pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo’lish;
O’z ustida ishlash;
- Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o’rnata olish;
O’quvchilar ehtiyojini anglay olishi;
O’quvchilarda motivatsiyani shakllantirish;
AKTni bilishi;
Eng so’nggi yangiliklar va yutuqlardan xabardor bo’lish;
Ta’lim muhitiga yangilik kiritishi;
O’z fanini mukammal bilishi;
Xorijiy tillardan birini bilishi.
Kasbiy kompetentsiyani shakllanish bosqichlari: 1. O’z-o’zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
2. O’zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
3. O’zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.
6-rasm. Kasbiy kompetensiya modeli.
7-rasm. O’qituvchining kompetensiya modeli. Shaxsiy kompetentsiya -Muloqatchanlik;
-Bag’rikenglik;
-Etakchilik;
-Faol, tashabbuskor;
-Moslashuvchan;
-Sog’lom turmush tarzi;
-Mas’uliyat;
-Ishchanlik;
-Insonparvarlik.
Umummadaniy kompetensiya -Ma’lumotli;
-Madaniyatli;
-Umuminsoniy qadriyatlarga egalik;
-Milliy madaniyatga ega bo’lish;
-Mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish;
-Boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilishi.
Maxsus kompetensiya -O’quvchilar ehtiyojini bilishi;
-Turli yosh xususiyatlarini bilishi;
-Maxsus qobiliyatlarni ishga sola bilishi.
2. Pedagog kompetentligini oshirishga bo‘lgan yondashuvlar. A.V. Xutorskiy ta’limda o’qituvchining yetti kompetentsiyasini tafsiflaydi:
1.Dunyoqarash asnosida ya’ni qadriyat va o’zini anglash-o’qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. U atrof-muhitdagi voqea va hodisalarni mohiyatini ko’ra oaldi va tushunadi bunga o’zini yo’naltiradi, pedagog sifatida o’z fikrini asoslay oladi. Muammo yechimini topa oladi. Bu kompetentsiya- o’qituvchining o’quv va boshqa faoliyatlaridagi o’z-o’zini anglash mexanizmini ta’minlaydi.
2.Umummadaniy–milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo’lish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf–odatlarga hurmat; ijtimoiy ko’nimalarga ega bo’lish. Ilm fanning inson hayotiga va dunyo rivojiga ta’sirini anglay olishi va o’quvchi yoshlarga tushuntira olishi.