VIII. 5. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik
didini rivojlanishning o‘ziga zos xususiyatlari
Shaxsning estetik xususiyatlari tug‘ma emas, ammo ular ijtimoiy
muhit va faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab
rivojlanib boradi. Estetik rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok,
tasavvur, tushunchalar, mulohazalar, qiziqishlar, his-tuyg‘ular, badiiy
va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga oshiriladi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo‘shqin hayoti
bilan chambarchas bog‘liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda,
hali ularning estetik tarbiyasi to‘g‘risida emas, balki ularning hissiy va
sensor rivojlanishi to‘g‘risida o‘ylash kerak. Bola yaltiroq bo‘yoqdan
xursand bo‘ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi.
Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul
qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada hissiy
kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o‘ynaydi.
Kattalarning ochiq yuz bilan jo‘shqin ohangda gapirishlari bolaga
buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo‘lish-
lariga yordam beradi. va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi
150
ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki xo‘mrayib qarashlari, jerkib,
siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning
sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta
takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas,
shu bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham
idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va
g‘amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va
tezligiga javob ta’siri paydo bo‘ladi va hokazo.
O‘rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlanishida
muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va
tabaqalashgan bo‘lib qoladi. Ammo shunga qaramay, u qisqa-qisqa
bo‘lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziqishiga bog‘Iiq bo‘ladi.
Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay
oladilar, ba’zi bir estetik vositalarni to‘g‘ri anglaydigan, tasvir
mohiyatini tushunadigan bo‘lib qoladilar.
Bolalarda go‘zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan,
ta’sirli, faol tusda bo‘ladi. Bu ayniqsa, ular qo‘g‘irchoq teatri, kino,
multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon
bo‘ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol qo‘shilib
harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o‘zini qanday tutishni
aytib turadilar, o‘zlarini ular bilan birga o‘ynayotgandek his etadilar.
Bu yoshdagi bolalar tanish bo‘lgan san’at asarlarini yangi asarlar bilan
solishtiradilar va ba’zi bir xulosalar chiqaradilar. Bolalar she’rni
nasrdan, badiiy asarning ba’zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va
musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan,
allani o‘yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.
Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoliyatlarda
qo‘yilgan vazifani bajarishda mustaqillik, ijodkorlikka intilish
namoyon bo‘la boshlaydi. Bolalar o‘yinga tushganda, ashula
aytganda, sahnalashtirish o‘yinlarida obrazlarning ifodali bo‘lishiga
ongli ravishda intila boshlaydilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy
asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab
kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan
quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada musiqaviy va shoirona
tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy
va tasviriy san’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo‘ladi.
151
Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular
mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar to‘qiy-
dilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ularo‘zlarining va
o‘rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo‘lib qoladilar.
Kuzatayotgan san’at asariari, eshitayotgan musiqa asarlari,
o‘qilayotgan she’rlarning eng nozik tomonlarini ko‘ra biladilar, seza
boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba’zi she’riy obrazlarni eslab
qoladilar va o‘z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go‘zallikka,
san’atga, badiiy va o‘yin faoliyatining har xil turlariga nisbatan ularda
qiziqish shakllana boshlaydi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim yoshi davri tarbiyaviy ta’sir
orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola
shaxsini shakllantirishda tutgan o‘rnidan kelib chiqib, estetik
rivojlanishlarini takomillashtirishdir.
Dostları ilə paylaş: |