Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Ekologik bilim, ekologik madaniyat deganda nimani tushunasiz,
ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalang.
2. “Dunyoda chang va tutun bo‘lmaganida insoniyat ming yil umr
ko‘rardi” - bu hikmatli so‘zning mazmunini yoriting, maktabgacha
yoshdagi bolalarga qo‘llashni ifodalang.
189
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo‘llari
qaysilar?
4. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ekologik tarbiya
berishda qanday usullardan foydalaniladi?
5. Ekologik madaniyat tushunchasiga izoh bering.
6. Ekskursiya jarayonida bolalarda qanday tasavvurlar shakllanadi?
7. Abu Nasr Forobiyning tabiatshunoslikka oid qanday asarlarini
bilasiz?
8. Ekologik tarbiyaning bola hayotiga ta’siri qandayligini izohlang.
9. MTTda mashg‘ulotlar davomida bolalarni tabiat bilan tanishtirish
qay tarzda kechadi?
10. Ilm-fan va tabiat markazi haqida qanday ma’lumotlarga ega bo‘l-
dingiz?
XI. MODUL. O‘YINNING MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTI PEDAGOGIK JARAYONIDAGI O‘RNI
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
o‘yin bolalar faoliyatining
asosiy turi. O‘yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasi
sifatida. Pedagogik jarayonda o‘yining tutgan o‘rni.
XI. 1. O‘yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o‘ziga xosligi
O‘yin inson o‘zligining namoyon bo‘1ishi, uning takomillashuv
usulidir. O‘yin kattalar hayotida muayyan o‘rin tutar ekan, u bolalar
uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni “bolalikning hamrohi” deb
atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining
asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta’1im bilan uzviy aloqada
bo‘1gan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bola
shug‘ullanadigan ko‘pchi1ik jiddiy ishlar o‘yin shaklida bo‘1adi.
O‘yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat
qiladi, gapiradi, idrok etadi, o‘ylaydi. O‘yin tarbiyaning muhim
vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf,
etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan bo‘lib,
jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini
belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o‘z o‘yinlarida ovchilik, urush,
dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o‘sha davrdagi ba’zi
qabilalarning sholi sepish jarayoni o‘yinlar bilan juda katta tantana
qilib amalga oshirilar edi.
190
Y.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflar-
ning g‘oyalari hozirgi zamon bolalar o‘yinlari nazariyasi uchun ham
ahamiyatlidir. “Bolalar o‘yini ko‘p asrlik tarixga ega, – deb yozgan
edi K.D.Ushinskiy, –u insonning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan
qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson
tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan”. Yan Amos Komenskiy
o‘yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to‘g‘ri
keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o‘yin –
bolaning barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy
faoliyatdir, o‘yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi
kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o‘yin davomida
tengqurlari bilan do‘stlashadi. Y.A.Komenskiy o‘yinga quvnoq
bolalik va bolani uyg‘un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan,
kattalarga bolalar o‘yinlariga e’tiborli munosabatda bo‘lishni, ularga
oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi.
P.F.Lestgaft bolalar o‘z o‘yinlarida tevarak-atrofdan olgan
taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivoj-
lanishida katta ahamiyatga egadir.
Shunday qilib o‘yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o‘yinda
tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg‘or olim va pedagoglar
o‘zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.
Tarbiyachilar bolalar o‘yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga
rioya qilishi lozim:
–o‘yin bilan mehnat o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatish;
–o‘yinda bolalarning bo‘lajak mehnat ahliga xos bo‘lgan jismoniy
va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.
Shu tariqa o‘yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati
natijasida paydo bo‘1gan ijtimoiy faoliyatdir; o‘yin doimo haqiqiy
hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o‘zgarishi bilan uning
mazmuni ham o‘zgaradi; o‘yin ma’lum maqsadga yo‘naltiri1gan ongli
faoliyat bo‘lib, uning mehnat bilan ko‘p umumiyligi bor va yoshlarni
mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O‘yin faoliyati asosida boladagi
o‘quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o‘ynasa, u maktabda
shunchalik yaxshi o‘qiydi.
Ilk yoshli bolalar o‘yin faoliyatining birinchi bosqichi
tanishtiruvchi o‘yin bo‘lib, u narsa-buyum-o‘yin faoliyatidir. Uning
mazmuni qo‘l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi
bosqich aks ettirish o‘yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o‘yini
191
psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi.
Kattalar ta’lim-tarbiyaviy ishlarini ma’lum izchillik bilan olib
borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga
ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o‘z o‘yinlarida
qo‘llay boshlaydilar.
Bu yoshdagi bolalar o‘yini mazmun jihatidan predmetli faoliyatni
aks ettiradi.
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o‘yinida
syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo‘lidagi buyum bilan undan
qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi.
Navbatdagi bosqich rolli o‘yin bo‘1ib, unda bolalar o‘zlariga
tanish bo‘lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosa-
batlarini aks ettiradilar.
Bolalar o‘yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi
to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning
o‘yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarni ishlab
chiqish imkoniyatini yaratdi.
Shunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o‘yinning tutgan
o‘rni juda katta bo‘lib, o‘yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni
tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero:
o‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati
namoyon bo‘ladi;
o‘yin Maktabgacha ta’1im yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish
shaklidir;
o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
o‘yin bolalarga ta’lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
o‘yin bolalarni o‘quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir.
Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari o‘yinga
kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o‘yinning mazmuni, tashkil
etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar
o‘yinining rivojlanish darajasiga ta'sir etish mumkinligini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |