437
tuzish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlarni qо‘shimcha guruhlash va jamlash
ishlarini bajarmasdan, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri hisob registrlaridan olish imkoniyatini
mavjudligi;
4. Bosh kitob va jurnal-orderlarda yozuvlarni takrorlanmasligi natijasida
yozuvlar sonining kamayishi va boshqa afzalliklar.
Jurnal orderlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini yozish uchun zarur
bо‘lgan bir qancha rekvizitlarga ega bо‘lgan va bosmaxonada tayyorlangan har
xil о‘lchamdagi va shakldagi varaqlardir.
Jurnal-orderlar alohida olingan yoki iqtisodiy mazmun jihatdan bir xil
bо‘lgan sintetik schyotlar guruhiga bir oy uchun ochiladi. Har bir jurnal orderga
doimiy raqam biriktirib qо‘yiladi Quyida “Hisob-kitob raqami schyoti”
operatsiyalarini hisobga olish uchun belgilangan jurnal – order shakli keltirilgan.
Jurnal-orderlarga yozuvlar, operatsiya sodir bо‘lgan vaqtda, boshlang‘ich
yoki qо‘shimcha tuziladigan jamlovchi qaydnomalar asosida sintetik
schyotlarning kreditbelgilari bо‘yicha amalga oshiriladi. Misol, 5000 “Kassa”
operatsiyalari uchun ochilgan jurnal-order № 1 da kassa schyoti kreditlanadigan
operatsiyalar yoziladi.“Kassa” schyoti debetlanadigan operatsiyalar “Bosh
kitob”ga yoziladi. Shu tariqa schyotlar aloqasi bо‘yicha bо‘ladigan takroriy
yozuvlarga barham beriladi.
Dostları ilə paylaş: