307
XVII. 4. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni
tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda
madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar o‘yinlariga
rahbarlik usullari, bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngilochar daqiqalarni
tashkil
etish,
shuningdek,
ota-onalar
bilan
ishlash
turlari
rejalashtirilishi lozim,
O‘qitishning
har
bir
bo‘limiga
doir
mashg‘ulotlarni
rejalashtirishda bilimlarni egallashning
asosiy bosqichlari hisobga
olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanishi, ularni sekin-asta
murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘1imga doir
mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘lim bilan bog‘1angan
asosiy ta’lim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa
bo‘limlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg‘u1otlarni
bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘u1ot1ardan
tashqarida kundalik
turmush, o‘yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-
atvorini, bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga
qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni haqgo‘ylik
bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi. Rejada
o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq- atvorlarini tarbiyalash
vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmunini, ularning
o‘ynash ko‘niknıalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi
xilma-xil harakatli va didaktik o‘yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik
rejalashtiradi. Bolalarning mehnat faoliyatlarini
tashkil etish
shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli
sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O‘z
mazmuniga
ko‘ra
topshiriqlar
turlicha
bo‘lishi
mumkin.
Tarbiyachining ish rejasida
yangi
topshiriq mazmunini qayd
etish, so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish
maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni
rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini,
bolalarga
navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va
usullarni ko‘rsatadi. Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini
tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur
jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
308
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi
muhim sanalar va
hodisalar bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim muassasasida
bolalarga Vatanga muhabbat, baynalmilal
hislarni tarbiyalash, ularni
xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida
tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o‘tkazi1adi. Bayramlarni
tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada
muassasaning
butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks ettiriladi.
Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va
tasdiqlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar o‘rtasida pedagogik
targ‘ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim
muassasasining bolalarga ta’sir ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish maqsadlarida ta’lim - tarbiyaviy ish mazmuni bilan
tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning ilg‘or
usullarini
o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga
oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan
yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil
etish usullari quyidagilarni:
ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni,
ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘tkazishni, bolalar ishlari
bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: