Buxoro davlat pedagogika instituti


a) pedagogik ta’sirning qimmatini aniqlash; b)



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə143/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

a) pedagogik ta’sirning qimmatini aniqlash;
b) o‘quvchilar bilan munosabatda o‘z mavqeiga ega bo‘lish;
v) dialogning ahamiyatini tushunib etish;
g) o‘quvchilarning shaxsiy o‘ziga xosliklarini anglash kabilar.
Chunki bularning barchasi o‘quvchilarga beriladigan ta’lim-tarbiyaning mohiyati, mazmuni hamda yo‘nalishlarini oydinlashtirish imkonini beradi.
Hamkorlikdagi pedagogik jarayonning asosiy qadriyati o‘qituvchi tomonidan ta’minlanadigan o‘quvchilarda o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etish, rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iborat. O‘qituvchilar hamkorlik strategiyalari yordamida o‘quvchilar ongiga ta’sir ko‘rsatish vositalarini tanlaydilar.
Ta’lim strategiyalari insoniy mohiyat kasb etadi.Chunki pedagogik strategiyalar pedagogik faoliyat turi sifatida o‘qituvchi shaxsiyati bilan bevosita bog‘liqdir.Ta’limning gumanistik strategiyalari o‘qituvchi kasbiy faoliyatining dasturi hisoblanadi.U o‘qituvchi shaxsining o‘zligini kasbiy faoliyat jarayonida namoyon etishini ifodalaydi.
O‘zaro pedagogik hamkorlik jarayonida vujudga keladigan ziddiyatlarni quyidagi strategiyalar yordamida yechish mumkin (13-rasm):



13-rasm. Hamkorlik pedagogikasining ziddiyatylarini yechish yo’llari.
Hamkorlik pedagogikasi va uning asosiy masalalari.
Hamkorlik har ikkala tomonning o‘zaro munosabatlari va majburlamaslik prinsipiga asoslanadi. Mazkur strategiyaning asosiy maqsadi barcha uchun umumiy bo‘lgan muammolarni birgalikda muhokama yo‘li bilan echishdan iborat. Pedagogik hamkorlik jarayonini rivojlantiruvchi strategiyalar ichida eng samaradorlari o‘zaro kelishuvga asoslangan strategiyalar, hamkorlik strategiyalari, chekinish va moslashish strategiyalaridir. Qo‘llaniladigan strategiyalarning muvaffaqiyati hamkorlik jarayonining muayyan darajada insonparvarlik prinsiplariga tayangan holda amalga oshirilishiga bog‘liq. Bunda hamkorlik jarayoni ishtirokchilarining qiziqishlari, ehtiyojlari, tayanadigan qadriyatlarini aniq hisobga olish talab etiladi.
Inson tabiatini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, har bir o‘quvchida o‘ziga xos iqtidor va talant mavjud. Bu iqtidor va talant ota-onalar va o‘qituvchilar bilan samarali hamkorlik natijasida ro‘yobga chiqadi. Pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi muayyan shart-sharoitni vujudga keltirganda o‘quvchilardagi iqtidorni ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘ladi.
Hamkorlikdagi ijodiy pedagogik jarayonni tashkil qilishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat o‘quvchilarning badiiy ijodiy layoqatlarini ochishga xizmat qilib, bunda ularning ijodkorlik hamda yaratuvchilik layoqatlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyatga ega. Bunday faoliyat hamkorlik xarakteriga ega bo‘lib, o‘quv jarayonining tarkibiy qismini tashkil etishi kerak. Shunga ko‘ra hamkorlikdagi pedagogik jarayonni loyihalash va tashkil etish o‘qituvchi faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘quvchilar bilim olish jarayonida voqelikni o‘rganadilar, anglab etadilar va ijod qiladilar, yaratadilar. Ijodiy yaratuvchilik jarayoniga o‘quvchilar o‘ziga xos tarzda yondashadilar. O‘qituvchi esa ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ijod qilishlari uchun qulay sharoit yaratishi lozim. Bu jarayonda o‘qituvchining muhim vazifalaridan biri – o‘quvchilar bilan hamkorlik qilish, ularni samarali qo‘llab-quvvatlash va ko‘maklashishdan iborat.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin