Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


-Misol.  Moddiy qiymatliklarni joriy hisobi haqiqiy tannarxlarda olib  borilganda:  birinchi



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

1-Misol. 
Moddiy qiymatliklarni joriy hisobi haqiqiy tannarxlarda olib 
borilganda: 
birinchi,
“Materiallar hisobga olinadigan schyot”ning oy boshiga qoldig‘i 
haqiqiy tannarxlar bahosi qiymatida 18330000 ming sо‘m. 
Shundan: 
A). Mashuloti bо‘yicha 1386000 sо‘m ( 4500 kilo, har bir kilosi 308 
sо‘mdan). 
B). Mashuloti bо‘yicha 666400 (2800 kilo, har bir kilosi 238 sо‘mdan). 
ikkinchi, 
oy davomida sotib olish bilan bog‘liq bо‘lgan quyidagi xо‘jalik 
muomalalari sodir bо‘ldi: 
Birinchi operatsiya.
Tuzilgan shartnoma asosida mol yetkazib beruvchilardan 
materiallar sotib olindi: 
Haqiqiy sotib olish tannarxlarida1550000 sum. 
Shu jumladan: 
“A”materialdan 5000 kg, har bir kilosi 220 sо‘mdanumumiy hisobda 
1.100000 so’mlik 
“B”materialdan 3000 kg, har bir kilosi 150 sо‘mdanumumiy hisobda 450.000 
sо‘mlik. 
Materiallar temir yо‘l transportida tashib keltirish xarajatlari ta’minotchi 
tomonidan tо‘langan - 800.000sо‘m 


344 
Sotib olingan materiallarni sotib olish haqiqiy tannarxlari bо‘yicha umumiy 
qiymati - 2350000 sо‘m. 
3. Moddiy qiymatliklarni temir yо‘l bekatidan omborgacha 2504- 
avtokalonaning transportida tashib keltirilgani transport tashkilotiga hisoblandi- 
150.000 sо‘m. 
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarx bahosi qiymati – 2500000 sо‘m. 
Birinchi operatsiya yuzasidan quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga 
oshiriladi: 
A). Materiallarni sotib olish tannarxlaridagi umumiy qiymatiga, 
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar” - 
1550000 sо‘m. 
Kt - “Moletkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob- 
kitoblar” - 1550000 cо‘m. 
B). Moddiy qiymatliklarni mol yetkazib beruvchilar tomonidan tо‘langan 
temir yо‘l xarajatlariga, 
Dt- “ Materiallarni xarid qilish va sotiib olishni hisobga oladigan schyotlar” - 
800000 sum. 
Kt- “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” -
800000cо‘m. 
V). Moddiy qiymatliklarni temir yо‘l bekatidan omborgacha tashib keltirish 
xarajatlariga, 
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotiib olishni hisobga oladigan schyotlar.” - 
150000 sо‘m. 
Kt - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” - 150000 
cо‘m. 
Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlarda ularni 
haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Bir vaqtning о‘zida omborlarga qabul qilingan moddiy 
qiymatliklarning haqiqiy tannarx bahosi qiymatiga quyidagi pravodka tuziladi: 
Dt - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”- 2500000 sо‘m. 


345 
Kt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar” – 
2500000 sо‘m. 
Analitik hisobida materiallarni tashib keltirish bilan bog‘liq bо‘lgan transport-
xarid xarajatlarini A va B mashulotlar orasida taqsimlab, ularning har-birini 
haqiqiy tannarxlari topiladi. 
Materiallarni tashib keltirish uchun jami 950000 sо‘mlik transport-xarid 
xarajatlari qilingan. Bu xarajatlarni sotib olingan materiallarning miqdorlariga 
bо‘lib, ularning bir birligiga tо‘g‘ri keladigan transport-xarid xarajatlari summasini 
topib olamiz 950000 / 8000 = 118,75 tiyin. Shunday qilib, “A”-mashulotning 
haqiqiy tannarxi 338,75 (220 sо‘m + 118,75 tiyin) tiyinni, “B”-mashulotning 
haqiqiy tannarxi esa 268,75 (150 sо‘m + 118,75 tiyin) tiyinni tashkil qiladi. 
Tovar-moddiy zahiralarni joriy hisobi haqiqiy tannarx baholarida olib 
borilganda, ularni asosiy ishlab chiqarish va boshqa maqsadlari uchun 
foydalanishga berish yoki chetga sotish buxgalteriya hisobida FIFOusuli bilan
birinchi partiya kirim-birinchi partiya chiqim, ya’ni dastlab birinchi partiya 
bahosidagi mashulot chiqib ketadi, keyin ikkinchi, uchinchi va oxirgi partiyagacha 
davom etadi. Bunda, materiallarni korxona omboridan chiqarilishi quyidagi 
pravodka bilan rasmiylashtiriladi. 
Dt – “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib schyotlar” 
Dt - “Boshqa ma’muriy xarajatlar” 
Kt - “Materiallar hisobga olinadigan schyot” 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin