Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
 


167 
IX. 4. Huquqiy tarbiya haqida tushuncha 
Bugungi kunda ijtimoiy adolatni o‘rnatish, inson huquq va 
erkinliklarini ta’minlash davlatimizning eng muhim vazifalaridan 
hisoblanadi. Har bir davlat o‘z fuqarosining har tomonlama 
o‘qimishli, ongli, tarbiyali bo‘lishini istaydi. Bunda yosh avlodda 
huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish 
masalalariga katta e’tibor qaratadi.
Huquqiy tarbiya umum tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lib, barcha 
fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy ong va huquqiy 
madaniyatni shakllantirish va rivojiantirish borasida tashkil etiladigan 
tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda qonunchilikni mustahkamlash, 
huquqiy me’yorlarni hurmat qilishga erishiladi. Huquqiy tarbiya
muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko‘zlagan va shaxs 
(guruhjda huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish 
jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo‘ldir. Huquqiy 
tarbiya haqida fikr yuritilar ekan, avvalambor, huquq so‘zining 
ma’nosi nima va u nimani anglatishini bilishimiz lozim. Huquq
jamiyat a’zolari rivojlanishini, jamiyatda tartib o‘rnatishni tashkil 
etish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasidir. 
Huquq – ijtimoiy va yuridik mazmunga ega shaxsning xulq-
atvori, axloq, urf-odatlar, an’analar nuqtayi nazaridan asoslangan 
hollarda umum ijtimoiy ma’nodagi tushunchadir. Bunga millatlarning 
o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi ham kiradi. Huquq to‘g‘risida 
yuridik hodisa sifatida fikr yuritilganda davlat hokimiyatining 
qonunlari, hujjatlari, shaxsning erkinligi, xulq-atvor majburiyatlari 
majmuasini nazarda tutamiz.
Huquqning vujudga kelishi to‘g‘risida turli xil nazariy va 
qarashlar mavjud. Insoniyat vujudga kelishi bilan jamiyatda o‘zini 
tutish qoidalari vujudga kela boshlagan. Davlatgacha bo‘lgan davrda 
bu urf-odat, diniy me’yorlar shaklida bo‘lib, jamiyat a’zolari bularga 
rioya qilgan. Jamiyatdagi o‘zaro munosabatlarning shakllanishining 
amalga oshirish yo‘lini ko‘rsatib beruvchi qoidalar, me’yorlar huquq 
deb atala boshlandi.
Huquqiy tarbiya tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir 
ko‘rsatuvchi, ularga ma’lum qoidalar doirasida ish tutish uchun asos 
bo‘ladigan bilim berishdir. Pedagog-tarbiyachi huquqiy bilimlar 
beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata 
olishi lozim.


168 
Demak, huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ong 
va huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy me’yorlarga nisbatan 
hurmat, ularga ongli va mustaqil ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning huquqiy tarbiyasini o‘stirish 
maqsadida biz bu tarbiyaning ta’limiy va tarbiyaviy jihatlarini ko‘rib 
chiqamiz. Huquqiy ta’lim berish vazifalari:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konsti-
tutsiyasini o‘rgatish jarayonida ularda huquqiy ongni shakllantirish;
2. Huquq me’yorlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali bolalarda 
mustaqil, erkin fikrlash, ijodiy ishlarga intilish histuyg‘usini uyg‘o-
tish;
3. Tevarak-atrofda bo‘ladigan ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan 
huquq normalari asosida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishga o‘rgatish.
Huquqiy tarbiya berish vazifalari: 
1. Ona Vatanni sevish, uni e’zozlash tuyg‘usini singdirish;
2. Konstitutsiya va qonunlarga yuksak hurmat darajasini o‘stirish.
3. Huquqiy me’yorlarga rioya qilishga odatlantirish. 
4. Davlat, ota-onalar oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish yo‘l-
larini ko‘rsatish.
Huquqiy 
tarbiyaning 
metodologik 
asosini 
O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konven-
siya, O‘zbekiston davlati va Prezidenti tomonidan yaratilgan asarlar, 
qabul qilingan va ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan g‘oyalar 
egallaydi. 
Jamiyatda insonlarning huquqiy bilimi, huquqiy ongi, madaniyati 
qanchalik yuqori shakllanganligi ularning huquqiy munosabatlarida 
namoyon bo‘ladi.
Huquqiy madaniyat – davlat tomonidan belgilangan qonun-
qoidalarga rioya etishdagi shaxsning xulqi, munosabati tushuniladi. 
Bir so‘z bilan aytganda, huquqiy madaniyat ongli ravishda huquqiy 
me’yorlarga rioya qilish va bo‘ysunishdir.
Huquqiy ong huquqiy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib 
hisoblanadi. Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun me’yor-
lariga munosabatidan, ularni qabul qilish xususiyatlaridan, o‘rnatilgan 
qonunni qo‘llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. 
Jamiyat hayotini huquqiy tartib asosida tuzish to‘g‘risidagi 
tushunchalar tizimi, ijtimoiy ong shakli – huquqiy ong deyiladi. 
Ijtimoiy ong o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


169 

Siyosiy;

Axloqiy;

Diniy; 

Huquqiy.
Huquqiy ong – O‘zbekiston davlati va uning organlari tomonidan 
qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga rioya etish, ulardan 
ongli ravishda foydalana olish qobiliyatidir.
Xo‘sh, qonunning o‘zi nima?
Qonun deganda davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan 
qabul qilingan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi oliy yuridik 
kuchga ega normativ huquqiy akt tushuniladi. Qonunning asosiy 
jihatlari quyidagilar:
1. Qonun davlat hokimiyati yuqori vakillik organi tomonidan 
chiqariladi. 
2. Qonun yuqori yuridik kuchga ega.
3. Me’yoriy-huquqiy xarakterga ega. 
4. Unda turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
5. Qonunlar davr talablarining bajarilishiga qaratiladi.
6. Qonun xalqning irodasini mujassamlashtiradi. Jamiyat va 
davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish nafaqat 
oila va maktabgacha ta’lim muassasalarida beribgina qolmasdan, balki 
bunda mahalla, ko‘cha-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar, kattalar, qolaversa, 
butun jamiyat a’zolari qatnashishi lozimdir. Yuqoridagi fikrlardan 
kelib chiqib, huquqiy tarbiya berish shakllarini quyidagicha ifodalash 
mumkin:
1. Huquqiy bilim.
2. Huquqiy ma’naviyat.
3. Jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlar.
4. Huquqni himoya qiladigan davlat organlari bilan tanishtirish.
Demak, huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan maxsus 
tarbiya tizimlaridan tashkil topadi va aniq maqsadni ko‘zda tutadi.
Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari. 
Ma’lumki, inson oilada rivojlanadi va kamol topadi. Oila bu ota-ona, 
er-xotin, farzandlarva qarindosh-urug‘lardan tuzilgan jamoa bo‘lib, 
oila a’zolari o‘rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarini 
vujudga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
XIV – “Oila” bobida: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda 


170 
jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”, – deyilgan. 
Oila qonunlarining asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy 
munosabatlarni ishonch, hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam 
berish, oila oldidagi burch va majburiyatlarini his qilish va o‘z 
huquqlarini himoya qilishdan iboratdir.
Oilada ota-ona, bolalarning huquq va majburiyatlari:
1. Oilada yashash va tarbiyalanish.
2. O‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish va ular 
bilan birga yashash. 
3. Bola otasi, onasi, yaqinlari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘ri-
shishi.
4. O‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish. 
5. O‘z fikrini ifoda etish.
6. Bola ism, ota ismi va famliyasini olishga.
7. Ism va familiyasini o‘zgartirishga. 
8. Oilada umumiy mulk va o‘z huquqiy mulkiga ega bo‘lish va boshqa 
huquqlarga ega.
Bolaning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning 
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan amalga 
oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala 
layoqatiga ega deb e’tirof etilsa, u o‘z huquq va majburiyatlarini, 
himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir. Oilada bolaga 
taalluqli har qanday masala hal etilayotganida bola o‘z fikrini 
bildirishga, so‘zlashga haqlidir. Bolaning familiyasi ota-onaning 
familiyasiga qarab belgilanadi. 
Ota-ona turli familiyada bo‘lganda ota-onaning kelishuviga 
binoan bolaga ota yoki onaning familiyasi beriladi. Milliy an’analarga 
muvofiq boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin. Fuqarolik 
holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limi ota-onaning birgalikdagi 
arizalariga binoan bola 16 yoshga to‘lguncha uning manfaatlarini 
e’tiborga olib, uning ismini o‘zgartirishga (ota yoki onaning) haqlidir. 
Ota-onalar o‘z farzandlariga teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. 
Nikohda bo‘lmagan, voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan ota-onalarning 
bolalari 16 yoshga to‘lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil 
ravishda amalga oshirishga haqlidir. Ota-ona o‘z bolalarining 
sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoliga g‘amxo‘rlik 
qiladi va buning uchun javobgar hisoblanadi.


171 
Ota-onalik huquqlarini amalga oshirishda bolaga nisbatan 
shafqatsizlik, qo‘pollik, mensimaslik, jismoniy qadr-qimmatni 
kamsitish, haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilish qonunga ziddir. 
Farzandlar oldidagi burchlarni bajarmasalar otaonalikdan sud qarori 
orqali mahrum qilinadi.
Oila munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi “Oila Kodeksi” da 
ham o‘z ifodasini topgan. Quyidagi hollarda ota-onalar ota-onalikdan 
mahrum etiladi:
– Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, aliment 
to‘lashdan bo‘yin tovlash. 
– O‘z bolasini uzrsiz sabablarga ko‘ra tug‘ruqxona va boshqa 
muassasalardan olishdan bosh tortsa.
– Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lsa, jumladan, 
jismoniy, iqtisodiy, ruhiy ta’sir ko‘rsatilganda. 
– Surunkali ravishda ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka 
mubtalo bo‘lgan taqdirda. 
– O‘z bolalarining hayoti, sog‘lig‘i yoki er-xotinning hayoti, 
sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir etilganda ota-onalik 
huquqidan mahrum qilinadi.
Farzandlar voyaga yetgandan keyin o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik 
qilishlari lozim. Maktabgacha ta’lim bo‘yicha qabul qilingan qonunlar 
va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash jarayonida biz vasiylik va homiylik 
kabi iborani uchratamiz. Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar 
hokimiyatining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik 14 yoshga to‘lmagan va sud tomonidan ruhiy kasalligi 
yoki zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga 
belgilanadi.
Homiylik 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga hamda 
kasalligi tufayli mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira 
olmaydigan voyaga yetgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan 
layoqati cheklangan shaxslarga nisbatan belgilanadi. 
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanini talabalarga 
o‘qitish jarayonida ularda O‘zbekiston davlati tomonidan qabul 
qilingan qonunlarga nisbatan yuksak hurmat tuyg‘usini uyg‘otish va 
o‘z hayotida ulardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish 
muhim vazifadir. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin