Buxoro davlat pedagogika instituti


Modulli ta’limning boshqa ta’iim tizimlaridan quyidagicha



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə44/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Modulli ta’limning boshqa ta’iim tizimlaridan quyidagicha:

  • o’qituvchining talaba biian muloqoti tubdan yangi asosda amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchi o’qituvchi bilan bo’ladigan har bir uchrashuvga shaxsiy bilim orttirish qobiliyatlarini hisobga olgan holda modul yordamida dastlabki tayyorgarlikni ma’lum darajaga yetkazadi.

Har bir ta’lim tizimi o’zining ma’lum umumiy va xususiy tamoyillariga asoslanadi, ya’ni:

  1. Modullilik tamoyili - aniq didaktik maqsadlarga erishish uchun mo’ljallangan modullar asosida tuziladi.

2. Maslahat berish tamoyili - o’qituvchilik faoliyatining talabalar tomonidan o’rganilishining kasbiy darajasini ta’minlashni talab qiladi. Talabalarni o’quv materialini maqbul darajada o’zlashtirish yo’llarini topishga o’rgatish lozim.
3. Istiqbolni ko’ra olish tamoyili - talabalar tomonidan yaqin, o’rta va alohida modullarni tushunilishi va fahmlanilishini talab qiladi. Modul tizimida o’quv maqsadlari ma’noli natijalar sifatida ko’rilishi ko’zda tutiladi.
4. Faollik tamoyili - talabalarda faoliyatning turli ko’rinishlari va uslublari shakllanishi nazarda tutiladi.
5. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchlar tengligi tamoyili - modul ta’limida tomonlar tengligi birgalikda harakat qilishni, ya’ni o’qituvchi va talabalarning subyekt-subyekt munosabatlarini nazarda tutadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda hozirda Kasb ta’limi (Xizmatlar sohasi va libos dizayni) ta’lim yo’nalishlarida zamonaviy texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash bo’yicha ham bilimlarni shakllantirilishi tavsiya sifatida kiritildiki, ta’lim modulli tizimining moslanuvchanligi va variativligi ayniqsa, hozirgi davrda dolzarb bo’lmoqda, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi o’rinlaming doimiy sifatli va miqdoriy o’zgarishlaii kuzatib turiladi. Kasblarga o’rgatish modulli tizimining mohiyati - talabalarning birin-ketin ta’lim birliklari modullarini o’zlashtirishdan iboratdir. Bu holatda ta’lim oluvchi unga taqdim etilgan dastur bilan mustaqil ravishda ishlashi mumkin. Ta’lim oluvchi o’ziga aniq bir maqsadni, axborot texnika bazasi va didaktik maqsadlarga erishish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarni belgilab oladi.
Pedagogik texnologiyaning modulidan quyidagi darajalarga ajratilishi mumkin:

  1. Bir o’quv mashg’ulotini o’tkazish texnologiyasini tashkil qiluvchi rnoduliar;

  2. Ayrim fanlami o’qitish texnologiyasida tashkil qiluvchi modullar, ya'ni bloklar.

Modul o’quv dasturi - yaxlitlik, nisbatan mustaqillik va mazmunining mantiqiy tugallanganligi, tuzilmaning moslashuvchanligi, ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash tezligi xususiyatlariga egadir.
Modulli ta’lim shakllari an’anaviy ta’lim shakllaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • an’anaviy ta’limda o’qituvchi talabaning bilim va ko’nikmalarini baholasa, modulli ta’limda qo’yilgan maqsadga qarab talaba o’zini-o’zi baholashi mumkin;

  • an’anaviy ta’limda talaba yakuniy nazoratda baholansa, modulli ta’limda baholash vaqtini talabaning o’zi tanlaydi; an’anaviy ta’limda o’qitishning ma’lum mazmuni o'qitish dasturi orqali belgilansa, modulli ta’limda esa talaba o’qituvchi yordamida modullar to’plamini tanlaydi.

Ta’limning modul tizimi va kasbiy ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari o’qituvchi mehnatining rnazmunini o’zgartiradi. O’qituvchi modulli o’qitishda o’qitish jarayonini bevosita amalga oshirish, yo’l-yo’riq ko’rsatish, rnaslahatlar berish, talabalar bilimini nazorat qilish uchun sharoit yaratish, ta’lim jarayonini yaxshilashni amalga oshirish sohasiga o’zgartirishlar kiritish vazifalarini bajaradi.


  1. Yüklə 1,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin