XI. 2. O‘yinning maktabgacha ta’1im muassasasi pedagogik
jarayonidagi o‘rni
O‘yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi
hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o‘yin
bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O‘yinlar uchun
nonushtagacha va undan keyin, mashg‘ulot1ardan so‘ng, sayrlardan
so‘ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o‘ta
harakatchanlikni talab qilmaydigan o‘yinlar uchun sharoit yaratish
maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko‘proq didaktik o‘yinchoqlar,
stol ustida o‘ynaladigan stol-bosma o‘yin1ari, syujetli-rolli o‘yin1arni
o‘ynagan ma’qul. Sayr davomida harakatli o‘yinlarni, qurish-yasash
o‘yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o‘yin uchun maxsus
vaqt belgilash o‘yinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud
bo‘1ishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida,
tarbiya vositasi sifatida qo‘llanilishining eng muhim pedagogik
shartidir.
Bolalar o‘yinning o‘ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi
hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish
jarayonidagi o‘zaro munosabatlarini aks ettiradi. O‘yin paytida xona
bolalar uchun dengiz, o‘rmon, metro, temir yo‘l vagoni bo‘lishi
mumkin. Bola hech qachon jim o‘ynamaydi, bitta o‘zi o‘ynasa ham u
o‘yinchoq bilan gaplashadi, o‘zi tasvirlayotgan qahramon bilan
195
muloqot o‘rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma- hammaning
o‘rniga o‘zi gapiraveradi. So‘z obrazning yaxshiroq ochilishiga
yordam beradi.
Nutq o‘yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali
bolalar fikr almashadi, o‘z his-tuyg‘u, kechinmalarini o‘rtoqlashadi.
So‘z bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnati1ishiga, tevarak-
atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo‘lishga yordam
beradi. Bolalarning o‘zi yaratgan o‘yindan kelib chiqadigan yoki
kattalar tomonidan taklif etilgan o‘yinning g‘oyasi, mazmuni, o‘yin
harakatlari, rollar, o‘yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi
qirralardir.
O‘yin g‘oyasi - bu nima o‘ynashni belgilab olish: “do‘kon,
“shifoxona”, “uchuvchilar”, “bolalar muassasasi” va shunga
o‘xshashlar. Bolalar o‘yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O‘yin
bolalarning qiziqarli ermagigina bo‘1ib qolmay, shu bilan bir qatorda
u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir.
Ammo o‘yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik
qilingandagina ijobiy natija beradi.
Pedagog bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga
e’tibor berishi zarur: o‘yin mazmunining ta’lim-tarbiya beruvchi
ahamiyatga ega bo‘lishi, aks ettirilayotgan narsalar haqidagi
tasavvurlar to‘g‘ri va to‘la bo‘lishi, o‘yin harakatlariga faol, ma’1um
maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Hamma va
ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o‘yinga
rahbarlik qilish, o‘yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan
maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o‘yinda xayrixoh va
xursand bo‘lishlarini ta’minlash lozim.
Pedagog bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining
hamma tomonlariga: ongiga, his-tuyg‘u1ariga, irodasiga, xulqiga
ta’sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy
tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim.
O‘yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib,
chuqurlashib boradi. O‘yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola
o‘zining butun diqqatini o‘yinga qaratishi lozim. Bola o‘ynayotganda
kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to‘g‘risidagi
tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga
savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob
berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi.
196
Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarda ona-vatanga, o‘z xalqiga boshqa
millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi.
O‘yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to‘g‘rilik, o‘zini tuta
bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi.
O‘yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga
bo‘lgan munosabatini shakllantiruvchi o‘ziga xos maktabdir. O‘yinda
bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini
bilib oladi. Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilayotib, ularni
jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O‘yin jarayonida bolalar o‘z
xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatiIgan
qoidalarga rioya qilishga o‘rganadilar.
Ammo o‘yinga to‘g‘ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga
ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan
tarbiyalashda o‘yindan keng foydalanadi. Juda ko‘pchilik o‘yinlar
bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o‘z navbatida
organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini
tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining
to‘g‘ri o‘sishini, harakatlari chiroyli bo‘1ishini ham ta'minlaydi. O‘yin
orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat
hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini
yaxshilaydi.
O‘yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng
qo‘llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar,
rollar orqali ham aks ettiradilar. O‘yinda bolalarning avval olgan
taassurotlari orqali obraz yaratishlari - xayol juda ham katta
ahamiyatga ega. Bolalar juda ko‘p o‘yinlarda avval o‘rgangan ashula,
she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi
bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
O‘yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta
bilan mashg‘ulot o‘rtasida bolalar o‘yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi.
Bunda bolalar ko‘pincha avval boshlagan o‘yinlarini davom
ettiradilar. Sayrda bolalarning o‘ynaslılari uchun 1 soat -1 soat 20
minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin
ham bolalar o‘yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko‘proq syujetli-
rolli o‘yinlarni, qurilish materiallari, qo‘g‘irchoqlar bilan, stol usti
o‘yinchoqlari o‘ynashlari mumkin. Slıu bilan birga ermak o‘yinlardan
ham foydalaniladi.
197
Ammo o‘yin bilan ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik bola ulg‘aygan
sari o‘zgarib boracli. Kichik guruhda o‘yin ta’lim berishning asosiy
shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg‘ulotlarda
ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning
o‘zlarida maktabdagi o‘qishga ishtiyoq uyg‘onib qoladi.
Ammo bolalar uchun o‘yinning qadri yo‘qolmaydi, balki
mazmuni o‘zgaradi. Endi bolalarni ko‘proq fikriy faollikni talab
etuvchi o‘yinlar, sport tarzidagi o‘yinlar qiziqtira boshlaydi.
Shunday qilib, pedagogika fani o‘yinga bola shaxsini har
tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli,
bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.
Dostları ilə paylaş: |