Buxoro bank kolleji



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə45/83
tarix17.01.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#79429
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
ma`ruza matni

Yuklanuvchi viruslar

Yuklanuvchi viruslar dastur viruslaridan tarqalish usuli bilan farq qiladi. Ular dastur fayllarini emas, balki magnit vositalar(yumshoq va qattiq disk) ning sistema soxalarini buzadi. Bundan tashqari ular ishlab turgan kompyuter tezkor xotirasida vaktincha saqlanib turishi mumkin. Odatda bunday virus bilan zararlanish sistema soxasi yuklanuvchi virus bo’lgan magnit vosita yordamida kompyuterni yuklashga xarakat qilinganda sodir bo`ladi. Masalan, kompyuterni yumshoq diskdan yuklashga xarakat qilinganda yuklanuvchi virus avval tezkor xotiraga o’tadi, so`ngra esa qattiq diskning yuklanuvchi sektoriga o’tadi, shundan so’ng bu kompyuterning o’zi yuklanuvchi virusni tarkatuvchi vosita bo`lib xizmat qiladi.


Makroviruslar

Bular viruslarning aloxida turi bo`lib, bu viruslar makrokomanda ishlatiladigan amaliy dasturlarning xujjatlarini zararlantiradi. Xususan bunday xujjatlarga Microsoft Word matn protcessori xujjatlari kiradi. Zararlanish xujjat faylini dastur oynasida ochganda agar unda makrokomandadan foydalanish imkoniyati bekor qilinmaganda sodir bo`ladi.


Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullari

Kompyuter viruslaridan himoyalanishning 3 yo`nalishi mavjud:



  • virus tushishining oldini olish;

  • agar virus kompyuterga tushishga ulgurgan bo`lsa, virus xujumining oldini olish;

  • buzilish oqibatlarining oldini olish, agar virus xujumi boshlanib bo`lgan bo`lsa.

Himoyani amalga oshirishning 3 ta usuli mavjud.

    • himoyaning dastur usuli,

    • himoyaning apparat usuli,

    • himoyaning tashkiliy usuli.



Virusga qarshi himoya vositalari

Axborotlarni himoyalashning asosiy vositalaridan eng birinchisi muhim ahamiyatga ega bo`lgan ma`lumotlarni ko’shimcha nusxalashdir. Yuqorida ko’rsatilgan xollardagi axborot yo’qotishlarda qattiq disk formatlanib, yangidan foydalanishga tayyorlanadi. Toza formatlangan diskka distributiv kompakt diskdan operatsion tizim o’rnatiladi, keyin uning boshqaruvida kerakli dastur ta`minoti o’rnatiladi. Kompyuterni qayta tiklash qo’shimcha nusxadan ma`lumotlarni qayta tiklash bilan yakunlanadi.


Ma`lumotlarni nusxalashda shuni esda tutish kerakki, Internetning tarmoq xizmatidan foydalanishga ruxsat beruvchi ro`yxatga olingan va parol haqidagi ma`lumotlarni aloxida kompyuterda saqlash kerak bo`ladi. Ularni kompyuterda saqlash mumkin emas. Ular alohida xonalarda saqlanish kerak.
Qimmatli va maxfiy bo’lmagan ma`lumotlarni saqlashning ishonchli va zamonaviy usullaridan biri ularni Internet serverining WEB papkasida saqlashdir.
Axborotlarni himoyalashning qo’shimcha vositalariga antivirus dasturlari va apparat himoya vositalari kiradi. Masalan «ona plata» dagi maxsus ulagich (peremichka) ning uzilishi qayta dasturlanadigan doimiy xotira (PZU) dan ma`lumotlarni o’chib ketishining oldini oladi. Shunday viruslar borki, ular doimiy xotiradagi ma`lumotlarni o’chirib yuboradi.
Ko’plab antivirus dasturlari yaratilgan bo’lib ular quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi:

  1. Tashqi vositalar (yumshoq disk)da qattik diskning obrazini hosil qilish ;

  2. Doimiy ravishda qattiq diskda virusni aniqlash buyicha tekshiruv o’tkazib turish. Antivirus bazalarini yangilab turish kerak. Masalan, 1999 yil 26 aprelda W 95. CIH.1075 («Chernobil») virusi 100 minglab kompyuterlarni ishdan chiqishiga olib keldi. Bunga sabab o’sha vaqtda bu virusga qarshi vosita bo’lmaganligi bo’ldi;

  3. Fayllarning o’lchamlari va atributlarining o’zgarishini nazorat qilib turish;

  4. Qattiq diskka murojaatlarni nazorat qilib turish.




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin