131
Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol namoyon bo‘lishi
uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi va har bir kishida ma’naviy
qoniqish hosil qiladi. Har bir bola maktabgacha ta’lim yoshidan
boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur. Bolalar bog‘chasida, oilada
bajariladigan uncha murakkab bo‘lmagan har bir topshiriq uning
kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va
mohiyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati,
bolalarning o‘zlari ajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan
ekskursiyalar
uyushtiradi.
Bolalar
quruvchilarning
mehnatini
kuzatishyapti deylik.
Qurilish maydonchasiga
katta-katta bloklar keltirilib, ular
ko‘tarma kran bilan tushiriladi. Keyin bolalar g‘isht teruvchilar,
duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar, bo‘yoqchilar mehnatini
kuzatadilar. Bolalarni qurilish bilan tanishtirish davomida
bilib olgan
archa tasavvur va tushunchalari, ularning ko‘zi oldida ajoib bino
bunyod etgan kishilar mehnatining go‘zalligi namoyon bo‘ladi.
Tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlarga
gul soluvchi kishilar
mehnatiga jalb etadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda ularning
mohirona chizgan rasmlari natijasida idishlarning har xil jilo berib
turgan ishidan zavqlanib, ularning qo‘llari gul ekan”, – deydilar.
Bularning barchasi bolalarda kishilar mehnatiga muhabbat uyg‘otadi.
Pedagog bolalarni mehnatning moddiy boylik keltiruvchi
tomonini ham, estetik tomonini ham ko‘ra bilisha o‘rgatadi. B ahor
kunlarining birida tarbiyachi bolalarni daraxtlar gullab turgan boqqa
olib kiradi. Gulsafsar va piyongul bilan o‘ralgan yo‘lkalarga qum
sepilgan, daraxtlarning tanasi bog‘bonlar tomonidan ohak bilan
oqlangan. Tepada esa gullab turgan o‘rik, gilos, olma, olcha, shaftoli,
gullarning atrofida asalarilar guvillashib uchib yuribdi.
Bularning
hammasi bolalarda ajoyib zavqli kechinmalar uyg‘otadi. Mehnat
bolalarning jismoniy rivojlanishida zarur shartlardan biri hisoblanadi.
Mehnatda bola o‘zining ishlash, harakat qilish ehtiyojini qondiradi,
harakatlarning aniq, uyg‘un bo‘lishini ta’minlaydi. Mehnat jarayonida
bola organizmining umumiy hayotiy faoliyati, uning chidamliligi
ortadi.
Mehnat bolalardan diqqat, o‘tkir zehnlilik, topqirlik, bilib olgan
malaka va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llay bilish, ijodkorlik
qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim
ish turlarini (bir varaq qog‘ozni buklash, kerakli uzunlikni o‘lchash,
132
andozaga qarab shaklni qirqib olish kabi harakatlarni) anglatuvchi bir
qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi
izchillikni so‘zlab berishga to‘g‘ri keladi. Bular bola nutqini yangi
so‘zlar bilan boyitadi, uning mantiqiy bog‘liq ravishda grammatik
jihatdan to‘g‘ri shakllanishiga imkon beradi.
Bolalarni eng oddiy mehnat qurollari, materiallarga ishlov berish
usullari bilan tanishtirish kerak. MTTdagi mehnat ularni maktabdagi
politexnik ta’limga tayyorlaydi. Mehnatning
axloqiy qimmati uning
jamiyat uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Mehnat har bir bolani o‘z mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushunib
yetishga, uning jamiyat hayotiga kirib borishiga, o‘zini shu
jamiyatning a’zosi deb his etishiga imkon yaratadi. Har bir bola
oilada, bolalar mehnatida o‘z ulushi borligini his eta bilishi lozim.
Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoachilik va
intizomlilikni, burch hissini tarbiyalaydi. Shuning uchun bolalarni
jamoa mehnatida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnatning
bolalarni
aqliy
tomondan
rivojlantirishdagi
ahamiyati shundaki, mehnat jarayonida ular borliqni faol anglay
boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoniyati yaratiladi.
Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish
ularni estetik va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: