Buxoro davlat pedagogika instituti


Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə144/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat hollarda o‘quvchilarning o‘zlari ularning ijodiy faoliyatlari va yaratuvchilikka intilishlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini o‘qituvchiga ko‘rsatadilar. O‘quvchilarning o‘ziga xosliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun dastlab o‘qituvchilar ular va ota-onalariga yo‘naltiruvchi maslahatlar berishi lozim. Bu ko‘mak va maslahatlar asta-sekin tizimli pedagogik hamkorlik va o‘zaro yordam tusini olishi kerak.
Ta’lim bilan o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishi orasidagi mutanosiblik hamkorlikdagi o‘quv faoliyati orqali ta’minlanadi. Chunki o‘quv jarayoni pedagogik jihatdan maxsus yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, unda o‘quvchilar hamkorlikdagi birgalikdagi o‘quv faoliyatini amalga oshiradilar.
Ular o‘quv harakatlarini aniq o‘quv predmeti doirasidagi o‘quv materiallari yordamida bajaradilar. O‘quvchilarning ruhiy rivojlanishlari asosida ularning tashqi faoliyatlari bilan bog‘liq harakatlari ichki rivojlanish imkonini beradi. SHu asosda ularda kognitiv faoliyat tajribasi, tafakkur, idrok rivojlanadi.Bunday faoliyat natijasida o‘quvchilarda bilish qiziqishlari shakllandi. Demak, o‘quvchini rivojlantirish, birinchi navbatda, uning hamkorlikdagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishni talab qiladi. SHuning uchun ham ta’lim jarayonida o‘quvchilarni hamkorlikdagi faoliyatga yo‘naltirish ularning taraqqiyotini ta’minlashda muhim omil bo‘la oladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasidagi hamkorlikni o‘rnatishda pedagogning nutqi asosiy o‘rin egallaydi. CHunki o‘qituvchining nutqi o‘zaro muloqot va hamkorlikning verbal ko‘rinishdagi tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, noverbal muloqotning turli yo‘nalishlari ham pedagogik hamkorlikning muhim vositasi sifatida xizmat qilishini mutaxassislar ta’kidlamoqdalar.
O‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosabatlarda ular orasida bilish va asabiy baholash xarakteridagi axborot almashinib jarayoni kechadi. Bunday axborotlarni o‘zaro bir-biriga uzatish verbal hamda noverbal usullarda amalga oshiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikka kirishar ekan, axborotlarning ma’lum qismini ularning yuz ifodasi, xatti-harakatlari, ko‘z qarashlaridan anglab oladi. Xatti-harakatlar, ko‘z qarashlar, qiyofadagi ifodalar so‘zdan ko‘ra ko‘proq anglashimlilik xarakteriga ega.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin