Buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 79,5 Kb.
tarix06.03.2017
ölçüsü79,5 Kb.
#10437
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIKNI SAQLASH VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI

NEVROLOGIYA VA TIBBIY GENETIKA KAFEDRASI

TASDIQLAYMAN 1. Kafedra majlis bayonnomasi:

O’quv ishlari prorektori, prof. «_____»_______________2010 yil

____________________ B.A.HIDOYATOV

«_____»________________2010 yil 2. Fanlararo uslubiy komissiya

yig’ilish bayonnomasi

«_____»_______________2010 yil

3. Markaziy uslubiy komissiya

yig’ilish bayonnomasi

«_____»_______________2010 yil



DAVOLASH VA TIBBIY PEDAGOGIKA FAKULTETI 6 –KURS

TALABALARI UCHUN ISHCHI DASTUR

2009-2010 O’QUV YILIGA MO’LJALLANGAN

(o’zbek va rus tillarida)


Fakultet: Davolash

Fan: Nevrologiya

Kurs: 6

Semestr: 11-12

Ma’ruza: 6

Amaliy mashg’ulot: 62

Mustaqil ish: 35

Buxoro - 2010 y.

NEVROLOGIYA FANINI O’TISHDAN MAQSAD VA VAZIFALAR.
1.Fanni o’qitish maqsadi, vazifasi va ularni qo’llanishi.

Asab kasalliklari fani bo’yicha talabalarni o’qitishdan maqsad, ularni oliy ta’lim asab kasalliklari bo’yicha Davlat standarti talablarini hisobga olgan holda mustaqil yo’l bilan nazariy, uslubiy va amaliy ko’nikma, o’zlashtirish, aynan asab tizimining klinik anatomiyasi, zararlanish semiotikasi, topik diagnostikasi, asab kasalliklarining asosiy belgilari, etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi, tekshirish usullari, davolash va nevrologik bemorlarga jadal yordam berishga o’rgatish.


2.Nevrologiyaning o’qitish vazifalari:

  • nevrologik kasalliklar, ularning etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik ko’rnishlari, kechishi, asoratlari, davolash usullari va profilaktikasi haqida tushunchalarni talabalarda shakllantirish

  • kasallikni anamnezini yig’ish va tarixnomada aks ettirish, bemorlarni klinik tekshirish, o’quvlarini mukammal o’zlashtirish

  • o’tkir nevrologik holatlarda shoshilinch yordam ko’rsatish o’quvlarini o’zlashtirish

  • topilgan nevrologik sindromlar asosida asosiy nevrologik sindromni aniqlash va topik diagnoz qo’yish o’quvlarini o’zlashtirish

  • nevrologik kasalliklarda diagnostik tekshirish usullarini o’zlashtirish.


Talaba bilishi kerak:

  • eng ko’p tarqalgan nevrologik kasalliklarni etiologiyasi, patogenezi va klinik kechishi, ularni erta diagnostika usullari va profilaktikasi to’g’risida tushunchalarni egallash



Talaba bajara olishi kerak:

  • asab kasalliklarida diagnozni tuzish, tekshirish va davolash rejasini tuzish

  • o’tkir nevrologik holatlarda jadal shoshilinch yordam ko’satish o’quvlarini o’zlashtirish


Talaba quyidagi ko’nikmalarni ortirishi kerak:

  • nevrologik kasalliklarda ishlatiladigan dori-darmonlarni

  • nevrologik kasalliklarda qo’shimcha tekshiruv usullarini va olingan natijalarni tahlil qila olish.


3. Fanni o’qitishda integratsiya:

Asab kasalliklari fanini o’qitishda boshqa umumiy gumanitar tabiiy-ilmiy, umumiy professional va klinik fanlardan olingan bilimlardan foydalaniladi.

Jumladan: anatomiya fanidan – asab tuzilmalarining anatomiyasi;

gistologiyadan - nerv hujayralarining tuzilishi, fiziologiyasi, patologiyasi;

patologik anatomiyadan - asab kasalliklarining anatomik patologiyasi;

onkologiya fanidan - neyroonkologiya bo’limi;



terapiya, endokrinologiya, akusher-ginekologiya fanlarida - somatonevrologiya bo’limlari.

4. Talaba bilishi kerak:

  • harakat

  • reflektor

  • muvozonat

  • sezgi

  • bosh miya nervlari

  • vegetativ asab tizimi

  • bosh miya po’stlog’ini oliy faoliyatini tekshirish

  • shifokor deontologiyasiga rioya qilgan holda bemorlar bilan suhbatlashish, shikoyat va kasallikning kelib chiqishi tarixini va tarjimai holda xronologik tartibda so’rab bilish va ularni tarixnomada aks ettirish

  • bemorlarda klinik-nevrologik tekshiruv natijasida aniqlangan simptom, sindromlar asosida topik, nozologik diagnoz qo’yish, solishtirma diagnoz qo’yish

  • labarator va paraklinik tekshiruvda (EEG, REG, EMG, ExoEG, YAMR-tomografiyasi, rentgenografiya, koagulogramma, likvor) olingan natijalarni me’yor bilan solishtirish

  • davolash rejasini tuzishkechiktirib bo’lmaydigan o’tkir holatlarda tezkor yordamni ko’rsata bilishlari shart.


MA’RUZALAR REJASI




Mavzu__Soat__Qisqacha_annotatsiya'>Mavzu

Soat

Qisqacha annotatsiya

1

Bosh miya qon tomir kasalliklari, klassifikatsiyasi

2

Insultgacha bo’lgan davr: vegetativ tomir distoniyasi, bosh miya qon bilan ta’minlanishning yetishmasligi boshlang’ich belgilari, distsirkulyator ensefalopatiya. Bosh miya qon aylanishining o’tkinchi buzilishi, kichik insult, etiologiyasi, patogenezi, klinik ko’rinishi, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.

2

Periferik asab tizimining kasalliklari

2

Nevrit, nevralgiya, radikulit, polinevritlar. Etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.

3

Kechiktirib bo’lmaydigan nevrologik holatlar

2

Gipertenziya sindromi, bosh miya shishi, tutqanoq xuruji va statusi, miastenik va vestibulyar kriz holatlari, klinik ko’rinishi, jadal yordam, profilaktikasi va UAShning tutadigan yo’li (taktikasi)




Jami:__6_soat______AMALIY_MASHG’ULOTLAR_REJASI'>Jami:

6 soat





AMALIY MASHG’ULOTLAR REJASI




Mavzu

Soat

Qisqacha mazmuni

1

Nevrologik kasalliklarni kuratsiya qilish

Serebrovaskulyar kasalliklar



6

Talabalar tomonidan turli asab kasalliklariga (serebrovaskulyar kasalliklar: VTD, BMKABBB, BKAUB, gemorragik insult, orqa miya insulti, distsirkulyator ensefalopatiya, asab tizimining yallig’lanish kasalliklari, travmatik, irsiy, degenerativ kasalliklar) duchor bo’lgan bemorlarni mustaqil kuratsiya va tahlil qilish.

2

Insult oldi serebrovaskulyar kasalliklari

Elektroensefalografiya



6

Talabalar tomonidan nevrologiya bo’limida kuratsiya qilingan insult oldi serebrovaskulyar kasalliklariga (VTD, BMKAEBB, BKAUB, kichik insult, distsirkulyator ensefalopatiya) duchor bo’lgan bemorlarni tahlil qilish. UASHning taktikasi, dispanser kuzatuv, mehnat ekspertizasi. Elektroensefalografni tuzilishini va unga tushirishni texnikasini o’rganish va olingan natijalarni tahlil qilish.

3

Ensefalopatiyalar

6

Talabalar tomonidan tekshirilgan (travmatik, toksik, distsirkulyator va boshqa turdagi ensefalopatiyalar) bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga dokladi va tahlili. Maslahat poliklinikasida kuratsiya qilish.

4

Orqa miya kasalliklari

6

Talabalar tomonidan tekshirilgan (travmatik, toksik va tomir mielopatiyalari) bo’limda tekshirilgan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga dokladi va tahlili. UASH ning taktikasi, dispanser kuzatuv, mehnat ekspertizasi.

5

Pereferik asab tizimining kasalliklari

Elektromiografiya va elektroneyromiografiya



6

Talabalar tomonidan (polinevropatiya, pleksopatiya, radikulopatiya) nevrologik bo’limda tekshirilgan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga dokladi va tahlili. UASH ning taktikasi, dispanser kuzatuvi, mehnat ekspertizasi. Elektromiografni tuzilishini va unga tushirish texnikasini o’rganish va olingan natijalarni tahlil qilish

6

Asab tizimining irsiy kasalliklari


4

Parkinson kasalligi va parkinsonizm sindromi. Talabalar tomonidan nevrologik bo’limda tekshirilgan bemorlarni o’qituvchiga va guruh talabalariga dokladi va tahlili. UASH ning taktikasi, dispanser kuzatuvi, mehnat ekspertizasi.

7

Vegetativ asab tizimining kasalliklari

4

Vegetativ (asab tizimining) distoniya sindromi, vegetativ paroksizmlar, vegetativ-sinkopal holatlar. Talabalar tomonidan nevrologik bo’limda tekshirilgan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga doklad va tahlili. UASHning taktikasi, dispanser kuzatuvi, mehnat ekspertizasi.

8

Perinatal zararlanish kasalliklari

4

Bolalar serebral paralichi, ensefalopatiyalar (gipoksik, travmatik). Enurez. Febril tortishuvlar. Talabalar tomonidan nevrologik bo’limda tekshirilgan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga doklad va tahlili. UASHning taktikasi, dispanser kuzatuv, mehnat ekspertizasi.

9

Somatonevrologik sindromlar

4

Yurak, qon va kollagenoz kasalliklarida asab tizimida uchraydigan sindromlar. Talabalar tomonidan nevrologik bulimda tekshirilgan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga doklad va tahlili. UASHning taktikasi, dispanser kuzatuv, mehnat ekspertizasi.

10

Somatonevrologik sindromlar (davomi)

4

O’pka, jigar, buyrak, hamda endokrin kasalliklarida asab tizimida uchraydigan sindromlar. Talabalar tomonidan nevrologik bo’limda tekshirilgan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga doklad va tahlili. UASH ning taktikasi , dispanser kuzatuv, mehnat ekspertizasi.

11

Bosh og’rig’i va bel og’rig’i sindromi

Exoensefaloskopiya, reoensefalografiya



6

Turli kasalliklarda har xil etiologiya va patogenezga ega bo’lgan bosh og’rig’i va bel og’rig’i sindromli bemorlarni talabalar tomonidan nevrologik, terapevtik bo’limda tekshirilgan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga doklad va tahlili. UASH ning taktikasi, dispanser kuzatuv, mehnat ekspertizasi. Exoensefaloskopni va reoensefalografni tuzilishini va unga tushirish texnikasini o’rganish va olingan natijalarni tahlil qilish.

12

Es-xush buzilish sindromi.

Xulosa darsi




6

Turli kasalliklarda, har xil etiologiya va patogenezga ega bo’lgan es-hushi buzilgan bemorlarni talabalar tomonidan nevrologik va terapevtik reanimatsiya bo’limlarida kuratsiya qilish, ularni o’qituvchi rahbarligida guruh talabalari bilan tahlil qilish. Talabalar oraliq nazoratini (og’zaki, yozma va amaliy ko’nikmalarini OSKE tipida) kafedra mudiri rahbarligida o’tkazish.




Jami:

62 soat





MUSTAQIL ISH REJASI




Mavzu

Soat

1

Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi va uning xususiyatlari

3

2

Orqa miyaning qon bilan ta’minlanishi va uning xususiyatlari

3

3

Ikkilamchi ensefalitlar.

4

4

Orqa miya o’smalari.

4

5

Vertebrogen kasalliklar

4

6

Vegetativ nerv sistemasini tekshirish usullari

2

7

Nevrologik patologiyalarda og’riqsizlantirish usullari

2

8

Lyumbal punktsiya.

2

9

Vegetativ nerv sistemasi anatomiyasi, fiziologiyasi va tekshirish usullari

3

10

Vegetativ nerv sistemasi kasalliklari: migren, Reyno, Menyer kasalliklari, Romberg va gemiatrofiya kasalliklari

4

11

Alsgeymer, Kreytsfeld-Yakob, Niman-Pik va Shilder kasalliklari.

4

Jami:

35 soat


Kafedra mudiri, dots.: M.B.O’rinov


Asosiy adabiyotlar

  1. М.Самуэльс. Неврология. М., 1997;

  2. М.Вуддиси.,А.Уэлан. Терапевтический справочник. М.,1995;

  3. Х.С.Ходос. Нервные болезни. 1974,1981;

  4. А.В.Триумфов. Топическая диагностика заболеваний нервной системы. 1981;

  5. Д.К.Богородинский, А.А. Скромец. Руководство к практическим занятиям по нервным болезням.1977;

  6. Н.И. Боголепов. Коматозные состаяния. М.1996;

  7. Н.Б. Мелъничук. Болезни нервной системы. 1982,Т.2;

  8. N.M. Madjidov. Umumiy nevropatologiya. 1975,1998;

  9. Н.М. Маджидов. В.Д.Трошин. Профилактическая неврология; 1993;

  10. Н.М.Маджидов, В.Е.Гречко и др. Невропатия тройничного нерва.1992;

  11. Н.М.Маджидов.Лицевые болевые снидромы. Методические рекомендации. 1990;

  12. А.М. Пулатов, Н.С.Никифоров. Руководство по топической диагностике нервных болезней. 1972;

  13. Ю.С. Мартынов, Невропатология., 1974;

  14. Л.О. Бадалян. Детская неврология., 1984;

  15. Е.И. Гусев и др. Нервные болезни,1988;

  16. Ш.Ш. Шомансуров и др. Детская невропатология. 1995;

  17. Н.Н.Яхно.Головная болъ . М.,2000;

  18. Л.А.Улицкий. Диагностика нервных болезней. Санкт-Петербург.2001;

  19. В.А.Карлов. Терапия нервных болезней. М.,1996;

  20. Л.О.Бадалян. Невропатология. М.,2001.

  21. Е.В.Шмидт. Сосудистые заболевания нервной системы. 1975.



Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Metodik qo’llanma. Xususiy nevrologiya. Tashkent,1999;

  2. Metodik qo’llanma. Ummiy nevrologiya. Tashkent,1999;

  3. Somatonevrologiya bo’yicha metodik qo’llanma . Tashkent,1999;

  4. М.М.Асадуллаев ва бошк. Основы электроэнцефалографии. Ташкент, 1996;

  5. Umumiy va xususiy nevrologiya bo’yicha ma’ruzalar matni, 2000;

  6. Наследственные синдромы и медико-генетическая консулътация. Л., 1989;

  7. Н.М.Маджидов. Лептоменингиты (арахноидиты) задний черепной ямки. 1968;

  8. А.М.Вейн и др. Заболевания вегетативной нервной системы. М.,1991.

Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin