95
joy ajratiladi. Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar:
tirmashib chiqish uchun devorchalar (uch, to‘rt va olti burchakli),
muvozanat saqlash mashqlari uchun xoda, tepalik, sakrash, uloqtirish
mashqlari uchun kerakli jihozlar bo‘lishi kerak. Bularning hammasi
bolalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam,
chiroyli
bo‘lishi zarur. Bog‘cha maydonchasida bolalarning velosipedda
yurishlari uchun yo‘laklar bo‘lishi kerak.
Yomg‘ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar bo‘ladi.
Maydoncha har doim ozoda, tartibli bo‘lishi zarur. Bog‘cha
maydonchasi skameykalar, o‘ynash uchun zarur bo‘lgan o‘yinchoqlar,
qum yashiklari, har xil kema, samolyot maketlari, narvonchalar bilan
jihozlangan bo‘ladi.
Qishki vaqtlarda qor tepalikcha, yaxlatilgan yo‘lchalar, qor
inshootlari qurish lozim.
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki
ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyatda o‘tishi kerak. Bola stol
atrofiga yaxshi ishtaha bilan o‘tirsa, uning organizmida ovqatning
yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beruvchi shartsharoit hosil bo‘ladi.
Yaxshi
ishtaha
bolalarda
mustaqillikni,
madaniy-gigiyenik
malakalarni, stol atrofida o‘zini to‘g‘ri tutib o‘tirish
malakalarini
tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi – bolalarning yoshligidan
boshlab ularda yaxshi ishtaha bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga
egadir. Ba’zi bolalar keragidan ortiq, ba’zilari keragidan kam ovqat
yeyishlari mumkin. Shuning uchun bolaga ovqat normasini ularning
yoshiga qarab berish kerak. Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishga
majbur etish kerak emas, majbur etish har doim ovqatdan oladigan
lazzatlanishni kamaytiradi, uni hazm qilishni qiyinlashtiradi, ba’zan
bola ovqatdan butunlay voz kechishi mumkin. Bolaning to‘g‘ri
ovqatlanayotganining asosiy mezoni uning jismoniy jihatdan uyg‘un
rivojlanganligidir.
Bolalarni ilk yoshligidan boshlab
ovqatni mustaqil yeyishga
o‘rgatish ularda ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy
munosabatni uyg‘otishga yordam beradi. Ikkinchi yoshning boshidan
qoshiqdan foydalanishga o‘rgatish, to‘rtinchi yoshdan sanchqidan,
beshinchi yoshda pichoqdan foydalanish malakalarini tarbiyalab
borish zarur. Bundan tashqari, bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo‘lini
yuvish, tartibli yeb-ichish, chapillatma, tovushsiz chaynash va ichish,
salfetkadan foydalanish, to‘g‘ri o‘tirish, ovqat uchun tashakkur
96
bildirish, ovqatdan keyin og‘izni chayqash kabi madaniy-gigiyenik
malakalar ham tarbiyalab boriladi.
Ovqatlanish vaqtida
bolalarga tanbeh berish, ularni koyish
yaramaydi. Bu bolalarning asabini buzadi, ishtahasini bo‘g‘adi. Bir
bolaga berilgan tanbeh boshqa bolalarning diqqatini tortmasligi lozim.
Ovqatni yaxshi yeya olmaydigan bolalarga tarbiyachi yoki enaga
yordam beradi.
Bolalarda ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy-gigiyenik
malakalarni tarbiyalash kattalardan ijobiy namuna ko‘rsatishni talab
etadi. Madaniy-gigiyenik malakalarni qanday bajarayotganliklarini
tarbiyachi nazorat qilib borishi, katta va tayyorlov yoshidagi bolalarda
esa uning ahamiyatini, bajarish usulini ongli egallab olishlariga
erishishi lozim.
Uyqu.
Bolalarni jismoniy tomondan
tarbiyalashda uyqu muhim
ahamiyatga egadir. Uyqu miya katta yarimsharlarining normal ishlashi
uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi.
Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv sistemasining,
organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola
yomon uxlasa, uyquga to‘ymasa nerv sistemasi faoliyatining
buzilganidan dalolat beradi. Nerv sistemasi tez qo‘zg‘aluvchi bolalar
aksariyat yomon uxlashadi. Bunday bolalarning‘ uyqu tormozlanishi
chuqur normal uyquni ta’minlayolmaydi. Shunda bunday bolalar
kichkinagina, arzimagan sharpadan ham uyg‘onib ketaveradi. Bola
qanchalik yomon uxlasa, uning axloq normasi, o‘zaro munosabati,
muomalasi
shuncha yomonlashadi, bunday holni biz injiqlik deb
tushunamiz. Yaxshi uyqu bolaning sog‘lomligidan darak beradi.
Bola yaxshi uxlashining asosiy sharti uning yoshiga mos bo‘lgan
sutkalik rejimni hayotining birinchi kunidan boshlab to‘g‘ri tashkil
etishidir. Bola tez va yaxshi uxlashi uchun kerakli shart-sharoit
yaratish, uyg‘oqlik vaqtida faollashtiruvchi har xil harakatlarni tashkil
etish kerak. Bola yaxshi uxlashining asosiy shartlaridan biri
hayotining birinchi oyidan boshlab uni toza havoda uxlatishdir.
Kislorodga to‘ygan qon butun organizmdagi nerv hujayralarining
tiklanishiga yordam beradi. Toza havo bolaning nafas olishini
yaxshilaydi, shamollashdan saqlaydi. Jismonan nimjon va 1,5 yosh-
gacha bo‘lgan bolalarni toza havoda uxlatish, sayr qildirish nihoyatda
zarurdir.
97
Agar bola yaxshi uxlasa, tetik, quvnoq bo‘lib uyg‘onadi va haf-
sala bilan kiyina boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: