433
D.Rossi tomonidan 1889 yilda bosh jurnalni tuzish yо‘li bilan oborot
qaydnoma olishni ta’minlaydigan buxgalteriya hisobining “shaxmat shakli”
asoslab berildi. XX- asrning boshlarida Fransiyalik buxgalter J.B.Dyumarshe
tomonidan buxgalteriya hisobining integral shakli yaratildi.
Keyingi yillarda buxgalteriya hisobi shakllari, ularni standartlash va
unifikatsiyalash asosida birmuncha qisqartirildi. Korxonalarda qо‘llaniladigan
buxgalteriya hisobi shakllari bir-birlaridan quyidagi belgilariga kо‘ra farq qiladi.
1.
Sintetik hisob registrlarining tuzilishi;
2.
Sintetik va analitik hisob registrlarini о‘zaro aloqasi;
3.
Buxgalteriya hisobi registrlarining tashqi kо‘rinishi;
4.
Buxgalteriya hisobi registrlariga xо‘jalik operatsiyalarini yozish
tartibi va texnikasi.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobi amaliyotida hisob yuritishning
memorial-order, jurnal-order va kompyuterlashtirilgan qog‘ozsiz shakllaridan
keng qо‘llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: