan tashqari hollarda o’zgartirilmaydi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish
ularning qiymati to‘liq qoplanguniga yoki obyekt hisobdan chiqib ketguniga qadar
eskirishni (amortizatsiyani) hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya
334
ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga
oshiriladi. Yerning qiymati amortizatsiya qilinmaydi.