438
schyotlarga ega bо‘lgan sintetik schyotlar bо‘yicha olib boriladi. Masalan,
tovarlarni uchyoti bо‘yicha, tayyor mashulotlarni uchyoti bо‘yicha va shu kabi
boshqa schyotlar bо‘yicha.
Jurnal orderlarga xо‘jalik operatsiyalari sodir bо‘lish va hujjatlar bilan
rasmiylashtirilishi jarayonida yoziladi. Sistematik yozuvlar bir vaqtning о‘zida
xronologik yozuvni ham ifodalaydi. Shuning
uchun hisob yuritishning bu
shaklida alohida xronologik uchyot registrlari ochishga va yurgizish zaruriyati
qolmaydi. Hamma ma’lumotlar aloqalanuvchi schyotlar kesimida jurnal-
orderlarga yozilgani uchun memorial orderlar tuzilmaydi.
Jurnal orderlarda amalga oshirilgan yozuvlarning tо‘g‘riligini
solishtirish
uchun schyotlarning krediti bо‘yicha jami hisoblanadi, olingan jami summa
jurnalda alohida ustunda ajratilgan debetlanuvchi schyotlar jami bilan solishtirib
kо‘riladi. Schyotlar bо‘yicha debet va kredet yozuvlar
jamini solishtirish
imkoniyati sintetik va analitik schyotlar bо‘yicha oborot qaydnoma tuzishga
hojat qoldirmaydi.
Oborot qaydnoma analitik uchyoti alohida kartochka yoki kitoblarda olib
boriladigan schyotlar bо‘yicha tuziladi. Oylik jamlarining tо‘g‘riligi tekshirilgan
jurnal-orderlar jamlari “Bosh kitob”ga yoziladi.
Schyotlarning kredit oboroti “Bosh kitob”ga shu schyotga tegishli bо‘lgan
jurnal orderdan, debet oborotlari esa, boshqa jurnal orderlardan olib yoziladi.
Jurnal-orderlar va “Bosh kitob” bir birini to’ldiruvchi bo’lib
xizmat qiladi,
chunki, jurnal orderlarda schyotlarning kredit yozuvlari keltirilsa, “Bosh kitob”da
shu schyotning debet oborot yozuvlari keltiriladi.
“Bosh kitob” va jurnal-orderlarning jamlarining tо‘g‘riligi tekshirib
kо‘rilgandan keyin schyotlar qoldig‘i topiladi. Qoldiq “Bosh kitob”ning shu
maqsad uchun belgilangan ustuniga yozib qо‘yiladi.
“Bosh kitob”da amalga oshirilgan yozuvlarning tо‘g‘riligini tekshirish uchun
hamma schyotlar bо‘yicha oborotlar va qoldiqlar jamlab chiqiladi. Schyotlarning
debet va kredet oborotlari summalari jami hamda debet va kredet qodiqlari
summasi jamlari teng bо‘lishi kerak.
439
Uchyot amaliyotida jurnal order shaklini qо‘llash
uchyot xodimlari mehnatini
yengillashtirib hisob ishlariga kompyuter texnikasini joriy qilish imkoniyatlarini
yaratadi.
Jurnal order shaklining asosiy kamchiliklari quyidagilar bо‘lib hisoblanadi:
1.
jurnal-orderlarning hajm jihatdan kattaligi va tuzilishlarining qiyinligi;
2.
jurnal-orderlarni tuldirishni qо‘l mehnatiga moslashtirilganligi;
3.
uchyot ishlariga kompyuter texnikasini qо‘llashni qiyinligi.
Kо‘rsatilgan kamchiliklar uchyot ishlariga kompyuter texnikasini
joriy qilinganda
barham topadi.
Dostları ilə paylaş: