Buxoro davlat pedagogika instituti


G.N.Kuzmina ta'kidlashicha, “Pedagogik mahorat” –



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə87/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

G.N.Kuzmina ta'kidlashicha, “Pedagogik mahorat” – bu inson tomonidan qosil qilingan qobiliyat bo’lib, u ma'lum faoliyatlar natijasida hosil qilingan bilimlar va ko’nikmalar asosida yaratiladi.
Shunday qilib, pedagogning bilimlari, bilimdonligi va ko’nikmalari pedagogik mahoratning tashkiliy hismi bo’lib, ular ikki xil bo’lishi mumkin:
A) kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlanish jarayonida qabul qilingan;
B) kasbiy pedagogik faoliyat jarayonida qabul qilingan;
Sherbakov bo’yicha «Pedagogik mahorat» bu o’qituvchi shaxsining barcha nuqiy xususiyatlari, uning bilimlari, bilimdonligi va ko’nikmalari yig’indisining ifodasidan iborat.
Bu kabi ta'riflarda shaxsning roli katta, albatta. U o’z bilimlari, bilimdonligi, ko’nikmalari o’zining shaxsiy sifatlari, ijodini ishga solib, o’quvchilar bilan birgalikdagi foaliyatini tashkil qiladi. Bu holda o’qituvchining shaxsiy xususiyati katta ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, pedagogning shakllanishi lozim bo’lgan pedagogik mahoratining asosini quyidagilar tashkil etadi: pedagog shaxsi, bilimlari va pedagogik tajribasi.
Amaliy faoliyatda amalga oshiruvchi pedagogik mahorat asoslarini kasbiy mahorat-professionalizmning ko’rinishlari tashkil etadi. Ammo uning darajasi faqat pedagogik masalalarning qanday yechilayotganligi va oxirida qanday natijalarga erishilayotganligi bilan aniqlanadi. Pedagogik mahorat maxsus bilimlar va shuningdek, bilimdonlik, ko’nikmalar va odatlarda hamda u yoki bu faoliyatda qo’llanilayotgan usullarning yuqori darajada egallanganligidan tashkil topadi. Pedagog, qanday xususiy masalani yechmasin, ular doim pedagogik ta'sirning tashkilotchisi, murabbiysi va ustasi bo’lib qoladi. Bundan kelib chiqqan holda pedagogning qobiliyatini to’rtta alohida elementlariga ajratish mumkin:
-talabalarning individual va jamoa faoliyatlarini tashkil qilishdagi qobiliyati;
-ishontira olish qobiliyati;
-bilimlarni uzatish va tajriba faoliyatini shakllantirish;
-pedagogik texnikani egallay olish qobiliyati.
Pedagog mahoratining tuzilishida pedagogik texnika aloqida o’rin tutadi. Uharbir o’quvchi va to’la jamoaga pedagogik metodlar tizimining ta'siridan samarador foydalanish uchun zarur bo’lgan bilimlar va ko’nikmalar majmuida iborat; Tarbiyalanuvchilarga murojaat qilishning to’qri stili va tovush ohangini tanlab ola bilishi, o’quvchilar xatti-harakatlariga o’zining munosabatini ko’rsata olishi, sezgi tempi (yuksakligi), boshqarish ko’nikmalarini boshqarishni bilishi.
Tadqiqotchilarning fikricha, quyidagi 4 ta komponent pedagogik mahoratning asosini tashkil etuvchilar hisoblanadi (3-rasm):

3-rasm. Pedagogik mahorat komponentlari.
O’qituvchilik faoliyatida zaruriy so’z madaniyati – bu aniq so’z madaniyati, tovush jarayoni, to’g’ri nafas olish va so’z orasida barcha xatti-harakatlardan to’g’ri foydalanilish. «Tarbiyachi tashkil qilishni, yurishni, xushchaqchaq va jahldor bo’lishni bilishi zarur. Tarbiyachi o’zini shunday tutishi zarurki, bunda uning har bir harakati tarbiyalasin va har doim u o’zi shu paytda nimani xohlashini bilishi kerak», degan edi buyuk pedagog A.S.Makarenko.
Agar pedagogik texnikaning turli xil bilim va ko’nikmalarini guruhlarga to’plasak, u holda o’qituvchi mahoratining tuzilishidagi bilishning eng umumiy tashkil etuvchilarini quyidacha ifodalash mumkin:
-mimik va pantomimik oqangdagi so’zlashuv mahoratlari;
-o’zining ruhiy qolatini boshqarish va emotsional – ijodiy kuchlanishini saqlab tura olishi;
-aktyorlik, rejissyorlik mahorati bilan tarbiyalanuvchilarning nafaqat aqliga, ham sezish organlariga ta'sir etib, ularga dunyoga nisbatan emotsional- munosabatlarni uzatish.
Pedagogik mahoratning darajasini uning ko’rsatkichlarini va mezonlarini belgilamasdan turib aniqlash mumkin emas.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin