205
qilingan о‘lchov birligi hisoblanib, uning vositasida korxonada sodir bо‘ladigan
hodisalar bitta umumiy maxrajga keltiriladi. Natijada ular qо‘shish
yoki ayirish
mumkin bо‘lgan raqamlar kо‘rinishida aks ettiriladi. Masalan: korxona 2000000
naqd pulga, 150 ming kvadrat metrga teng bino maydoniga, 10 ta yuk va 4 yengil
avtomashinasiga, 10 tonna mineral о‘g‘itga va shu kabi boshqa xо‘jalik
mablag‘lariga ega. Korxona ixtiyoridagi hamma mulkni miqdorini topish uchun bu
narsalarni hammasini qо‘shib chiqish mumkin emas. Bunda korxona mulklarini
pulda ifodalash yordam beradi: 2000000 sо‘m
naqd pul, yuk tashish
mashinalariining qiymati 100000000 sо‘m, yengil
avtomashinalarning qiymati
40000000 sо‘m va mineral о‘g‘itning qiymati 3000000 sо‘m – bularni qо‘shib
chiqish mumkin. O’zbekiston Respublikasida pul birligi - so’m, uning bo’laklari -
tiyinlardir.
Hisobot davrining daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqligi
tamoyili -
buxgalteriya hisobida shu hisobot davriga tegishli bо‘lgan daromadlarni
olishga asos bо‘ladigan xarajatlarni aks ettirish lozimligini bildiradi. Agar
daromadlar bilan xarajatlar о‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud bо‘lsa, unda
xarajatlar taqsimotining biron bir usuliga muvofiq
bir nechta hisobot davrlari
о‘rtasida taqsimlanadi. Masalan bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya
xarajatlari.
Ahamiyatlilik tamoyili
- foydalanuvchilarga beriladigan axborotlar
korxonaning moliyaviy va xо‘jalik faoliyatlariga baho berish hamda qarorlar qabul
qilish uchun ahamiyatlidir. Shuning uchun korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatiga
baho berish hamda qarorlar qabul qilish sifati buxgalteriya
hisobi yetkazib
beradigan axborotlarni tо‘g‘riligiga bog‘liq bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: