Buxoro davlat pedagogika instituti


Optimistik prognoz qilish



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə83/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Optimistik prognoz qilish (ishonch bilan oldindan ko‘ra bilish) yetakchi pedagogik - kasbiy qobiliyat sifatida, shu bilan birga, biz o‘qituvchi shaxsining insonparvarlik yo‘naltirilganligi - kompleks qobiliyatlarning uzviy bog‘liqligini ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak.
Pedagogik mahoratning elementi pedagogik texnika. Bu o‘qituvchi xulqini yo‘lga qo‘yish shaklidir. Harakat usullarini egallamay turib bilim, yo‘naltirilganlik va qobiliyatning yuqori natijaga erishuvini ta’minlab bo‘lmaydi. Pedagogik texnika o‘ziga ikki guruh ko‘nikmani - o‘zini boshqara olish ko‘nikmasi va pedagogik masalalarni yechish jarayonidan ta’sir qila olish ko‘nikmasini o‘z ichiga oladi.
Pedagogik mahoratning yuqori darajasida barcha ishlarga yuqori sifat beriladi; kasbiy nuqtai nazarimiz shakllanadi; bilimlar pedagog faoliyatida o‘z-o‘zini tahlil etishga qurol bo‘ladi va o‘z-o‘zicha harakat qilish imkoniyatlarini aniqlaydi: yuqori darajada rivojlangan pedagogik qobiliyat shaxs imkoniyatlarini har tomonlama kengroq, to‘la ochilishiga yordam beradi.
Pedagogik mahorat mezonlari:
- maqsadga yo‘naltirilganlik;
- mahsuldorlik (o‘quvchilar bilim darajasi va tarbiyalan-ganliklari natijalari);
- optimallik (vositalar tanlashda);
- faoliyat mazmuni bo‘yicha ijodkorlik.
Mahorat egallashning bir necha daraja bosqichlariga ajratish mumkin. Oliy o‘quv yurtlari vazifalari esa talabalarning boshlang‘ich asosi, ya’ni mahorat asoslari bilan tanishtirish, yo‘naltirilganlikni shakllantirish, bilim berish, qobiliyatni rivojlantirish, texnikani egallashga yordam berishdan iboratdir.
Pedagogik situasiya (holat) va pedagogik masala. Pedagogik masala bu pedagogik mahoratning asosiy hujayrasi bo‘lib, uni hal etish pedagog kasbiy darajasining yuqoriligini ko‘rsatib beradi. Pedagogik masala bo‘lgan pedagogik holatni o‘zgartirish maqsadida uni tushunib yetishdir. Butun pedagogik faoliyat pedagogik masalalar zanjirlaridan iborat. U o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan ataylab yoki tasodifan yuzaga keltiriladi.
Maktab hayoti boshlanmoqda. Kech qolgan o‘quvchi sinfga kirib keldi (pedagogik situatsiya). Uy vazifasini tekshirish ketyapti. Ikkita o‘quvchi tayyorlanmay kelibdi - bu ham situatsiya. Yangi temani tushuntirish jarayonida o‘quvchilar bir-biriga xat uzatishyapti-yana situatsiya. Bular barchasi konfliktlar emas, lekin kutilayotgan natija bilan voqea o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir. Buning uchun situatsiyalarni o‘qituvchi tushunib yetib o‘ziga vazifalarni belgilashi kerak bo‘ladi.
Strategik xarakterda (qanday qilib o‘quvchilarda mas’uliyat hissini, uyushqoqlikni tarbiyalash mumkin). Taktik jihatdan (hisobga olish va nazorat vositalarini ishlab chihish, bilish faoliyatni faollashtirish) va situativ vazifa (kech qolganga, o‘qimay kelganga, e’tiborni chalg‘itayotganlarga qanday munosabatda bo‘lish kerak).
O‘qituvchi mahorati situasiyani pedagogik masalaga aylantirish, ya’ni sodir bo‘lgan holatni, munosabatlarni qayta ko‘rish maqsadini belgilashi kerak, bu bilan qo‘yilgan pedagogik maqsad sari yetaklashi zarur. Pedagogik holat, agar o‘z vaqtida hisobga olinmasa, unga e’tibor berilmasa, pedagogik masalaga aylantirilmasligi mumkin.
Shunday qilib, pedagogik holat maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan sharoitda pedagogik masalaga aylantirishi mumkin. (holat, maqsad, vazifa, masala).
Vazifa bir necha ko‘rinishda hal etilishi mumkin. Uning samarali natijasi pedagogning yo‘naltirilganligi, bilimi, uning qobiliyati, texnikani egallashiga bog‘liq.
Pedagogik masala holatni tahlil qilish va muammoni tushunib yetishdan boshlanadi. Yangi ish boshlayotgan o‘qituvchi bu bosqichga e’tibor bermasdan masalani yechishga kirishadi. Shoshilganidan masalaning chuqur ziddiyatli tomonini tushunmay, o‘zining hayotida bunday holatlar oldin uchragan deb biladi. Natijada mohiyat oxirigacha anglab etilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, aysbergning tashqi ko‘rinib turgan qismigagina e’tibor beriladi, xolos.
Holatni ko‘ra bilmaslik, tushunmaslik, o‘quvchining bu harakatida nima yashiringanini anglab yetmaslik masalani yechishda xatolikka olib keladi. O‘qituvchining mahorati shuningdek, pedagogik masalalarni bir-biriga bog‘liqligini, bir-birini taqozo etganligini ko‘ra olish qobiliyatining yuqoriligidadir. Shuning uchun masalani yechish uzoqni ko‘zlab amalga oshiriladi, ya’ni, bolalarni tartibga chaqirib qo‘yishgina emas, balki shu harakatdan qoniqmaslik, noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetish, bu holatlarni qayta takrorlamaslik hissini yuzaga keltirishdan iborat bo‘lishi ham kerak.
Masalani hal etishning keyingi bosqichi - mavjud holatlarni tahlil etish, yaxlit pedagogik faoliyat jarayonida pedagogik holatning o‘rni tarbiyalanuvchi va tarbiyachining o‘zaro munosabatlari taxlil etilishi kerak. Natijada o‘quvchi xatti-harakatlarining motivlari faoliyat maqsadi, sharoitning, o‘zaro munosabatlarning o‘ziga xosligi tushunib yetiladi. O‘quvchi ko‘nglida yo‘q narsani unga majburan tirkab qo‘yish pedagogik ta’sirning samarali bo‘lishini ta’minlamaydi.
Yakuniy bosqich: Gipotezalarni ilgari surish. O‘qituvchi qaysi vaqtda o‘zining nazariy bilimlari va tajribalaridan eng muhim usullarini ajratib olishi, aktiv fikrlash, tahlil uchun nima zarurligini bilishi kerak. Mohir o‘qituvchi masalani hal etishga jamoani jalb eta borib, holatni tahlil qilib boradi. Bu bosqichda qo‘llash mumkin bo‘lgan usulni fikran o‘lchab, bu ta’sir usuliga mumkin bo‘lgan reaksiyani tasavvur qilib ko‘rish kerak. Pedagogik masalani yechishning barcha bosqichlari o‘tganidan so‘ng metodlar sistemasi tanlab olinadi, chunki bitta usul kam natija beradi.
Mohir o‘qituvchi bo‘lish, avvalo, o‘qitish tizimiga bog‘liq bo‘lish bilan birga, o‘qiyotgan odamning harakatiga ham bog‘liqdir. Shuning uchun oliy ta’lim tizimida o‘qitish tizimi bo‘lg‘usi o‘qituvchi uchun o‘sish jarayonini qurish va anglab yetishga yordam beradi. Avvalo, oliy o‘quv yurti talabani o‘qitish jarayonida yuqori kasbiy mahoratga erishuvini ta’minlashga asosiy e’tiborini qaratishi kerak. Pedagogik mahoratni rivojlantirish o‘qituvchilar tayyorlashni koordinatsiya qiluvchi asosidir. Bularning diqqat markazida esa psixologik-pedagogik fanlar turadi.
Pedagogik mahoratning yuzaga keltirish oliy o‘quv yurtining butun hayotni pedagoglashtirish orhaligina muvaffaqiyatli hal etiladi. Ayniqsa oliy o‘quv yurtida o‘tkaziladigan pedagogik bayramlar, o‘qituvchilar kuni, pedagogik masalalarni teatrlashtirilgan holda yechish, topshiriqlar musobaqasi, «Mehribon ko‘z» konkursidagi chiqishlarni tahlil etish, pedagogik o‘sishlar, «Talabalar, javob bering» kechasi, turli mashhur pedagoglar bilan uchrashuvlarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning xilma-xil manbalari ichida alohida ahamiyat pedagogga beriladi. Tarbiyalanuvchining ongi, hissiyoti, faoliyati va xulqiga ta’sir etishda pedagoglar qanday imkoniyat vositalariga ega hamma ham, ayniqsa, yangi ish boshlovchi pedagoglar bu usullarni biladimi yoki tushunadimi, o‘quvchilar bilan muomala qilish va ta’sir etish ko‘nikmalarini egallagan.
Ijtimoiy-psixologik nazariyani va muomala qilishning pedagogik amaliyotini o‘rganish asosida kommunikativ ta’sirning ikki asosiy usullarini ajratish mumkin. Bular so‘z yordamida ishontirish va ta’sir etish; his-tuyg‘u, tarbiya xatti-harakatini shakllantirish, mustahkamlash va o‘zgartirishga qaratilgan usullar yig‘indisidir. Lekin ishontirish va ta’sir etishning psixologik mexanizmi bir xilda emas. O‘quvchilarga ta’sir etishning har qanday usullari o‘zining spesifikasiga ega.
Birinchi navbatda, sog‘lom jamoani tuzishga harakat qilish orhali uzoq, o‘rta va yaqin kelajak maqsadlarini belgilashga va uni rivojlantirishga harakat qilish kerak. Pedagog hamjihat jamoa bilan tarbiyalanuvchidagi fazilatlarga tayanib, noto‘g‘ri qarashlarni tezda o‘zgarishga muvaffaq bo‘lishi mumkin.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin