6-AMALIY MASHG’ULOT. HOT POTATOES DASTURIDAN FOYDALANIB MASHQ
QILUVCHI ELEKTRON KURSLARINI YARATISH.
Mashg’ulotining maqsadi:
Hot Potatoes dasturida amaliy ishlash to’g’risida nazariy
bilim olish va amaliyotda qo’llash.
Amaliy mashg’ulotning qisqacha bayoni:
Hot Potatoes dasturi tarmoqda sinov mashqlarini tashkil qilish imkonini beradi. Unda
yaratilgan mashqlarni ixtiyoriy brauzer (Internet Explorer, Mozilla, Opera, Chrome, Finiks,
Safari, Google,…) bilan ta’minlangan kompyuterda qo‘llash mumkin. Mashqlar HTML va
JavaScript da yaratiladi lekin siz bu tillar haqida hech qanday tushunchaga ega bo‘lmasdan ham
dasturni qo‘llashinigiz mumkin. Aytmoqchimanki, bu dasturda dasturlash
tillaridan xabari
bo‘lmagan foydalanuvchi ham bemalol unda har xil turdagi interaktiv mashqlarni yarata olishi
mumkin. Siz bajarishingiz kerak bo‘lgan harakat sinov mashqidagi ma’lumot(savol, javob)larni
kiritish va so‘nggi amal
Создать Веб-страницы tugmasini bosishdan iborat bo‘ladi.
Hattoki, dastur interfeysini o‘zbek tilida tashkil qilishingiz mumkin (Выбор-Интерфейс-
Перевод интерфейса). Shuni ta’kidlash kerakki, dastur HTML va JavaScript tillarida ishlashni
biladigan mutaxassislar uchun unda ixtiyoriy o‘zgartirishlar kiritish imkonini beradi.
Hot Potatoes da beshta sinov mashqlarini yaratuvchi dasturlar mavjud bo‘lib ular
quyidagilar:
JQuiz
dasturida to‘rt xil turdagi sinov mashqlarini tashkil qilishi mumkin: alternativ,
qisqa javobni yozish, gibrid (qisqa javobning savoli bir necha urinishlardan so‘ng
alternativ
savol ko‘rinishiga keladi), multi tanlovli(bunda ta’lim oluvchi berilgan variantlardan bir
nechtasini to‘g‘ri deb tanlab olishi mumkin).
Alternativ
sinov mashqida ta’lim oluvchi javob variantlaridan birini tanlaganida
quyidagi holat yuz beradi. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa, :-) (smayl) aks holda X belgisi chiqadi. Shu
bilan birga ta’lim oluvchi berilgan javob nima uchun to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida izohni
ko‘rishi mumkin. Agar javob noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, ta’lim oluvchi to‘g‘ri javobni topgunicha
tanlashda davom etadi. Baholash albatta mos ravishda urinish sonlariga nisbatan belgilanadi.
Ta’lim oluvchi to‘g‘ri javob berishi bilan bahosi belgilanadi(1-rasm). Lekin dastur ta’lim oluvchi
to‘plagan bahosini yo‘qotmagan holda, qolgan alternativ javoblarning izohlari bilan ham tanishib
chiqish imkonini beradi. Buning uchun alternativ javoblar tugmasini bosish kerak bo‘ladi. Bu
imkoniyat ta’lim oluvchida alternativ fikrlashni rivojlantirib, Yechim variantlarini taqqoslash va
baholash ko‘nikmasini shakllantiradi.
JQuiz ning
qisqa
javobni yozish sinov mashqi ko‘rinishida esa, ta’lim oluvchi javobni
yozishi kerak bo‘ladi (2-rasm). Bunda ta’lim oluvchi Hint tugmasidan foydalanishi mumkin. Bu
tugma so‘zni tashkil etuvchi harflarini bittadan ko‘rsatib, yordam berish vazifasini o‘taydi.
Bunda baholash mos ravishda murojaatlar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Sinov mashqining bu shakli
so‘zlarni yodda tutishga undash bilan birgalikda, uni orfografik xatosiz yozishni o‘rgatadi.
Gibrid
sinov mashqida alternativ savol bilan qisqa javobni yozish mashqi
kombinatsiyalashadi. Ya’ni ta’lim oluvchi bir necha Hint yordamchi tugma urinishlardan so‘ng
ham javobni yozishda qiynalsa(3-rasm), Check tugmasini bosishi bilan savol alternativ
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi(4-rasm). Albatta bunda ham baholash
mos ravishda murojaatlar
soniga bog‘liq bo‘ladi.
Multi tanlovli
sinov mashqi tashkil qilinganda javob variantlaridan bir nechtasi to‘g‘ri
bo‘lishi mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Ta’lim oluvchi to‘g‘ri javoblarni barchasini
tanlamaguncha baho e’lon qilinmaydi(5-rasm). Bu sinov mashqi an’anaviy alternativ test
sinovidn
farq qilib, ta’lim oluvchi fikrlash doirasini kengaytiradi.
JCloze
dasturida sinov mashqi quyidagicha tashkil qilinadi. Gapning orasiga shunday
kiritish maydonchalar tashkil qilinadiki, bu maydonchadagi so‘zlar gapning kaliti hisoblanadi.
Ya’ni kalit so‘z gapni to‘ldiradi. Bunday maydonchalarni xohlagancha tashkil qilish mumkin.
Har bir kalit so‘zga yordamchi izohlar tashkil qilish mumkin. Shu o‘rinda ta’lim oluvchi yana
Hint yordamchi tugmaga murojaat qilib to‘g‘ri javobning harfma-harf
tashkil qilishi ham
mumkin(6-rasm). Undan tashqari dastur bir necha kalit so‘zlar ro‘yxatini tashkil qilishi va ta’lim
oluvchi to‘g‘ri so‘zni tanlash orqali ham javob berish shaklini tashkil qilish mumkin. Buning
uchun fayl konfiguratsiyasini o‘zgartirish kerak.
JCross
dasturida krossvordlar yaratish mumkin. Setkani xohlagan o‘lchamda tashkil
qilish mumkin. YUqoridagi dasturlarda aytib o‘tilganidek, yordamchi Hint yordamchi tugma
imkoniyati bunda ham mavjud (7-rasm). Sinov mashqini krossvord ko‘rinishida
tashkil qilish,
sinovni qiziqarli mashg‘ulotga aylantiradi. Bunda ta’lim oluvchi savollarga javob berish
jarayonida, so‘zlarni orfografik yozilishini ham o‘rganadi.
JMix
dasturi gapdagi so‘zlar aralashmasidan mashq yaratadi. Bunda to‘g‘ri javobni
aniqlash uchun bir necha so‘zlarni to‘g‘ri ketma-ketligini tashkil qilish kerak. Ya’ni gapdagi
ketma-ketlik aralash ko‘rinishda taklif qilinadi. Bu sinov mashqida ta’lim oluvchi o‘yin
o‘ynayotgandek xis qiladi o‘zini (8-rasm). Sinov
mashqini bajarish jarayonida, gaplarni
grammatik tuzilishini to‘g‘ri tashkil qilishni ham avtomatik ravishda o‘rganib boradi.
JMatch
dastur mos keluvchi javoblarni topish sinov mashqini yaratadi. Chap tomonda
o‘zgarmas ro‘yxat tashkil qilinadi. O‘ng tomonda esa aralash holda javoblar ro‘yxati tashkil
qilinadi(9-rasm). Bunda ta’lim oluvchi o‘zaro moslikni topishi kerak. Sinov mashqini
boshqotirma echishga qiyoslash mumkin.