Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
 
2. BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARIDA YО‘L QО‘YILGAN 
XATOLIKLARNI TUZATISH.
Buxgalteriya hisobi registrlariga xо‘jalik operatsiyalarini yozishda yо‘l 
qо‘yilgan xatoliklar korrektura, qо‘shimcha pravodki va qizil qalam usullari bilan 
tо‘g‘rilanadi.
 
Korrektura usulida 
topilgan xatolik quyidagicha tо‘g‘rilanadi: notо‘g‘ri 
kо‘rsatilgan summani ingichka chiziq bilan о‘chirib, о‘chirilgan summa ustiga 
tо‘g‘ri yozuv qayd qilinadi. Mazkur tuzatishni amalga oshirgan javobgar shaxslar 
hisob registrining tuzatish kiritgan qotorining oxiridaga bо‘sh jayda “... tuzatildi, 
tuzatilgani tо‘g‘ri.” degan yozuvni qayd qilib tuzatish sanasini kо‘rsatilgan holda 
imzo chekadi.
 
Qо‘shimcha pravodka usuli
dan xо‘jalik operatsiyalari schyotlarga 
hujjatlarda kо‘rsatilgan summalardan kam yoki operatsiyani uchyotda umuman 


431 
yozmaganda foydalaniladi.Misol, korxonaning bankdagi hisob raqami schyotidan 
ish haqi berish uchun pul cheki bilan 5000000 million sо‘m pul mablag‘i olib 
kelindi va kassaga kirim qilindi. Buxgalter kassir hisobotiga ishlov berishda bu 
xо‘jalik operatsiyani D-t 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘i” schyoti – 
500000 ming sо‘m, K-t 5110 “Hisob raqami schyoti” - 500000 pravodkasi bilan 
rasmiylashtirgan deb faraz qilaylik. Buxgalter aniqlangan ana shunday xatolik 
tо‘g‘risida ma’lumotnoma tuzadi unga binoan farq summaga qо‘shimcha 
provodkalar beradi 4500000 (5000000-500000) ming sо‘m, D-t 5010 “Milliy 
valyutadagi pul mablag‘i” schyoti – 4500000 ming sо‘m, K-t 5110 “Hisob raqami 
schyoti”.
 
Qizil qalam usuli 
buxgalterlar tilida “Chetlatib qо‘yish yozuvi” deyiladi. 
Bu usuldan xо‘jalik operatsiyalarini summalarini buxgalteriya hisobi schyotlariga 
kо‘p yozgan holatlarda foydalaniladi. Notо‘g‘ri yozilgan pravodka summasi yana 
bir bor qizil rang bilan yoziladi, keyin esa, yozilishi kerak bо‘lgan tо‘g‘ri summa 
yoziladi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin