Buxoro Davlat Universiteti 70230502- adabiyotshunoslik: Ingliz adabiyoti mutaxassisligi magistratura talabasi Haydarova Nargiza G’ulomjonovna tomonidan “хiх-хх asr ingliz adabiyotida



Yüklə 16,66 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü16,66 Kb.
#108118
ilmiy rahbar xulosasi.Nargiza


Buxoro Davlat Universiteti 70230502- Adabiyotshunoslik: Ingliz adabiyoti mutaxassisligi magistratura talabasi Haydarova Nargiza G’ulomjonovna tomonidan “ХIХ-ХХ Asr ingliz adabiyotida
"xizmatkor"obrazi lingvopoetik tahlili Rozamunda Pilcher,Ivlin Vo asarlari misolida ” mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaga

ILMIY RAHBAR XULOSASI
Ushbu magistrlik ishi ХIХ-ХХ Asr Ingliz adabiyotidagi taniqli yozuvchilar Rozamunda Pilcher va Ivlin Vo asarlarida obrazning o’rni va aynan ushbu ikkita asarda꞉Rozamunda Pilcherning "September" va Ivlin Voning "Brideshead Revisited" asarlarida "xizmatkor" obrazini lingvopoetik tahlil qilishga qaratilgan bo’lib, unda asosan Edi Findxorn va Enaga Xokins obrazlarining kelib chiqish tarixi,poetik xususiyatlari va ularning badiiy –estetik vazifalari tadqiqotning predmeti sifatida olingan.Tadqiqotning maqsadi esa ingliz adabiyotida "xizmatkor "obrazining o’rni ,genezisi,badiiy ko’rinishlari,umumiy va xususiy ,milliy belgilari,poetik vazifalari jihatdan o’xshashligini aniqlash qilib belgilangan.
Magistrlik dissertatsiyasi ishi kirish, uch bob, xulosa va foydanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Uning kirish qismida dissertatsiyaning dolzarbligi asoslangan, tadqiqot maqsadi va vazifalari hamda ob'ekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, ularning amaliyotga joriy etilishi, nashr qilingan ishlar hamda dissertatsiyaning tuzilishi yuzasidan yetarli maʼlumotlar keltirilgan.
Dissertant oʻz oldiga aniq maqsad va vazifalarni belgilagan, ishning bunday tartibda yozilishi uning oʻz oldiga qoʻygan muammolar mohiyatining toʻgʻri hamda izchil hal etilishini taʼminlaydi.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Adabiyotda obrazlilik va badiiylik,adabiy personaj tahlilining asosiy parametrlari” deb nomlangan bo’lib unda obraz tushunchalari,ularning sub’yektiv va ob’yektiv jihatlari,yozuvchilar ijodidagi obrazning o’rni keng yoritib berilgan.
Ishning ikkinchi bobi “ Ingliz adabiyotida "xizmatchi" obrazining lingvistik va madaniy xususiyatlari”deb nomlangan bo’lib, ХIХ-ХХ asr ingliz adabiyotidagi xizmatchilarning hayot tarzi,jamiyatdagi o’rni , ingliz adabiyotida xizmatkor obrazi va unga xos bo’lgan umumiy xususiyatlar aks etgan. Shuningdek ingliz tili va adabiyotida turli darajadagi xizmatchilarga murojaat qilish uchun juda ko’p so’z va iboralar qo’llanilishi yozuvchilar ijodida misollar bilan o’z aksini topgan.
Uchinchi bob “Zamonaviy ingliz adabiyotida "xizmatkor" obrazi lingvopoetik xususiyatlari ” deb nomlangan boʻlib, bu bobda til birliklarining metasemiotik xususiyatlarini asar doirasida qo’llash yo’llari,adabiy va lingvostilistik yondashuvlarning uyg’unligi haqida fikr yuritilgan. Ushb u tadqiqotda lingvopoetik tahlil birinchi marta diaxronik kesishgan kesishgan tasvir materiali bo’yicha amalga oshirilgan va tadqiqot natijasida ingliz lingvomadaniyatida xizmatchi obrazining modeli qurilgan.
Tadqiqotning har bir bobi xulosalangan va ishning so’ngida dissertant keltirilgan ilmiy manbalarga tayangan holda puxta va pishiq xulosalar yasagan.
Dissertatsiya ba`zi kamchiliklardan holi emas:

  1. Dissertatsiyada, ayniqsa uning adabiyotlar roʻyxati qismida imlo xatolar va rasmiylashtirishda kamchiliklar koʻzga tashlanadi;

2)Ba`zi betlarda imloviy va leksik xatolar uchraydi;
3)Xulosalar qayta ishlanishi zarur,ularda keltirilgan fikrlar erishilgan natijalarni aniq koʻrsatadigan tartibda berilishi shart.
Lekin bu kamchiliklar ishning mohiyatiga ta’sir qilmaydi. Dissertatsiya ish tugallangan hisoblanib, nazariy jihatdan mukammal hamda ravon ilmiy uslubda yozilgan.
Haydarova Nargiza tadqiqotni yozishda ishga ilmiy yondashgan va ko`pgina ilmiy materiallarga murojaat etgan, jumladan, bir qator ingliz yozuvchilarining ishlarini o`rganib chiqqan, o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishgan. Ishning mavzusi qiziqarli va ko`pgina qiyosiy, tavsifiy, shuningdek,lingvopoetik tahlillardan foydalanilgan holda tushunarli yoritilgan va tahlil etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati nazariy adabiyotlar, lug`atlar, badiiy asarlar, internet saytlari kabi manbaalardan iborat.Tadqiqot yakunlangan,magistrlik dissertatsiyalari talablariga muvofiq shakllantirilgan.
Yuqorida zikr etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, Haydarova Nargiza
tomonidan “ХIХ-ХХ Asr ingliz adabiyotida "xizmatkor"obrazi lingvopoetik tahlili Rozamunda Pilcher,Ivlin Vo asarlari misolida” mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi nazariy, uslubiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lib, uni yuqori ball bilan a'lo baholashni tavsiya etaman. Magistratura bitiruvchisi esa 70230502- Adabiyotshunoslik: Ingliz adabiyoti mutaxassisligi bo'yicha Magistr akademik darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.

ILMIY RAHBAR: f.f.f.d (PhD),dotsent L.J.Jalilova.
Yüklə 16,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin