129
shuvlarda uchrashub qolguncha “Ko‘rishguncha hayr” deyman. Xayr
bolajonlar!
(Bolalar Pari bilan xayrlashadilar, Pari musiqa ostida chiqib ketadi).
Tarbiyachi:
Bolalar
kelinglar, yana bir bor biz qanaqa do‘st
mehribon, hamjihat, muloyim, tarbiyali ekanligimizni ko‘rsatamiz.
Hozir biz sizlar bilan “Do‘stlik archasi daraxti” nomli hamjihatlikda
jamoaviy ish bajaramiz. (Bolalar qog‘oz kaftlaridan aplikatsiya
bajaradilar: Ular oq qog‘oz listdan kaftlarini qirqib o‘lchab
qirqib
oladilar. Va tarbiyachi doskaga oldindan tayyorlab qo‘ygan archa
daraxti tanasini tagi osmon ko‘k rangli vatman qog‘ozga bolalar
qirqilgan kaftlari aks etgan qo‘lchalarni o‘zlari
tarbiyachi yordamida
doskaga yopishtiradilar).
Tarbiyachi:
Qaranglar bolajonlar, bitta bo‘lib o‘zidan bir butun
“Do‘stlik archa daraxtini” hosil qildi.
Men bundan bildimki, bizning
guruh bolalari judayam do‘st, birdam, yaxshi tarbiyaliklarining
shohidi bo‘ldim. Qani bo‘lmasam hammamiz
mehmonlarimiz bilan
hayrlashamiz.
(Bolalar guruhdan sho‘x do‘stlik musiqalari ostida chiqib ketadilar.)
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Sensor tarbiyaning asosiy vazifasi qaysilar?
2. Sensor tarbiyaning asosiy usuli nima?
3. Sensor tarbiyaning maqsadi nimalardan iborat?
4. Maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimlarining necha foizi sezish
orqali idrok etiladi?
5. Ta’limni amalga oshirish yo‘Ilarini izohlang?
6. Mashg‘ulot jarayonini amalga oshirish tamoyillarini yoriting?
7. Axloqiy tarbiya tushunchasining mazmunini ochib bering,
8. Maktabgacha yoshdagi bolalikning turli
bosqichlarida jamoa tur-
mush tarzini tashkil etishning va bolalar o‘rtasidagi
munosabatlarni shakllantirishning xususiyatlari qanday?
9. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalash vazi-
falarini ko‘rsating.
10. Sharq mutafakkirlarining axloqiy tarbiya haqidagi fikrlaridan mi-
sollar keltiring?