Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi har xil



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi har xil 
metodlardan, usullardan foydalanish: 
Ko‘rgazmali 
Og‘zaki 
Amaliy 
O‘yin 
metodlari 
Kuzatish 
Tushunish 
Mashq 
Didaktik 
o‘yinlar 
Ko‘rsatish 
Hikoya qilish 
Mustaqil ish 
Harakatli 
o‘yinlar 
TV 
dan 
foydalanish 
So‘zlab berish Oddiy tajriba Mashqli 
o‘yinlar 
 
O’qib berish 
 
Insenirovkalar 
 
Suhbat 
 
Kundalik 
axborot 
Kuzatish metodi.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish 
imkonini beradi, Bunda bolalar ko‘rish, eshitish, sezish idroklari 
orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa, asosan, 
yangi bilim berishda qo‘llaniladi.
Ta’limni amalga oshirish 
yo‘llari 
Birinchi yo‘l 
Ikkinchi уо’l 
Bolalarni 
bilim, 
malaka, 
ko‘nikmalami 
kattalar 
bilan 
o‘zaro 
munosabatda 
bo‘lishi 
orqali 
egallab 
borishidir. 
Bu 
muomala mehnat faoliyati va shu 
kabilar bilan belgilanadi

Maxsus 
tayyorgarligi 
bor 
kishilaming 
maxsus 
o‘quv 
muassasalarida bolalarni kerakli 
bilim, 
malaka, 
ko‘nikmalardan 
rejali ravishda xabardor bo‘lib 
borishidir. Bunday yo‘l bilan ta’lim 
berishdan maqsad yosh avlodni 
zamonaviy 
ishlab 
chiqarishda, 
jamiyatning 
ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy hayotida faol qatnashtirish 
uchun zarur bo‘lgan fan yutuqlari 
bilan tanishtirishdir. 


109 
Kuzatish 
– bolalarning narsa, voqealarning ma’lum maqsadi Dilan 
rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma’lum obyektlarni kuzatishda 
yetakchi o‘rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi
. Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani 
o‘zini yoki tasvirini ko‘rsatadi. Bu bevosita ko‘rib bo‘lmaydigan 
narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o‘simliklar, kishilar hayoti 
bilan) qo‘llaniladi. 
Hikoya qilib berish
– materialni aniq, obrazli, ta’sir chan bayon 
qilish. O‘rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o‘qib berish.
Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o‘tkazilmaydi. 4-5 yoshli 
bolalar bilan ham qisqa suhbat o‘tkaziladi. 6 yoshdan boshlab suhbat 
mustaqil mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi. 
VII. 3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi 
Hissiy 
bilish 
maktabgacha 
yoshidagi 
bolalikda 
alohida 
ahamiyatga ega. Fikrlash va nutq yetakchi o‘rin tutadigan mantiqiy 
bilish hissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday 
amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hisoblanadi.
Tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. 
Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. 
Bunday tasavvurning aniqligi, to‘laligi sensor jarayonlarning 
rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni 
biror maqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir. “Sensor” so‘zi 
lotincha “sensus” – “tuyg‘u”, “sezgi”, “idrok”, “sezish qobiliyati” 
ma’nolarini anglatadi. Borliqni bilish sezgi, idrok qilishdan 
boshlanadi.
Inson ko‘rish, sezish va hokazolar yordamida tevarak– atrofdagi 
narsa va hodisalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladi, faqat shular 
asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayonlari hosil bo‘ladi. 
Bog‘cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 
qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va 
idrok qanchalik boy bo‘lsa, insonning tevarakatrofdagi olam haqidagi 
tasavvurlari shunchalik keng bo‘ladi. Bolalarning sensor madaniyati, 
unda sezgi va idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining 
muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.
Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, 
jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi. 
Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojiantirish 
davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o‘rinni 


110 
egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish 
qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrok-
ni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik 
ta’sir sistemasidir. 
Mariya Montesori texnologiyasi aynan 
shu fikrni olg‘a suruvchi usullar majmuyi 
bo‘lib, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlovchi, 
intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim 
o‘rin tutadi.
Shifokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan Maktabgacha 
ta’lim metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasidagi 
barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi.
Agar ota-onalar o‘z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat 
tuyg‘ularini uyg‘ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona 
odamlarga, balki o‘z ota-onasiga ham hissiz bo‘lib qoladilar. 
Montesori metodikasi bo‘yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni 
sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak;
1. Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish. 
2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to‘liq shakllanmagan 
barcha ruhiy jarayonlarni rivojiantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt 
va iroda to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. 
3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo‘lish.
4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojiantirish, so‘z boyliklarini 
oshirish.
5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, 
o‘z-o‘ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojiantirish.
Yuqorida ko‘rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun 
Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullarini tavsiya etadi. 
Uning materiallari ayniqsa, aqliy faoliyatnirivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Sensor tarbiyaning vazifasi va mazmuni: 
Sensor tarbiyaning maqsadi Maktabgacha ta’lim yoshdagi 
bolalarning sensor qobiliyatlarini o‘stirishdan iborat. 
Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar 
buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi yetarli 
bo‘lib qoimay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ularni 
ushlash, ular bilan muomalada bo‘lganda xilma-xil sezgilar ishtirok 
etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbiyachi sensor tarbiyaning 


111 
ana shu tomonlariga alohida e’tibor berishi, bolalarga tegishli 
topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib 
qo‘yishda ularning og‘irligini his qilish, buyumni qo‘lga olib, uning 
sirtini sezishi va sifatini - issiq yoki sovuqligini ana shunga 
o‘xshashlarini aniqlashi kerak.
Bolalarning yoshi ulg‘ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlar 
ning o‘zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo‘yiladigan talab 
ham murakkablashadi. Navbatchilar tarelkalarning katta-kichikligi, 
chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlarning og‘irligini, 
sirtining 
silliqligini, 
ushlaganda 
sovuqroqligini, 
plastmassa 
buyumlarning yengilligini his qiladilar. Stollarni u yoq bu yoqqa 
siljitish, stullarni joy-joyiga qo‘yish boshqa harakat sezgilarini 
uyg‘otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlar va hokazolarni 
idrok qilishni talab etadi.
Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari 
belgilanadi:
– bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish.

buyumlarning 
xususiyati, 
sifati, 
munosabati 
to‘g‘risidagi 
umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shakllantirish.
Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan 
namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, notalarda ifoda-
langan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shunday etalonlar 
jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og‘zaki ifodalanishi 
bilan tanish bo‘lsa, uning tevarak-atrofni bilishi oson bo‘ladi, u o‘zi 
uchragan buyumlarni ma’lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda 
buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joy-
lashishini aytib beradi. 
Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda 
va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish.
Sensor tarbiyaning mazmuni o‘z ichiga tevarak-atrofdagi hamma 
sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari 
orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadir. Maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga 
o‘rgatiladi, ularda rang tuslari haqida, bo‘yoqlarni aralashtirish 
natijasida yangi rang yoki tuslar paydo bo‘lishi to‘g‘risida tasavvur 
hosil bo‘ladi, shuningdek ular (nutqning tovush tomonlarini, so‘zning 
tovush tuzilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o‘quvini 
rivojiantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. 


112 
Sensor tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning 
sifatini paypaslab, ko‘rib farqlash va ularni to‘g‘ri aytish (silliq, 
mayin, dag‘al, yumshoq, og‘ir, yengil, sovuq, issiq va boshqalar) 
ko‘nikmalarni rivojiantirish ham sensor tarbiya vazifalaridn biridir.
Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda vaqt 
tushunchasini o‘zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va davomliligini 
anglaydilar. Dastlab bolaning "kecha", "bugun", "ertaga" tushun-
chalarini nisbiyligini, vaqtning davomliligini (bir daqiqa, besh daqiqa, 
bir soat) tushunib olishi qiyin bo‘ladi. Bunga tajribaning to‘planib 
borishi va biror maqsadga qaratilgan ta’lim natijasida erishiladi.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalarning 
hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mumkin.
Sensor tarbiya usuli: sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan 
mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali 
faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar 
yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgina 
qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham 
ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani 
buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o‘rgatiladi, suratlarni 
ko‘zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning 
badiiy ifodaliligiga erishilishini ko‘rish qobiliyati rivojlanadi.
MTTda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib 
boriladi, ularga o‘simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. 
Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib, bilib olish 
uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo‘lish tufayli gul, 
toshlarning nomini osongina va bajonudil bilib oladilar, keyinchalik 
ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga 
qarab topadilar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar “oldinga”, “orqaga”, 
“tepada - pastda” “uzoq-yaqin”, “chapda-o‘ngda” kabi fazoviy tasav-
vurlarni o‘zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga amal 
qiladilar, buyumlarning shakli, ular o‘lchamining farqiga yetadilar, 
ularni o‘zaro taqqoslaydilar. Bolalar tabiat bilan tobora ko‘proq 
aloqada bo‘lishlari tufayli taassurotlari, eshitib ta’sirlanish 
xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning 
shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg‘irning shatir-shuturi va 


113 
momaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o‘rgatish 
zarur. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin