Hamkorlik ta’limi texnologiyalari – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, shuningdek, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ta’minlovchi ta’limiy xarakterdagi texnologiyalar.
Hamkorlik pedagogikasining asosiy g‘oyalari keyinchalik Amerikalik olimlar Djorj Aronson (1978), Rodjers va Devid Djonsonlar( 1987) Robert Slavin, (1990), hamda Isroillik olim Shlomo Sharan (1988) tomonidan taklif qilingan va uslubiy jihatdan tavsiflangan.
Shuningdek, hamkorlik ta’lim texnologiyasining g‘oyalari o‘tgan asrning 80-yillarida J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko va boshqa novator-pedagoglarning qarashlari asosida shakllangan. Hamkorlik ta’lim texnologiyasi talabalarda intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy qobiliyat, qiziqish, motivlarni rivojlantirish asosida dunyoqarashni hosil qilish maqsadini ilgari suradi. Hamkorlik ta’lim texnologiyasi “Cooperative learning”dan farq qilib, u juftlik va kichik guruhda ishlash orqali talabalarning jamoada faoliyat yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Hamkorlik ta’lim texnologiyasining tarkibiy elementlari: 1. Tayanch konspekt (fizik, matematik va kimyoviy formulalar, tezislar, izohlovchi suratlar, qisqacha xulosalar, ramziy belgilar, sxemalar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar)dan foydalanish.
2. Bilimlarni test asosida sinovdan o‘tkazish.
3. Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash.
Hamkorlik ta’lim texnologiyasi tamoyillari:
juftlik va kichik guruh a’zolarining o‘zaro birligi;
juftlik va kichik guruhda har bir a’zoning shaxsiy va guruh muvaffaqiyati uchun javobgarligi;