204
Mazmuni qiziqarli bo‘lishi kerak. Asar bolalarning yoshiga mos
kelishi kerak.
2-bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r yoki
ertakning mazmunini o‘qib berish yoki qo‘g‘irchoq, soya teatrida
ko‘rsatish orqali tanishtiriladi.
3-bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni
qayta o‘qib berish, postanovka ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish,
didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
4-bosqich. O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun
o‘yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan
birga to‘g‘ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta
guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan birgalikda bolalar
bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko‘rsatadi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar
ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi.
“Sholg‘om”, “Bo‘g‘irsoq” kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov
guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina
olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Sahna-
lashtirish o‘yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi.
Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi
asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining
ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks
ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga
qaysi asar yoqqanini, ular ko‘proq qaysi asarni sahnalashtirishni
yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini,
rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini
yozib boradi. Mana shu asosda bo‘lg‘usi sahnalashtiriladigan o‘yinlar
jonlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: