336
yakunlangan qurilish obyektlari, о‘rnatilib ishga tushirilayotgan asosiy vositalar,
ishlab chiqarishda tayyorlangan mashulotlarning alohida turlari va boshqalar.
Kalkulyatsiya birligi sifatida kalkulyatsiya qilinayotgan obyekt yoki uning
bir birligi qabul qilinadi. Masalan, ishlab chiqarishda tayyorlangan ayollar paltosi
yoki bir dona palto. Boshqacha qilib aytganda
kalkulyatsiya qilinayotgan
obyektning hammasini yoki bir-birligini tannarxini topish kalkulyatsiya birligini
tashkil etadi.
Tannarx bu mashulot tayyorlash yoki xizmat kо‘rsatish uchun ketgan barcha
xarajatlarning puldagi ifodasidir. Korxonaning faoliyatida vujudga keladigan
xarajatlar tarkibi 1995 yil 1 yanvardan amalga joriy qilingan va О‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan
qayta kо‘rib chiqilgan “Mashulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risida”gi
Nizomda yoritib berilgan. Xarajatlarni buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirishni
ta’minlash
maqsadida ular, ishlab chiqarishda qatnashishi, qanday maqsadga
yо‘naltirilganligi va haqiqiylik tamoyillarga asoslanib quyidagi belgilari bо‘yicha
guruhlanadi:
1. Mashulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilishiga kо‘ra;
2. Foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar;
3. Korxonaning moliyaviy faoliyati bо‘yicha xarajatlar;
Mashulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilishiga kо‘ra barcha
xarajatlar, bevosita va bilvosita moddiy xarajatlarga, bevosita va bilvosita mehnat
xarajatlariga va boshqa bevosita va bilvosita xarajatlarga bо‘linadi.
Tannarxni hosil qiladigan xarajatlar iqtisodiy mazmuniga kо‘ra
quyidagi
xarajatlardan tashkil topadi:
1.
Moddiy xarajatlar;
2.
Mehnat xarajatlari;
3.
Boshqa xarajatlar.
Foyda hisobidan qoplanadigan ustama xarajatlarga, sotish xarajatlari,
boshqarish xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar va zararlar kiradi.
337
Korxonaning moliyaviy faoliyati bо‘yicha xarajatlari, foizlar bо‘yicha
xarajatlar, xorijiy valyuta operatsiyalar bо‘yicha salbiy kurs tafovutlari, qimmatli
qog‘ozlarga qо‘yilgan mablag‘larni
qayta baholash farqlari, moliyaviy faoliyat
bо‘yicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
Kalkulyatsiya qilish uch bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda
tayyor bо‘lgan mashulotlarga tegishli bо‘lgan xarajatlarning haqiqiy miqdorlari
topiladi, ikkinchi bosqichda, egri xarajatlar kalkulyatsiya obyektlari orasida
korxonaning hisob siyosatida nazarda tutilgan
uslub bilan taqsimlanadi, uchinchi
bosqichda, barcha mashulotlarni va bir birlik mashulotning tannarxi aniqlanadi.
Tannarxini
kalkulyatsiya
qilishning
quyidagi
turlari
bor:
smeta
kalkulyatsiyasi; reja kalkulyatsiyasi; normativ kalkulyatsiya; haqiqiy kalkulyatsiya.
Smeta kalkulyatsiyasidan tajriba-sinov labaratoriyalarida va qurilish
korxonalarida
foydalaniladi.
Tannarx
tajriba
asosida
tayyorlanayotgan
mashulotning yoki qurilish obyektining smetasida kо‘rsatilgan xarajat miqdorlarida
va baholarda aniqlanadi.
Reja kalkulyatsiyasi ishlab chiqarish davrining boshiga mashulot ishlab
chiqarish rejasida kо‘rsatilgan xarajatlar va baholarda tuziladi.
Normativ kalkulyatsiya mashulot ishlab chiqarish uchun ilmiy tekshirish
institutlari tomonidan oldindan ishlab chiqilgan va
tasdiqlangan xarajatlarning
ilg‘or me’yorlariga asoslanadi. Bunday kalkulyatsiya mashulot ishlab chiqarish
jarayonini boshlashdan oldin tuziladi.
Mashulotlar
tannarxini
kalkulyatsiya
qilishni
normativ
metodini
qо‘llayotgan korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarining joriy uchyoti normalar
bо‘yicha olib boriladi. Bir vaqtning о‘zida joriy uchyotda normalarning о‘zgarishi
va normalardan kelib chiqadigan farqlar ham aks ettiriladi. Mashulotlarning
haqiqiy tannarxi, normativ tannarxga hisobot davrida normalar о‘zgarishini va
normalardan kelib chiqadigan farqlarni arifmetik qо‘shish yoki ayirish yо‘li bilan
topiladi. Buni matematik modulini quyidagicha ifodalash mumkin.
∑Ht ═ ∑Nt±∑Nu±Nf
Qayerda:
338
1.
∑Ht- mashulotlarni haqiqiy tannarxi;
2.
∑Nt- mashulotlarni normativ tannarxi;
3.
±∑Nu- hisobot davrida normalarni о‘zgarishi;
4.
±Nf- hisobot davrida aniqlangan normalardan farqlar;
Haqiqiy kalkulyatsiya xarajatlarning haqiqiy sarflari va amaldagi xaqiqiy
baholarga asoslanib tuziladi. Haqiqiy tannarx har bir
kalkulyatsiya obyekti uchun
sarflangan barcha haqiqiy xarajatlarni qо‘shish yо‘li bilan topiladi.
Ishlab chiqarishda tayyorlanayotgan mashulotlarni haqiqiy tannarxlarini
topish uchun har oyning oxirida ishlab chiqarish tsexlarida inventarizatsiya
о‘tkazilib tayyor bо‘lmagan mashulotlarga tegishli bо‘lgan xarajat moddalari
bо‘yicha qoldiqlar topiladi (tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari) va nihoyat
oy davomida mashulotlar ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlardan
tayyor bо‘lmagan mashulotlarga tegishli bо‘lgan xarajatlarni ayirib tashlash yо‘li
bilan tayyor mashulotlarning haqiqiy tannarxlari topiladi.
Mashulot tannarxining tо‘g‘ri aniqlash uchun xarajatlarni davrlar bо‘yicha
tо‘g‘ri taqsimlash kerak bо‘ladi. Buning uchun kelgusi davr xarajatlari zahirasi
hisoblab boriladi.
Dostları ilə paylaş: