Buxoro davlat pedagogika instituti


Xushmuomalalik, perseptiv



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə82/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Xushmuomalalik, perseptiv qobiliyatni ularni ichida - kasbiy sezgirlik kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Agar o‘quvchining tashqi belgilariga, harakati, yuzidagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishiga, ko‘rinishiga qarab, uning ichki holatini tez va to‘g‘ri aniqlay olmasa, xatti-harakatni yuzaga keltiruvchi motivlarni tushunib yetmasa, o‘qituvchi qanday qilib maqsadga muvofiq xulosa chiqara oladi.
Kuzatish qobiliyati murakkab xususiyat. U faqat ko‘ra olish, eshita olishdagina emas, balki, asosan, nimaga e’tibor yo‘naltirilganligi, shuningdek, olingan axborotlarni ongimizda tez qayta ishlay olishda ham ko‘rinadi.
Kuzatuvchanlik qanday rivojlanadi. Biz nima ko‘rmoqchi bo‘lsak, o‘sha narsani ko‘ramiz - xuddi shu yerdan samimiy (haqiqiy) qizihishimiz boshlanadi. Kuzatish tahlil hamdir. Bundan esa qabul qilingan axborotlarni, hodisalarni tushunib yetish uchun doimiy savollar kelib chiqadi.
Kuzatuvchanlik va tajriba intuitsiya kabi qobiliyatning rivojlanishiga asos bo‘ladi. Mohir pedagogning bu vaqtga kelib ko‘zi pishgan va bir qarashda, belgilar hatto hidiga qarab, bu xom ashyodan qanday mahsulot olish mumkinligini aytib berishi mumkin bo‘ladi. Mohir bo‘lish - oldindan pedagogik jarayonni ko‘ra bilish, mumkin bo‘ladigan murakkablikni, pedagogik sezgirlik bilan his eta olish demakdir. Pedagog uchun mantiqiy asosga tayanib tahlil qilish, oldindan ko‘ra bilishigina emas, bolalar bilan ularning quvonchi va tashvishi, qizihishi va intilishini birga baham ko‘ra bilish, uning o‘rniga o‘zini qo‘ya olish qobiliyati ham bo‘lishi kerak. Mohir pedagogda odamni tushunishga qobiliyat unga aktiv ta’sir qila olish qobiliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Dinamizm - bu ishontirishga va ta’sir etishga qobiliyat, bu ichki energiya, yig‘inchoqlik, tashabbuskorlikka qobiliyatdir. Pedagog -ijodkorning bu qobiliyatlarni egallashning yorqin ko‘rinishi bo‘lib, faoliyati hisoblanadi.
Uning darslari ijodkorlik bilan sug‘orilgan shiddatkor, uning tutgan o‘rni tashabbuskorona xarakterga ega, uning so‘zlari ongi va halbining eng chuqur joylarigacha ta’sir etadi.
Dinamizm emosional turg‘unlik bilan bevosita bog‘liq. O‘z-o‘zini boshqara olish, to‘g‘ri yo‘lga sola bilish qobiliyati shaxsning emosional turg‘unligini yuzaga keltiradi. Pedagogik holatni egallash va shu holatda o‘z-o‘zini boshqarishga yordam beradi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin