Voqea-hodisalar, jarayon va ijtimoiy subyektlarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lish, yangiliklar yaratishga intilish, mavjud imkoniyatni ko‘ra olish, har bir imkoniyatdan samarali foydalanishga urinish, atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, ularga ijobiy “quvvat uzatish” va yaxshiliklarga undash.
Voqea-hodisalar, jarayon va ijtimoiy subyektlarga salbiy munosabatda bo‘lish, har bir holatda salbiylikni ko‘rish, atrofdagilarga nisbatan ishonchsizlik bildirish, boshqalarning xatti-harakatlarini yoqtirmaslik, atrofdagilarga salbiy ta’sir ko‘rsatish, ularga nisbatan doimo tanqidiy munosabatda bo‘lish.
Amaliy malakalarni o‘zlashtira olish, sohaga oid ilg‘or yutuqlar, tajribalarni o‘zlashtirishga rag‘bat bildirish, o‘z ustida doimiy izlanish, faoliyatga nisbatan innovatsion, ijodiy munosabatda bo‘lish.
Amaliy malakalarni yetarli darajada o‘zlashtira olmaslik, sohaga oid ilg‘or yutuqlar, tajribalarni o‘zlashtirishga intilmaslik, o‘z ustida ishlash ijtimoiy talablardan biri ekanligini anglamaslik.
Mahoratli, malakali va o‘ziga xos boshqarish qobiliyatiga ega rahbarni uning qiyofasida aks etayotgan muayyan sifatlar, xatti-harakatlarida ko‘zga tashlanadigan holatlar, atrofdagilar bilan munosabatiga ko‘ra ajratib olish mumkin. Bunday toifaga kiruvchi rahbar o‘zida quyidagi belgilarni namoyon eta oladi: