Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə26/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Distervegning fikricha, bolalarda tashabbuskorlikni o’stirish zamonaviy voqealik olg’a surayotgan asosiy talablarning biri bo’lishi lozim. Lekin bolalarda tashabbuskorlikni o’stirish tarbiyaning obyektiv tomoni bo’lgan muayyan maqsadga erishishga yo’naltirilgan taqdirdagina ijobiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Disterveg tarbiyaning oliy maqsadini belgilab, bu “haqiqatga, go’zalikka va yaxshilikka xizmat qilishga qaratilgan tashabbuskorlikdir”, deb aytdi.
O’qituvchi ko’rsatmali o’qitish yuli bilan bolalardagi barcha sezgi organlarini o’stirishga alohida e’tibor berishi lozim.
Disterveg boshlang’ich maktabning o’quv rejasiga tabiyotni, fizikadan boshlang’ich ma’lumotlar, amaliy geometriya, geografiyani kiritib, bu rejani kengaytirishni talab etdi. U o’rta maktabda real bilimlarni o’qitish tamoyilini qizg’in himoya qildi va o’z zamonidagi klassik gimnaziyani qoraladi.
Disterveg rivojlantiruvchi ta’lim didaktikasini yaratdi, bu didaktikaning asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va tarikasida bayon qilib berdi. Disterveg, avvalo tabiatga uyg’un tarzda bola idrokining xususiyatlariga muvofiq o’qitishni talab etdi. U misollardan koidalarga: buyumlar va bu buyumlar to’g’risida konkret tasavvurlardan shu buyumlarni ifodalovchi so’zlarga o’tishni taklif kiladi. Disterveg bolalarni ularning sezgi organlari bevosita his qila oladigan buyumlar bilan tanishtirishga juda katta ahamiyat berish bilan bir vaqtda, bolaning o’z sezgi organlari bilan idrok qilayotgan butun materialni o’ylab ko’rishi va anglab olishi zarurligini uqtirib o’tdi. Disterveg taklif qilgan ko’rsatmali ta’lim “uzoqqa”, “oddiy narsalardan murakkab narsalarga”, “osonroq narsalardan, qiyinroq narsalarga”, “ma’lum narsadan, noma’lum narsaga” o’tish kerak degan qoidalar bilan bog’langan ta’limdir. O’z vaqtida Komenskiy ta’riflab bergan bu koidalarni Disterveg yanada taraqqiy ettirdi, pedagog bu koidalarni formal ravishda qo’llanmasligi kerak, deb xaqli ravishda ogohlantirdi.
Distervegning fikricha, “Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’ya koladi, yaxshi o’qituvchi esa haqiqatni topishga o’rgatadi».
Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi. Mashhur donishmand, chexoslaviyalik gumanist-pedagog Ya.A.Komenskiy demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida bashariyat tarixidan o’rin oldi.
Komenskiy Leshnoda maktab ochib o’qituvchilik qildi. 1632-38 yillarda bu asarni qayta ishlab lotin tilida tarjima qiladi va uni “Buyuk didaktika” deb ataydi. Komenskiy 1631 yilda “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” 1633 yilda “Fizika”? 1632 yilda “Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi asarlarini yaratdi. Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o’tkazishga kirishdi va maktablarda lotin tili o’qitish metodikasini ishlab chiqdi.
Hamma bolalar uchun yagona tipda maktab bo’lishi kerak. Jinsi, tabaqasi, ota-onasining mol mulkidan qat’iy nazar hamma bolalarga umumiy majburiy ta’lim berish kerak degan talablari uning ruhiga singigan demokratizm ifodasidir. U o’g’il va qiz bolalarni ham o’z ona tilida o’qitishini talab qildi.
Komenskiy o’rta asr pedagogikasidan farqli o’laroq bolaga aqliy tarbiya berishni muhim ish, deb hisoblaydi.
Komenskiy tarbiyaning roliga yuksak baho bergan. Inson faqat tarbiya tufayligina insonga aylanadi, insonga bolalik chog’idan tarbiya berilishi lozim.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin