Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə86/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

N.V.Kuzmina mahoratni mutaxassisga o’zining kasbiy bilimlari, bilimdonligi va ko’nikmalari asosida holatni (faoliyat sharoitlari va obyektni) yaxshi o’rganib, hayotni kasbiy masalalarni bilish va ularni muvaffaqqiyatli amalga oshirishning yaxshi imkonidan iborat, deydi. Slastinin esa pedagog mahorati-bu pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini, shaxsiy ish sifatlari va shaxs xususiyatlarining sintezidan majmuidan iborat deydi.
Xozyainov pedagogik adabiyotlarda keltirilgan kasbiy mahorat haqidagi ta'riflarni umumlashtirib, bu haqda u quyidagi qolatlarni keltiradi:
Uningcha, «pedagogik mahorat mohiyati» va «pedagogik mahorat asoslarini» ajratish zarur.
Pedagogik mahorat asoslarini pedagogik mahoratni amalga oshiruvchining faoliyati yoki unga tayyorlanuvchiga;
Pedagogik mahorhat asosi pedagog - muallim faoliyatining mahorati va o’quvchilarning bu faoliyatdagi rolining yig’indisidan tashkil topadi;
Pedagogik mahorat muallimning oliy o’quv yurtini tugatgandan so’ng asta-sekin to’planib, u real pedagogik faoliyat davrida asta-sekin yuzaga kela boshlaydi. Mahoratning paydo bo’lishi va o’sishida quyidagi kasbiy pedagogik bilimlar majmui yotadi;
A) ta'limning maqsad asoslari;
B) o’quvchilar ta'limining mazmuni va davlat ta'lim standartlari, talablari.
V) har bir o’quvchining psixologik-pedagogik diagnostik ma'lumotlari va shuningdek, ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari.
G) pedagogik faoliyatga tizimli yondashuv asoslari, uning mazmuni, tuzilishi va mohiyatlari.
D) o’qituvchining kerakli kasbiy zaruriy shaxsiy sifatlarini bilishi;
E) hozirgi zamon pedagogik jarayon rivojlanishining asosiy tendensiyalari.
Bu ko’rsatilganlarning qaysi birlarining yo’qligi yoki rivojlanish darajasining yetarlicha yuqori bo’lmasligi o’qituvchining yuqori darajali mahorat hosil qilish imkonini bermaydi.
Kasbiy-pedagogik bilimlar va ko’nikmalar umumiy holda quyidagilarni o’z ichiga olishi zarur:
o’quv faoliyatining obyekti sifatida ta'lim mazmunini tanlash, didaktik tashkil etish va uzatish;
o’quvchilar bilan muloqotda bo’lish;
o’quv jarayonida rivojlantirish va tarbiyalashdan foydalanish, o’quvchilarda faoliyatning mazmunini o’zlashtirishni amalga oshirish;
o’qituvchilik faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
pedagogik qobiliyatlarni va kasbga ahamiyatli sifatlarni rivojlantirish;
butun tizimga to’la ravishda ta'sir ko’rsatuvchi qurollarni yaratuvchi pedagogik jarayonni tashkil etish.
Bilish va ko’nikmalar pedagogik mahorat asoslarini tarkibiy qismini tashkil etgani va amaliy faoliyat mahsuli bo’lgani uchun ular istalgan kasbiy faoliyatda katta rol o’ynaydi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin