296
Kichik guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik
guruhnikidek muhit tashkil etiladi. Bundan tashqari, kuzatish va
mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda balki, to‘rlarda qushlar
va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh xonasidan kitob javoni
uchun joy ajratiladi. MTM maydonchasida sport o‘yinlari
bilan
shug‘ullanish uchun maxsus joy bo‘ladi, u kerakli anjomlar bilan
jihozlab qo‘yiladi: velosipedda uchish uchun yo‘lka, tirmashib chiqish
uchun jismoniy tarbiya narvonchalari, muvozanatni saqlash uchun
ma’lum balandlikda yotqizilgan g‘o‘la va shunga o‘xshashlar bo‘ladi.
Olib chiqilgan o‘yinchoqlarni o‘ynash uchun maxsus stollar,
o‘rindiqlar, suv bilan o‘ynash uchun maxsus idish, qum yashigi
bo‘lishi kerak.
O‘rta
guruh xonasi uxlash xonasi, hojatxona va yechinish
xonasiga ega bo‘lishi kerak. Guruh xonasi bir necha bo‘limdan iborat
bo‘lishi kerak. Birinchi o‘yin bo‘limida qo‘g‘irchoq bilan o‘ynash
uchun hamma kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf bo‘ladi. Ikkinchi
o‘yin bo‘limida qurilish materiallari qo‘yiladigan shkaf va ular bilan
o‘ynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida
bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shug‘ullanishlari uchun
kerakli materiallar qo‘yiladi. Kitob burchagi va stol usti bosma o‘yini
bilan shug‘ullanishlari uchun o‘yin burchagida tinchroq joyni ajratish
kerak. Tabiat burchagini derazalarga yaqinroqda joylashtirgan ma’qul.
Xona amaliy san’at asarlari va ko‘kalamzorlashtiruvchi o‘simliklar
bilan bezatiladi.
Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali o‘sim-
liklar bilan to‘silib, jismoniy mashqlar va sport ermak o‘yinlari uchun
kerakli asboblar bilan jihozlanadi.
Katta guruh o‘yin bo‘limlari bolalarning yoshiga mos holda, o‘rta
guruh xonasi kabi jihozlanadi. Guruh xonasida yana mashg‘ulot
o‘tkaziladigan bo‘lim ajratiladi va u yerga tarbiyachining stoli, ekran,
shkaf, doska joylashtiriladi. Bolalarning mustaqil o‘ynashlari uchun
hamma kerakli materiallar ular bemalol foydalana oladigan qilib
joylashtirilishi kerak (stollar, o‘yinchoq1ar solingan qutichalar, vitrina
shkafi, tokchalar va boshqalar). Tabiat burchagi, qo‘l mehnati bilan
shug‘ullanadigan burchak, kitob burchagi, tasviriy faoliyat bilan
mustaqil shug‘ullanadigan burchak, musiqaviy faoliyat burchaklari
bo‘lishi kerak. Bulardan
tashqari bolalar bemalol, erkin harakat
qilishlari uchun kattagina bo‘sh joy bo‘lishi zarur. Maydonchada sport
297
o‘yinlari, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, irg‘itish uchun katta
joy ajratiladi. Syujetli o‘yinlar uchun o‘yinchoq1ar ham bo‘ladi.
Tayyorlov guruhi. Bu yerdagi mashg‘ulot o‘tkaziladigan bo‘limda
katta guruhdagi singari bolalar uchun ikki kishilik stollar qo‘yiladi.
Guruh xonasidagi jihozlar zarurat tufayli shug‘ullanganda o‘yinga joy
bo‘shatish maqsadida boshqa tomonga surib qo‘yadigan qilib
joylashtiriladi. Maydonchada sport o‘yinlari va har xil o‘yinlar uchun
joy ajratiladi, gulxona
va poliz tashkil etilib, u yerda bolalar o‘zlari
gul va sabzavotlarni yetishtiradilar.
Bolalar hayotini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar. Kunning
birinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish, bolalarning MTMda 9-
10 soat bo‘lishi kun tartibida belgilab qo‘yilgan. Bunda ertalabki
qabul muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning MTMdagi vaqti
qiziqarli, sermazmun o‘tishini ta’minlaydi.
Buning uchun ertalab bolalarni ochiq chehra bilan kutib oladi,
ota-onalari bilan xushmuomala, xayrixoh munosabatda bo‘ladi.
Ertalabki qabul vaqtida ijodiy o‘yinning hamma turlari tashkil etiladi,
tabiat burchagida kuzatish,
bolalarning guruh xonasidagi, ovqat va
mashg‘ulotlardagi navbatchiliklari, nonushtadan oldin ertalabki
gimnastika va yuvinish tashkil etiladi. Nonushta vaqtida tarbiyachi
bolalarning ovqatlanish madaniyatini nazorat qilib turadi.
Nonushtadan keyin dasturda ko‘rsatilgan vaqt mobaynida
mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulotgacha va mashg‘ulot o‘rtasida
o‘yinlar tashkil etiladi. Qanday o‘yin o‘tkazilishi mashg‘ulotning
mazmuni va xususiyatiga bog‘liq. Bolalar o‘tirib shug‘ullanadigan
mashg‘ulotdan oldin harakatli o‘yinlar, jismoniy tarbiya va musiqaviy
mashg‘ulotdan oldin tinch o‘yinlar o‘ynashadi. Mashg‘ulotdan keyin
sayr o‘tkaziladi. Tarbiyachi
tevarak-atrofdagi tabiatni, kattalar
mehnatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatishni tashkil etadi.
Harakatli o‘yinlar o‘tkazadi, mustaqil o‘yin o‘tkazishni taklif etadi.
Mana shu vaqt ichida bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat,
didaktik o‘yinlar, ijodiy o‘yin turlari bilan shug‘ullanishlari uchun
katta e’tibor beriladi. Maqsadli sayrlar uyushtiriladi. Sport o‘yinlari va
mashqlar, jismoniy dam olish va shunga o‘xshashlar bolalarning
harakat faolligini o‘stirishga ham katta ahamiyat beriladi.
Dostları ilə paylaş: