Ishonchlilik tamoyili - axborotlarni buzib kо‘rsatishlardan va xatolardan
holiligi hamda yetarlicha ishonchli ekanligini bildiradi.
Kо‘rsatkichlar qiyoslanishi tamoyili - bir nechta korxonaning о‘xshash
kо‘rsatkichlarini taqqoslashni bildiradi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 14.08.1998 y. 474-
sonli ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
26.07.1998 y. n 17-17/86 tasdiqlangan 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy
hisobot” nomli O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti
talabidan kelib chiqib buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi tamoyillardan ham
foydalanish talab etiladi: hisoblab yozish tamoyili, ikki yoqlama qayd etish usuli
bilan hisob yuritish tamoyili, xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarga pul
bilan baho berish, ahamiyatlilik tamoyili, muhimiylik tamoyili, tugallanganlik
tamoyili, izchillik tamoyili.
Hisoblab yozish tamoyili - buxgalter tegishli daromad va xarajatlarni qaysi
hisobot davriga kiritish kerakligi tо‘g‘risida qaror qabul qilishi lozimligini
bildiradi. Hisoblash tamoyiliga asosan aktivlar, passivlar, xususiy kapital,
daromadlar, xarajatlar va boshqa xо‘jalik muomalalari yuzasidan haridorga yuklab
jо‘natilgan mashulot, bajarilgan ish, kо‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan olinadigan
pul mablag‘lari, korxona hisob raqamiga qachon kelib tushishidan qat’iy nazar,
hisobot davriga taalluqli ekanligini bildiradi. Ular mazkur hisobot davrida
buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyili - korxona
buxgalteriyasida xо‘jalik muomalalarini ikki yoqlama yozish tamoyili asosida aks
ettirish kerakliligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tamoyili sodir bо‘lgan xо‘jalik
muomalasiga tegishli bо‘lgan summani bir vaqtning о‘zida bitta schyotning debet
tomoniga va aynan shu summani ikkinchi bir schyotning kredit tomoniga qayd
qilishdan iborat bо‘ladi.