Buxoro davlat pedagogika instituti


Hamkorlik pedagogikasining qo‘yidagi to‘rtta asosiy yo‘nalishi mavjud (12-rasm)



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə140/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Hamkorlik pedagogikasining qo‘yidagi to‘rtta asosiy yo‘nalishi mavjud (12-rasm):

12-rasm. Hamkorlik pedagogikasining yo’nalishlari.
Shaxsiy–insonparvar yondashuv: shaxsga yangicha qarash ta’lim berishning maqsadi sifatida, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi; shaxs subyektdir, har bir bolaning qobiliyati bor va hokazo.
Pedagogik muloqotni insonparvarlashtirish va demokratiyalash:

  • bolalarga muhabbat, ularning taqdiriga qiziqish;

  • boladagi umidli ishonch;

  • hamkorlik, muloqot mahorati;

  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri majbur qilishni bekor qilish;

  • ijobiy rag‘batlantirishning muhimliligi;

  • bolalardagi kamchiliklarga sabrli bo‘lish;

  • o‘qituvchi va o‘quvchi huquqlarini tenglashtirish;

  • bolaning erkin tanlash huquqi;

  • xato qilish huquqi;

  • shaxsiy qarashlarga bo‘lgan huquq;

  • bola huquqlari haqidagi konvensiyaga amal qilish;

O‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari usuli: ta’qiqlash emas, yo‘naltirish; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyruq berish emas, tashkillashtirish; chegaralamaslik, erkin tanlashni yo‘lga qo‘yish.
Zamonaviy sharoitda natijalarga olib kelmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan metod sifatida voz kechish:

  • majburlovsiz, ishonchga asoslangan talabchanlik;

  • tug‘ma qiziquvchanlikni hisobga olib o‘qitish;

  • muvafaqqiyatsizlikka sabab bo‘ladigan majburiy istakni almashtirish;

  • bolalarning mustaqilligi va mustaqil faoliyatini o‘rnatish;

  • jamoa orqali bevosita talablarning qo‘llanishi.

Individual yondashuvning yangi talqini:

  • o‘rta o‘qiydigan o‘quvchilarga yo‘naltirishni bekor qilish;

  • shaxsning eng yaxshi sifatlarini izlash;

  • o‘quv–tarbiya jarayonida shaxsning o‘ziga xosliklarini hisobga olish;

  • shaxs rivojini bashorat qilish(prognozlash);

  • rivojlanishni, uni korreksiyalashning individual dasturlarini loyihalash.


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin