267
XV. MODUL. MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTLARI VA MAKTAB HAMKORLIGI
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
bolalarni maktabga
tayyorlash vazifalari, maktabgacha ta’lim muassasasi bilan maktab
aloqasining shakllari.
XV.1. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi
Maktab ta’limiga tayyorlashda bolalar faoliyatini tashkil etishning
ahamiyati.
Zaruriy faoliyatning barcha turlarini
yanada takomillashtirish va
shu asosda qimmatli ma’naviy sifatlar – mustaqillik, uyushganlik,
jamoatchilikni shakllantirish, maktab yoshidagi bolalarni tarbiya-
lashning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Faoliyatga qatnashish mak-
tabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllantiradi. Tarbiyachining
rahbarligi faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish
usullarini yanada
boyitishga, faoliyatni birgalikda rejalashtirish, faoliyat jarayonida
hamkorlik hissi, umumiy intilishlar bilan ma’lnm natijalarga erishish
xulosalarini shakllantirishga yo‘llangan bo‘ladi.
O‘yin faoliyatida:
o‘yinlarda ijtimoiy hayotning ijobiy hodisalarini aks ettirish;
o‘yinda kelishish;
syujetni hamkorlikda
aniqlash;
rollarni haqgo‘ylik bilan taqsimlash;
o‘yin tuzilishi mustaqil tayyorlash;
syııjet mazmrınini faol rivojlantirish;
o‘yinda bir-birini tııshunishga erishish;
do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash;
o‘yinning ma’nosini to‘liq amalga oshirish;
o‘yinchoq va materiallarni joy-joyiga eslatishlarsiz olib borib
qo‘yish;
o‘yin qoidalariga to‘liq rioya qilish kabi ko‘nikmalar o‘yin
faoliyatini muvaffaqiyatli egallaganliklarining ko‘rsatkichi bo‘lib
hisoblanadi.
Mehnat faoliyatida:
mehnat
majburiyatlarini
(o‘z-o‘ziga
xizmat
ko‘rsatish,
navbatchilik, ish o‘rnini tartibli saqlash) yaxshi bajarish;
bajarilgan ish sifat va natijasi;
vazifalarni o‘zaro adolatli taqsimlay olishlari;
do‘stona
ishlay olishlari;
268
Mehnat jarayonida madaniy xulq-atvor qoidalariga rioya qilishlari
orqali tarbiyachi bolalarda mustaqillikni, tirishqoqlikni, uyushganlik
va javobgarlikni his qilish mas’uliyatini shakllantirishda foydalanadi.
Bolalarning jamoa mehnatlari mazmunlari va uyushtirilishi
murakkablashib, bolalar guruhlariga birikib ishlashadi, bunda hamkor-
likdagi mehnat amalga oshiriladi. Bolalarning jamoa mehnati faoliyati
asoslarini muvaffaqiyatli egallashlari,
mehnatda mustaqillik va
uyushganlikni shakllanganligining ko‘rsatkichi bolalarning mehnat
maqsadini tarbiyachi bilan birgalikda rejalashtirishlari va uning
natijasini tasavvur qilishlari, zarur materiallarni ajrata olish,
vazifalarni mustaqil taqsimlash va mehnat natijasini to‘g‘ri baholay
olishlari lozim. Mehnat burchagida bolalarga tushunarli bo‘lgan
mehnat turlari bilan mustaqil shug‘ullanish
uchun barcha zarur
narsalar bo‘lishi kerak. Bolalarga uskuna, o‘yinchoq, qo‘llanmalarni
guruh xonasida tartibli saqlash uchun mas’uliyat hissi shakllantiriladi,
bu maqsadda har haftada guruh xonasini jamoa bo‘lib yig‘ishtirishda
qatnashadilar.
Bunda
bolalarning
badiiy-estetik
didlari
ham
rivojlantiriladi. Guruhda estetik muhitni yaratishda ishtirok etishlari
ta’minlanadi, kattalar mehnati haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi,
kishilar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash, ishlab chiqarish
korxonalari qurilishlari umumlashtiriladi.
Madaniy-maishiy xizmat
xodimlarining mehnatlari to‘g‘risida tushuncha hosil qilinadi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etiladigan
jarayonlarning butun tizimi maktabgacha yoshdagi bola ongi, xulq-
atvori va shaxsini qayta qurishga, bolalarda mehnat ta’limining yangi
sharoitlariga faol har tomonlama tayyorgarlikni shakllantirishga xiz-
mat qiladi.
Bolaning maktab ta’limiga maxsus tayyorgarligi mehnatda
o‘qishga umumiy, psixologik tayyorgarligiga qo‘shimchadir. U bola-
larda matematika, ona tili kabi o‘quv fanlarini o‘rganishi uchun zarur
bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning mavjudligiga ko‘ra
aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida
bolalarda eng oddiy
matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o‘stirish, o‘qish va
savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish
bolalarni maktabda o‘qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: