Buxoro amirligida davlat boshqaruvi, sud va sudlov va tashqi diplomatiya munosabatlari



Yüklə 40,21 Kb.
səhifə3/4
tarix01.06.2023
ölçüsü40,21 Kb.
#121577
1   2   3   4
Buxoro amirligida davlat boshqaruvi, sud va sudlov va tashqi diplomatiya munosabatlari

Amir Abdul Ahad (1885-1910) hukmronlik yillarida ham tashqi diplomatik, savdo-sotiq aloqalari ham ancha rivojlantirilgan edi. Ayniqsa, ushbu davrda Rossiya davlati bilan diplomatik aloqalarning bu davrda ko`proq amalga oshirilganligining guvohi bo`lishimiz tabiiy hol. Buxoro hukmdori Peterburgga qilgan safarlari hisoboti sifatida “Ro`znomai safari Fitirburx” nomli ikki me'muar asar yozdi. Birinchi asar, ya'ni “Ro`znomai safari Fitirburx” to`g`risida qisqacha to`xtaladigan bo`lsak, asar Buxoro amiri Abdul Ahad tilidan yozilgan va uning 1892-93 yillarda Peterburgga qilgan safari kundaligi hisoblanadi. Uni Rossiya – Buxoro munosabatlari tarixiga oid manba sifatida baholash mumkin. Ikkinchi asar “Ro`znomai safari chahorum ... ba Fitirburx” deb nomlanib, amir Abdul Ahadning 1906 yilda Peterburgga qilgan safari tafsilotlarini o`z ichiga oladi. Asar amir Abdul Ahad tilida yozilgan. Asarning O`zFA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo`lyozma nusxasi rangli rus fabrikasi qog`oziga, nasta'liq xatida, xattot Qori Fathulloh chapdast tomonidan hijriy 1327(milodiy 1909) yilda ko`chirilgan. Qo`lyozma oxirida amir Abdul Ahadning “Ojiz” taxallusi bilan bitilgan:
“Soqiy biyor boda ki ayyomi navbahor” misralari bilan boshlanib,
Ojiz ze holi xuyash shikoyat chi mekuni,
Homushi behtar ast, turo nest ixtiyor”
Satrlari bilan tugaydigan 12 baytdan iborat she'ri keltirilgan.[36]
Asarda qayd etilishicha Peterburg safari hijriy 1324 yilning ramazon oyida boshlangan. Ya'ni, 1906 yilning 10 noyabridan 22 dekabrigacha davom etgan. Karmana stansiyasidan jo`nagan vagon Toshkent, Orenburg, Samara, Moskva orqali 1906 yilning 20 noyabrida Peterburgga yetib keladi. Amir Abdul Ahad boshchiligidagi delegatsiya bir necha marta rus imperatori qabulida bo`ladi. Asarda ko`rsatilishicha, Buxoro hukmdori sovg`a sifatida rus imperatoriga 16 ta jihozlangan ot olib borgan. O`z navbatida rus imperatori ham Buxoro amiri va delegatsiya a'zolariga qimmatbaho rus orden va medallarini taqdim etadi. Masalan, brilliantlar bilan bezatilgan oliy Andrey pervozvanniy ordeni, I-II darajali Stanislav ordeni, 2 darajali Anna ordeni, kumush medallar va hokazolar. Quyida nomlari tilgan olinadigan Buxoro amirligi delegatsiyasi a'zolari haqidagi ma'lumotlar ahamiyatga molikdir:
Yüklə 40,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin