K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida. K.D.Ushinskiy 1824 yil 19 fevralda Tula shahrida tug’ildi. 1860-1861 yillarda «Xalq maorifi ministrligi» jurnaliga rahbarlik qildi, quruq, kishilarni qiziqtirmaydigan umumiy jurnalni ilmiy pedagogika jurnaliga aylantirdi.
K.D.Ushinskiyning tarbiya nazariyasi falsafa, filologiya, pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, tarix fanlari qonuniyatlariga asoslanadi.
Uning fikricha, tarbiyaning vazifasi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat: tarbiyachi va o’qituvchilar tarbiyaning prinsipini, qoidalarini o’rganishlari kerak va shu bilan birga ana shu qoida va qonunlarni amaliyotga qo’llay bilishlari kerak.
Ushinskiy kishi kamolga etgan bo’lishi uchun uning aqliy, jismoniy va axloqiy o’sishi bir-biriga uyg’un bo’lishi kerak deb bildi.
Ushinskiy insonning to’g’ri rivojlanishida zarur shart mehnat deb biladi. Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan takomil-lashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatning birlashtirilishini talab qildi. “O’qish ham mehnatdir va mehnat bo’lib qoladi, ammo to’la ma’noli mehnat bo’lishi lozim” – deb hisoblaydi.
Ushinskiy ta’lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko’rsatdi: birinchidan, bolalar o’qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha hosil qiladilar. Buning o’zi uchga bo’linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita o’zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o’rganilayotgan buyum yoki hodisa to’g’risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko’radilar ular to’g’risida tushuncha hosil qiladilar. 3. O’qituvchi o’zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to’ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi.
Ushinskiy “Rus tilining dastlabgi o’qitish” nomli maqolasida zarur metodik ko’rsatmalar berdi. Uning fikricha o’qitishning uch vazifasi bor:1. Bolalarning nutqini o’stirish. 2. Bolalarni o’z tilidan foydalanishga o’rgatish. 3. Tilning mashqini o’zlashtirish. Bu vazifalar bir vaqtda bajariladi.
K.D.Ushinskiy o’qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang’ich ta’limga doir darsliklar ham tuzdi:
1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o’stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko’zda tutilgan.
2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3-4 sinfga mo’ljallangan bo’lib, bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma’lumot berishi ko’zda tutilgan.
Ushinskiyning fikricha, o’qituvchi xalq orasida chiqqan bo’lishi kerak: u pedagogika va psixologiyani bilishi, pedagogik odob va mahoratlarga ega bo’lishi kerak. O’qituvchi o’z ustida mustaqil ishlab, ongini turli yangiliklar bilan boyitib borishi lozim.
Ushinskiy 1861 yilda “O’qituvchilar seminariyasining proekti” maqolasida boshlangich maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlash tizimini taklif etdi. Xulosa qilganimizda, Ushinskiy Rossiyada maorif sohasida ko’p xizmat qildi. U «Rus dumboqchalarining do’sti»,“Rus muallimlarining muallimidir”.