Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
Materiallar - 
ishlab chiqarish jarayonida dastlabki ishlov berishdan о‘tgan va 
mehnat ta’siriga uchragan buyum sanaladi. Materiallar ishlab chiqarish jarayonida 
bajaradigan funksiyasiga qarab asosiy va yordamchi materiallarga bо‘linadi.
 
Asosiy materiallar
- ishlab chiqariladigan mashulotlarning moddiy asosini 
tashkil qiladigan mehnat buyumlari bо‘lib, ularsiz mashulot ishlab chiqarib 
bо‘lmaydi. Misol paxta tozalash zavodida chigitdan va boshqa chiqindilardan 
tozalangan tola, ip yiguruv korxonasi tayyorlangan kalava (ip), tо‘quv tsexi uchun, 
tо‘quv tsexida tayyorlangan mato (bо‘z), gul bosish tsexi uchun, tо‘quvchilik 
sanoatida ishlab chiqarilgan mato, tikuvchilik sanoat uchun, oshlangan va ishlov 


189 
berilgan teri, charmdan mashulot ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun asosiy 
material bо‘lib hisoblanadi. Shuningdek, metallurgiya kombinatida tayyorlangan 
prokat, mashinasozlik sanoati uchun, qazib chiqarilgan neft, neftni qayta ishlash 
zavodlari uchun asosiy material bо‘lib hisoblanadi.
 
Yordamchi materiallar
- tayyorlanadigan mashulotlarni moddiy asosini 
tashkil qilmaydigan mehnat buyumi. Ular ishlab chiqarilgan mashulotlarga ma’lum 
bir sifat beradi. Misol yengil sanoat korxonalarida yordamchi materiallarga har-xil 
bо‘yoqlar, kislotalar, kraxmal, moylovchi materiallar, qurilish sanoatida qurilish 
ishlarini pardozlash uchun zarur bо‘lgan qurilish-ta’mirlash materiallari (bо‘yoq, 
lak, emulsiya, rang beruvchi parashoklar va boshqalar) kiradi.
 
Ehtiyot qismlar
- jihozlarni, stanoklarni, transport vositalarini ta’mirlash 
uchun zarur bо‘lgan va korxonaning о‘zida tayyorlangan yoki mol yetkazib 
beruvchilardan sotib olingan detallar, uzellar, ehtiyot qismlar va butlovchi 
buyumlar kiritiladi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin