Buxoro davlat pedagogika instituti


Sharq va G`arb mutafakkirlarining pedagogic diontoligiya va komptentlik haqidagi g`oyalari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə24/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Sharq va G`arb mutafakkirlarining pedagogic diontoligiya va komptentlik haqidagi g`oyalari.

  • Rivojlangan mamlakatlari pedagogik deontologiya va kompetentlikning peagogik asoslari .

  • Pedagogik deontologiya va kompetentlikning jamiyatda tutgan o`rni.

  • Mamlakatimizda pedagogik deontologiya va kompetentlikning rivojlanishi.



    Tayanch so‘z va iboralar: Ushinskiy, Yan.Komenskiy va Gerbartlarning pedagogik qarashlari. Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimida pedagogik kompetentlikning holati, Rossiya pedagogikasida pedagogik kompetentlikka oid ilmiy izlanishlar. Mamlakatimizda ta’lim tizimi.


    Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Bugungi kunda, umumiy e’tirofga ko’ra, XXI asr globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, jahon maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga hojat yo’q, albatta.
    Bunday sharoitda inson kapitaliga yo’naltirilayotgan investitsiya va qo’yilmalarning o’sishini, hozirgi zamonda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo’lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini doimo o’zining asosiy ustuvor yo’nalishlari qatoriga qo’yadigan davlatgina o’zini namoyon eta olishi mumkin. Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, bundan 15 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan «o’zbek modeli» - o’z taraqqiyot yo’limizning ajralmas tarkibiy qismidir. Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan ilg’or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o’tmishda majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o’sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, qisqacha aytganda, bu dastur o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ygan.
    Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish aslo mumkin emas edi.
    Agarki O’zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bo’lgan bolalar, 60 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo’lsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati o’z-o’zidan tushunarli va ravshan bo’ladi.
    Mustaqillik yillarida ta’lim jarayonini yangicha talablar asosida tashkil qilish, takomillashtirish bo’yicha olib borilgan jiddiy izlanishlar natijasida avvallari faqat aholining umumiy savodxonligini ta’minlash bilan cheklangan ta’lim mazmuni tubdan yangilandi.
    MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib Davlat ta’lim standartlari
    ishlab chiqildi va joriy etildi. Amaliyot jarayonida ta’lim turlariaro
    uzviylikni, uzluksizlikni ta’minlash maqsadida o’quv fanlari bo’yicha DTS hamda o’quv dasturlari takomillashtirilmoqda, muvofiqlashtirilmoqda.
    Ta’lim muassasalarida 9875 ta fizika, 9487 ta kimyo laboratoriya xonalari, 9390 ta biologiya xonalari tashkil etilib, zamonaviy o’quv-laboratoriya jihozlari bilan to’ldirildi. Shuningdek, barcha ta’lim muassasalaridagi «Ma’naviyat va ma’rifat», kasbga yo’naltirish, chizmachilik, tasviriy san’at va rassomlik, chet tili xonalari hamda faollar zali, tibbiyot xonasi, ma’muriy-metodik xona va barcha turar joylar zamonaviy mebel va maxsus jihozlar bilan bekamu-ko’st ta’minlandi.
    O’tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo’yicha miqyosi va ko’lamiga ko’ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O’quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo’yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
    O’zbekistonda maktab ta’limi 7 ta tilda: o’zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg’iz, turkman va tojik tillarida olib borilmoqda.
    Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi. Siz, konferensiya qatnashchilarining ko’pchiligi ushbu bilim maskanlari bilan tanishar ekansiz, ular o’z me’moriy qiyofasi va texnik ta’minotiga ko’ra eng yaxshi oliy ta’lim muassasalaridan aslo qolishmasligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Kasb-hunar kollejlaridagi zamonaviy o’quv-laboratoriya, kompyuter va ishlab chiqarish asbob-uskunalari o’quvchilar uchun umumiy fanlar bo’yicha nafaqat to’liq bilimlar hajmini egallash, ayni vaqtda ushbu o’quv yurtlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish imkonini ham beradi.
    Ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim muassasalari muhim o’rin egallamoqda. O’tgan davr mobaynida ularning soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va oliy o’quv yurtida 230 mingdan ziyod talaba ta’lim olmoqda.
    O’zbekistonda Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalqaro obro’-e’tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo’lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallari tashkil etildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat huquqi kabi mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda va biz uchun g’oyat muhim jihati shundaki, ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega bo’lmoqda.
    Ta’lim tizimini tubdan isloh etish odamlarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini o’zgartirish, ularning siyosiy va grajdanlik faolligini, o’z kelajagiga bo’lgan ishonchini oshirishning eng muhim omili va mustahkam asosiga aylandi, desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi. Eng muhimi shundaki, bizning yangi avlodimiz, bilimli, o’tmishning har qanday illatlaridan ozod bo’lgan yoshlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, uni yangilash va ishonchli tarzda ravnaq toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda.
    Shu borada o’tgan davr mobaynida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni 2 million 300 mingdan ziyod o’g’il-qizlarimiz bitirib chiqqani, joriy yilda esa 500 mingdan ortiq o’quvchi o’rta toifadagi mutaxassis diplomini olib, o’qishni tamomlashini aytib o’tish kifoya. Bu yoshlar nafaqat iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikasiya qilishning, ayni vaqtda mamlakatimiz kadrlar tarkibini sifat jihatidan yangilashning qudratli omili hisoblanadi.
    Pedagog o’zi tarbiyalayotgan bolaning oldiga shunday maqsad qo’yishi lozimki, bola ham o’sib katta bo’lganidan keyin o’z oldiga shunday maqsadlar qo’ya bilsin. Mana shu bo’lajak maqsadlar: 1) ro’yobga chiqishi mumkin bo’lgan maqsadlar va 2) zarur maqsadlar deb ikkiga bo’linishi mumkin.
    Odam bir vaqti kelib muayyan ixtisos sohasida o’z oldiga qo’yishi mumkin bo’lgan maqsadlar ro’yobga chiqishi mumkin bo’lgan maqsadlardir.
    Zarur maqsadlar deb shunday maqsadlarga aytiladiki, bu maqsadlar odamga o’z faoliyatining har qanday sohasida kerak bo’ladi.
    Tarbiya ro’yobga chiqishi mumkin bo’lgan maqsadlarni o’z oldiga qo’ygach, u odamda xilma-xil, har tomonlama idrok qilish qobiliyatini o’stirishi, qiziqish doirasini kengaytirishi va to’laroq qilishi lozim, mana shuning o’zi ichki erkinlik g’oyasiga, takomillik g’oyasiga muvofiq bo’lib tushadi. Zarur maqsadlarga kelganda tarbiya bo’lajak arbobning axloqini xayrixohlik g’oyasi, huquq va adolat g’oyasi asosida tarkib toptirishga yoki Iogann Fridrix Gerbartning so’zi bilan aytganda, bu arbobda barqaror axloqiy xarakter vujudga keltirishga majburdir.

    Yüklə 1,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   198




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin