Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


IX. 2. Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

IX. 2. Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi 
qarashlari 
O‘rta asrlarda yashab ijod etgan olim va mutafakkirlar o‘z ilmiy 
asarlari orqali mamlakat rivojida iqtisodiyotning ahamiyati, rolini 
falsafiy jihatdan yoritib berdilar. Eramizdan oldingi mingginchi 
yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan 
qahramonlik mavzusidagi juda ko‘p afsonalar, rivoyatlar aytilgan 
bo‘lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da 
kiritilgan. “Avesto”da insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning 
so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor qaratiladi. “Avesto”da 
mamlakatni iqtisodiy jihatdan ta’minlashda asosan: 
– shahar va qishloqlarni obod qilish; 
– bog‘larni ko‘paytirish;
– chorva va yaylovlarga e’tibor berish; 


159 
– kishilarni madaniy turmush tarziga undash g‘oyalari o‘rin 
egallaydi. Shuningdek: 
– yer, suv, zamin;
– kiyim-kechak; 
–oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga e’tibor berish lozimligi 
ta’kidlanadi.
Zardushtiylik ta’limotida inson shaxsining takomili, tabiatni 
muhofaza qilish, o‘z ehtiyojlarini qondirish me’yorlarini tarbiyalash 
masalalari o‘rin egallaydi. Zero, unda insonning inson sifatida 
ma’naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan 
talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida faqat sharq 
xalqlarining emas, balki g‘arb mamlakatlarining muqaddas merosi 
bo‘lib qoldi.
Bu davrda G‘arb bilan Sharqni, Uzoq Sharq mamlakatlari bilan 
O‘rta yer dengizini bog‘lovchi buyuk savdo yo‘li – “Buyuk Ipak 
yo‘li” rivojlanib, madaniy boyliklarni almashuv madaniy taraqqiyot 
yuzaga keldi. Sharq uyg‘onish davrida qishloq, hunarmandchilik va 
savdosotiqning rivojlanishi yo‘l berdi. Natijada Yaqin va O‘rta Sharq 
davlatlari bilan savdo ishlari olib borildi. Buning natijasida ko‘plab 
sug‘oriladigan yerlar ochildi, sug‘orish inshootlari yaratildi.
Paxta, zig‘ir, kanop ekilib, ularning Movarounnahrda, asosan, 
Xorazm, Urganch, Farg‘ona, Samarqad va Buxoroda to‘qimachilik 
mahsulotlari ayniqsa, Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur 
bo‘ldi. Bu davrlarda pul muammosi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, 
iqtisodiy-ijtimoiy hayotida o‘zgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatdi.
Sharq mutafakkir va olimlardan Al-Xorazmiy Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Temur kabi 
qomusiy olimlar Inson va uning kamoloti ta’lim-tarbiya iqtisodiyot va 
tabiat masalalari haqida fikr yuritadilar. Al-Xorazmiy ilmiy bilim, 
ta’lim metodlari insonni aqliy kamolotga yetaklash kabi falsafiy 
qarashlari bilan bir qatorda mamlakat mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishning muhim belgilari va omillarini o‘z ilmiy asarlarida 
yoritib berdi. Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va 
mehnat tarbiyas haqida fikr yuritib, har bir hunar egasining mehnatiga 
qarab turlarga bo‘ladi, Og‘ir mehnat sifatida binokor, ko‘mir 
qazuvchi, hunarmand mehnatini keltiradi.


160 
Beruniy “Minerologiya” asarida qimmatbaho metallar, toshlar 
haqida emas, hunarmandchilikka oid qarashlari mamlakat iqtisodiyo-
tini kengaytirish masalalarini ilgari suradi.
Ibn Sino materiyanining eng sodda bo‘laklarga bo‘linmaydigan 
shakli to‘rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o‘simlik, 
hayvonot olamiga ta’siri bebaho boyliklarni asrab-avaylash kerakligi 
to‘g‘risida o‘zining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya” (aqliy bilimlar tasnifi) 
asarida fikr yuritadi.
Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko‘tarishgda 
savdoning ahamiyatini tushunib bozorlar, rastalar, turli-tuman 
ustaxonalar barpo ettirib xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy 
ettirdi. Shuningdek, xalq farovonligi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida 
suv omborlari, to‘g‘onlar qurishga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga 
e’tibor berdi. Amir Temurning soliqlar haqidagi qoidasi muhim 
ahamiyatga egadir.
Ma’naviyatimizning buyuk siymosi Alisher Navoiy shahar va 
mamlakat obodonchiligiga katta hissa qo‘shib, shifoxonalar, madrasa 
qurdirib, ularni kerakli jihozlar, mudarrislar, tabiblar va boshqa 
xodimlarga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh bilan ta’minladi. Binolar 
qurilishi, dehqonchilik ishlarini yo‘lga qo‘ygan, mamlakat 
iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan. Navoiy turli soha olimlariga 
homiylik qilib, o‘ylab ilmiy risolalar bitirishga bevosita rahbarlik 
qilganligi shu asrda davlatchilikni boshqarishda bosh vazifa bu 
iqtisodiyotni rivojlantirish muhim masalalardan biri ekanligini 
ta’kidlanadi. Talabalar uchun "Ixlosiya" madrasasi, darveshlar uchun 
“Xalosiya” xonaqoni, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi 
Jome yoniga Qorixona (Dor-ul hufroz) qurilib, ular uchun nafaqa 
ajratib, ularni kitoblar va zaruriy ashyolar bilan doimiy ravishda 
ta’minlab borilgan. Alloma tomonidan amalga oshirilgan 
bunyodkorlik ishlari ham farovonligini, turmush darajasini o‘stirish 
bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarishga olib keldi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, diyorimizda yashab o‘tgan har 
bir olim-u fuzalolar mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmay, o‘z asarlari 
va hayot faoliyatlari bilan mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga o‘z 
hissalarini qo‘shganlar.
O‘zbekiston diyorimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng 
Davlatimiz rahbari tomonidam buyuk bunyodkorlik ishlari amalga 
oshirildi.


161 
Mamlakatimizda yangidan qad rostlagan ta’lim muassasalari
maskanlari (maktab, litsey-kollej, maktabgacha ta’lim muassasalari, 
oliy ta’lim}; 
– Shifoxonalar, sanatoriya, dam olish maskanlari.
– Madaniy va ma’rifiy inshootlar.
– Turli xildagi banklar. 
– Mashinasozlikka mo‘Ijallangan korxona va zavodlar. 
– Yo‘l, ko‘priklar, mamlakat temir yo‘li, yangi Qamchiq dovoni. 
– Respublika havo yo‘llari kompaniyasi; O‘zbekiston Respubli-
kasida tadbirkorlik ishlarining eng sermahsul zamonaviy tizimini joriy 
etishning o‘zi ham davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga 
e’tibori nihoyatda katta ekanligidan dalolat beradi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin