4. Moliyaviy qo‘yilmalarni baholash - moliyaviy qo‘yilmalar
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 12-“Moliyaviy investitsiyalarni
hisobga olish” standartlariga muvofiq hisobga olinadi. Bunga ko’ra moliyaviy
investitsiyalar
xarid
qilingan
qiymati bo’yicha baholanadi. Moliyaviy
investitsiyalarni xarid qiymatiga brokerlar xizmati uchun to’langan haq, bank
xizmati uchun to’lovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi
68
.
5. Majburiyatlar taraflarning kelishuviga muvofiq pulda ifodalangan
holda aks ettiriladi.Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli
summada aks ettiriladi.
6. Shartli aktivlar va majburiyatlarni baholash - shartli aktivlar va
majburiyatlar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq baxolanadi. Masalan:
Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning qiymati, buxgalteriya
hisobida aks ettirish maqsadida chet el valyutasida operatsiya sodir etilgan sanada
buxgalteriya hisobining 22- “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar
vaajburiyatlarning hisobi” nomli Milliy Ctandarti ilovasida keltirilgan sanalarda
Markaziy bank kursi bo’yicha so’mlarga qayta hisoblanadi
69
.
7.
Diskontlangan qiymat usuli. Diskontlangan qiymat usulida aktivlar,
korxonaning oldingi faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi mumkin bo‘lgan
bo‘lg‘usi pul mablag‘lari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat
bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar, kelgusida o‘tkaziladigan pul mablag‘larining
diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, korxonaning faoliyati davomida
68
Agar investitsiya aktsiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qogozlar chiqarish yo’li bilan to’laligicha yoki
qisman olinayotgan bo’lsa - xarid qiymati chiqarilgan qimmatli qogozlarning joriy qiymatiga teng bo’ladi, ya’ni
qimmatli qogozlarning nominal qiymatiga teng bo’lmaydi. Agar investitsiya boshqa aktivga almashtirib to’la yoki
qisman olingan bo’lsa, u holda investitsiya qiymati topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab aniqlanadi.
69
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasida konsignantdan kreditorlik qarzi konsignatsiya tovarlari sodir etilgan
sanaga Markaziy bank kursi boyicha sotilish sanasida yuzaga keladi. Qarzning keyingi hisobi Buxgalteriya
hisobining 22- “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” nomli Milliy Standarti
muvofiq so’mlarga qayta hisoblanadi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni chet el valyutasiga
ekvivalentlikda belgilaydigan, o’zaro hisob-kitoblarni esa milliy valyuta - so’mlarda amalga oshiradigan xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar xizmat ko’rsatish sanasidan boshlab to’lov kelib tushgan sanaga qadar davr ichida Markaziy
bank kursining o’zgarishi munosabati bilan yuzaga keladigan kurs farqini moliyaviy faoliyatdan olingan daromad
(xarajat) sifatida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga kiritadilar.
335
majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha
aks ettiriladi.