Pedagogik hamkorlik ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatida yangicha sifat o‘zgarishlarining shakllanishi va namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki, u ta’lim jarayoni subektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg‘unlashtirishga hizmat qiladi. Pedagogik hamkorlik jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchi faoliyati uyg‘unlashadi, ijodiy xarakter kasb etadiki, u ta’lim jarayoni subektlari faoliyatidagi o‘ziga xos har bir jihatni hisobga olishni taqozo qiladi. “O‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlaridagi hamkorlik, bu faoliyatning borishi va natijalarining birgalikdagi tahlili, ma’naviy dunyoda bir-biriga samimiylik, o‘zaro bir-birini mustahkam tushunish, kattalar va bolalarning hamkorlikdagi rivojlantiruvchi faoliyati g‘oyasi. An’anaviy ta’lim pedagogik jarayonda o‘kituvchining subekt sifatida, o‘quvchini esa obekt sifatida ishtirokiga asoslangan. Bu qoida o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subekti haqidagi tasavvur bilan almashinadi. “O‘quvchi-o‘quvchi” munosabatlari hamkorlikning turli shakllari (hamkorlik, birga qatnashish, birga qayg‘urish, birga ijod qilish, birgalikda boshqarish)da qabul qilingan umumiy jamoa hayotiy faoliyatida amalga oshadi.