VIII – AMALIY MASHG’ULOT. OLIY TA’LIM O’QITUVCHISI KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASPEKTLARI.
1 – TOPSHIRIQ. M.Snayderning “Muloqot jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish”10 nomli testi asosida tinglovchilarning kommunikativlik kompetentligiga egaliklarini aniqlash. “Muloqot jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish” (M. Snayder testi) Ko‘rsatma: quyida berilgan holatlarni diqqat bilan qayta o‘rganib chiqing. Ularning har biriga bo‘lgan mulohazalaringizni “to‘g‘ri” (T) yoki “noto‘g‘ri” (NT) mazmundagi javoblar bilan belgilang va maqbul variantlarni doira ichiga oling.
Men faqat o‘zim qattiq ishongan yoki yaxshi bilgan narsalar to‘g‘risida
NT
T
baxslashishim mumkin
Ishda va atrofgilar bilan muloqotda men o‘zimni ular xohlaganday tutaman yoki shunday bo‘lishga xarakat qilaman
T
NT
Men o‘zim yoqtirmaydigan kishilar bilan ham do‘stona munosabatda bo‘la olaman
T
NT
Men qanday bo‘lsam shundayman
T
NT
Natijalarni hisoblash: 1)birinchi ustunda doiraga olingan harflarni hisoblab chiqing (ularning har biri 1 ballga teng), natija Sizning yakuniy ballingizdir; 2) to‘plangan ballar tahliliga kirishing.
Ballar miqdori quyidagilarni anglatadi: 0-3 ball – Siz kirishimli emassiz, aksincha, cho‘rstkesarsiz va bundan faxrlanasiz. Siz biror kimsa yoki biror narsaga moslasha olmaysiz. Biroq, muloqot jarayonida muloyim va ochiqko‘ngilsiz. Ko‘pchilik Sizni shuning uchun yaxshi ko‘radi. Ayrimlar sizni “qo‘rs” inson deb biladilar. Bu o‘quvchilar bilan ishlashda noqulayliklar tug‘dirishi mumkin,
4-6 ball – Siz o‘rtacha darajada muloqot qilish layoqatiga egasiz. Muloqot chog‘ida etarlicha samimiy bo‘la olasiz va aytadigan so‘zlaringizni obdon o‘ylaysiz. Odatda muloqot jarayonida Siz uchun muammolar tug‘ilmaydi.
7-10 ball – Sizda muloqotni yuqori darajada nazorat qila olasiz va “Butun dunyo – teatr, insonlar esa – aktyorlar” degan fikrga to‘la qo‘shilasiz. Vaziyat o‘zgarishini xotirjamlik qabul qilasiz va atrofdagilarga ko‘rsatadigan ta’siringizni yaxshi his qilasiz. Ba’zan jo‘rttaga shunday qilasiz. Siz o‘zingizni qachon va qaerda qanday tutishni juda yaxshi bilasiz. Kasbiy muloqot siz uchun muammo emas, ammo gap chuqur munosabatlar haqida ketganda, Siz o‘zingizni odatiy niqoblaringizsiz noqulay sezasiz.
2 - TOPSHIRIQ. Pedagogik (kommunikativ) ta’sir ko’rsatish metodlarini “Tushunchalar tahlili” metodi asosida tushuntiring: