Buxoro davlat pedagogika instituti


Nazariy va amaliy bilimlar uzviyligi; 2



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə43/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

1. Nazariy va amaliy bilimlar uzviyligi;
2. Kasbiy bilim va ko’nikmalarni tizimli tarzda takomillashtirib
borishi;
3. Bo’lajak kasbiy-pedagogik faoliyat bilan funksional bog’liqlik:
4. Talabalar amaliy faoliyatining ko’rgazmaliligi;
5. O’z kasbiy faoliyati yuzasidan bosqichma-bosqich mustaqil faoliyat yurgazishga intilish va mas’uliyal hissini shakllanishi;
6. Bo’lajak o’qituvchilarda nazariy va amaliy bilimlar hamda ko’nikmalarini takomillashishi natijasida kompetensiyani shakllanishi va rivojlanishi.
Bu tamoyillarining barchasi kelajakda o'qituvchi kasbiy-pedagogik kompetensiyasining nazariy-ilmiy, amaliy finksional, pedagogik-psixologik takomillashuvi omillaridan hisoblanadi. Bo’lajak kasb ta ’limi o ’qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllashtirish orqali ta’lim va tarbiya jarayonini zamon talabiga ko’tarishga xizmat qiladi.
1. Pedagogik fanlarni modulli-kompetentli yondashuv asosida o'qitishning xususiyatlari.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’rganib, ularni o’quv muassasalarida joriy qilish zarurligi to'g’risida so’z, yuritilgan. Har bir pedagogik texnologiya o’ziga xos pedagogik tizimlardan iborat bo’lib, bu tizim modullardan tashkil topadi. Modul - bu fanning fundamental tushunchasi, ma’lum hodisa yoki qonun, bo’lib ma’lum mavzu yoki bir-biriga bog’liq tushunchalar gumhidir. Modul - bu mantiqiy ravishda tugallangan, ishlab chiqarilgan tamoyillar asosida qurilgan, o’quv fanining bir yoki bir nechta fundamental tushunchalarini o’rganishga yo’naltirilgan o’quv material iting birligidir.
Modul algoritm (algorum - pedagogik texnologiya modullari o’zaro joylashuvining hamda pedagogik texnologiya jarayonlarim amalga oshirish ketma-ketligining avvaldan belgilangan tartibini bildiradi) asosida tuziladi va quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi: maqsad, nazariya, amaliyot, uslubiyat va nazorat.
Modulli ta’lim- ta’lim oluvchining mustaqil ravishda unga taqdim etilgan harakatlar maqsadli dasturi, axborot banki, qo’yilgan didaktik maqsadlarga erishish uchun uslubiy ko’rsatmalami qamrab olgan maxsus dasturdir.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin