Buxoro davlat pedagogika instituti


Tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlash uchun maktab, oila va mahalla hamkorligida quydagilarni amalga oshirish zarur



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə148/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlash uchun maktab, oila va mahalla hamkorligida quydagilarni amalga oshirish zarur:
- tarbiya jarayonini boshqarishga maktab bilan jamoatchilik munosabatlarini rivojlantirish;
- tarbiyaviy ishlar bo‘yicha samarali nazoratni tashkil etish.
Tarbiya jarayonini boshqarishda o‘quvchilar, ota-onalar, jamoat tashkilotlari bilan o‘qituvchi muloqotining oshkoralik tarzda amalga oshirilishi muhim hisoblanadi.CHunki, o‘qituvchining har bir harakati yoki gapirgan gaplari jamoatchilik tomonidan baholanadi. O‘quvchilar doimo o‘qituvchilarning to‘g‘riligi, adolatparvarligi, sinfda uning yaxshi ko‘rgan o‘quvchisi bor – yo‘qligiga e’tibor beradilar. Bu o‘rinda oshkora muloqot qabul qilingan meyor va talablar asosida amalga oshishi, o‘qituvchi o‘zini u yoki bu vaziyatlarda, holatlarda qanday tutishi lozimligini hamma bilishi oshkorolikni tashkil etadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki hamkorlik pedagogikasi amalga oshirishda oila, ta’lim muassasalari va ijtimoiy tashkilotlar o‘rtasida mustahkam aloqani yuzaga keltirish ular o‘rtasida doimiy ravishda axborot almashuvining yo‘lga qo‘yilishi lozim. Shu nuqtai nazardan qaralganda bugungi kunda umumta’lim maktablaridagi pedagogik faoliyatning oila, mahalla bilan hamkorlikda olib borilayotganligi kutilgan samaralarni bermoqda. Shunday bo‘lsada, bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish, ta’lim muassasalarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish ustuvor vazifalardan sanaladi. Chunki tarbiya, avvalo, oiladan boshlanadi, mahallada, ya’ni jamiyatda kamolot bosqichiga ko‘tariladi. Darhaqiqat, Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Mahallaning xalq ma’naviyati bilan bog‘liq jihatlari haqida so‘z yuritib, ularni ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazib, atroflicha tahlil qilar ekanmiz, hech ikkilanmasdan aytish kerakki, biz har qaysi xonadon, butun el-yurtimizdagi ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo‘lsak, bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini avvalo mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz”.
Ta’lim muassasalarining oila va mahallalar bilan hamkorligini yanada yuksaltirish bugungi kunning talabi bo‘lib qolmoqda. Ayrim ta’lim muassasalarida ba’zi tarbiyachilar tomonidan o‘quvchining tarjimai holi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish holati, oilaviy ahvoli,undagi ma’naviy-ma’rifiy muhit yuzaki o‘rganiladi. Bunday ishlarga vaqtni qizg‘anish yoki beparvolik bilan qarash holatlari kuzatiladi. Natijada oila-mahalla-ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uziladi. Hamkorlikning uzilishi nimaga olib keladi? O‘quvchining kundalik faoliyati haqida ota-ona, mahalla faollari va muassasasi kerakli ma’lumotga ega bo‘lmaydi. E’tibor va nazoratdan chetda qolgan o‘quvchi o‘zboshimchalik bilan noto‘g‘ri yo‘lga kiradi. Buning sababi esa har joydan qidiriladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun ota-onalar farzandi tahsil olayotgan ta’lim muossasalardagi o‘quvchilarning ta’limi faoliyati, uning maqsad-vazifalari, pedagogik tarkib hamda tahsil oluvchilar jamoasiga oid umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lishi, farzandining o‘zlashtirishi, darslardagi ishtiroki, birga tahsil oluvchilarga munosabati, o‘qituvchi va tarbiyachilar haqidagi fikrlaridan xabardor bo‘lishi, faoliyatini to‘liq nazorat ostiga olish, haftada bir marotaba tarbiyachining farzandi haqidagi fikrlarini eshitishi va unga munosabat bildirishi zarur. Bunda albatta oila, mahalla va maktab hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolani har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxs qilib tarbiyalash uchun ota-onadan yuksak masuliyat, mahalladan e’tibor, o‘qituvchidan haqiqiy pedagogik odob va mahorat talab qilinadi.
Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari ilk hayotiy tushunchasi va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Shu o‘rinda ajdodlar merosiga nazar soladigan bo‘lsak, A.Navoiy laganbardorlik, xushomatgo‘ylikni eng yomon sifatlardan deb biladi va u, ota-onalarni o‘z bolalarini yosh avlodni chin insonga xos bo‘lgan eng yaxshi fazilatlar egasi qilib tarbiyalashga da’vat etadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin